63
23-rasm. Bosh miyaning tuzilishi
Odam miyasi 25 mlrd. neyronlardan iborat. Aynan ana shu hujayralar
kul rang
moddadir. Miya 3 qavat bilan o‗ralgan: qattiq; yumshoq; to‗rsimon (uning
kanallarida likvor, ya‘ni orqa miya suyuqligi sirkulyasiyalanadi). Likvor bosh miya
urib olganda himoya vazifasini bajaradigan amortizator hisoblanadi.
Ayol va
erkaklarda miya bir xil rivojlanganligiga qaramay, og‗irligi turlicha bo‗ladi,
erkaklarda 1375 g, ayollarda esa – 1245 g. U tana og‗irligining 2%ini tashkil qiladi.
Odamning aqliy rivojlanishi uning og‗irligiga bog‗liq emasligi aniqlangan.
U bosh
miyada tuzilgan aloqalarning soniga bog‗liq. Odam hayvonlardan ikkita miya yarim
sharlari borligi bilan farqlanadi. Odam miyasi analiz va sintez qila oladi.
Miyaning
asab uchlari tashqi qo‗zg‗atuvchilarni qayta ishlaydi va tegishli javob reaksiyasini
qaytaradi. Miya hujayralari – impulslarni generasiyalaydigan va uzatadigan neyronlar
va qo‗shimcha vazifalarni bajaradigan gliyalardir. Bosh miyaning turli bo‘limlaridan
12 juft bosh miya nervlari (24-rasm)chiqadi.
Bu nervlar asosan, boshda joylashgan
sezgi
organlari, mushaklar va bezlarni nerv bilan ta‘minlaydi. Bosh miyaning
64
vazifalari turlicha bo‗lib, ularga organizm faoliyati to‗liq bog‗liq bo‗ladi.
24-rasm. Bosh miyadan tarqaladigan 12 juft asablar.
I – hid sezish asabi; II – ko‗rish asabi; III – ko‗z soqqasini harakatlantiruvchi
asab; IV – g‗altak asabi; V – uch shoxli asab; VI – olib ketuvchi asab; VII – yuz
asabi; VIII – chig‗anoqoldi asab; IX – til-halqum asabi; X – adashgan asab; XI –
qo‗shimcha asab; XII - tilosti asabi.
I, II, VIII asablar sezuvchan, III, IV, VI, VII, XI, XII asablar -
harakatlantiruvchi va V, IX, X asablar aralash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: