66
25-rasm. Miya stvolining retikulyar formasiyasi.
faollashadi, bu esa konkret modallikdagi axborotni qabul qilishga yordam beradi.
Retikulyar formasiya sensor axborotni qayta ishlashda qatnashishdan tashqari,
harakatlantiruvchi vazifani ham bajaradi. Uzunchoq miya retikulyar formasiyasining
neyronlari qizil yadroning
neyronlari kabi ishlaydi, ya‘ni rostlovchilarning α–
motoneyronlariga
tormozlovchi ta‘sir ko‗rsatadi va bukuvchilarning α-
motoneyronlarini qo‗zg‗atadi. Biroq boshqa guruh neyronlar –
vestibulyar
yadroning
(Deyters yadroci)
neyronlari
– rostlovchilarning α-motoneyronlarini
faollashtiradi va bukuvchilarning faolligini tormozlaydi.
Uzunchoq miyaning yadrolari orqali ko‗plab oddiy va murakkab reflektor aktlar
bajariladi.
1. Himoya reflekslari: yo‗talish, aksirish, ko‗zni pirpiratish, ko‗z
yoshlanishi,
qayt qilish.
2. Ovqatlanish reflekslari: so‗rish, yutish, hazm bezlari sekresiyasi.
3. Yurak va qon tomirlarining faoliyatini boshqaradigan yurak-qon tomir
reflekslari. Uzunchoq miyaning tomirlarni harakatlantiruvchi markazining faoliyati
normadagi yarakni qisqarish chastotasini pasaytiruvchi adashgan asab, motor yadrosi
neyronlarining vazifasiga bog‗liq.
67
4. Uzunchoq miyada o‗pkani ventilyasiyalaydigan
avtomatik ishlaydigan nafas
markazi joylashgan.
5. Pozali tonusni (bo‗yin, statik va statokinetik vestibulyar reflekslar) ushlab
turadigan va antagonist mushaklarning ishini boshqaradigan reflekslar guruhi.
Shunday qilib, uzunchoq miyada hayotiy muhim markazlar joylashgan bo‗lib,
ular hatto shikastlansa ham o‗limga olib boradi.
Uzunchoq miya reflektor vazifadan tashqari,
o‘tkazuvchi
vazifani ham bajaradi.
Uning oq moddasi tegishli o‗tkazuvchi yo‗llarni tashkil qilgan asab tolalaridan
tuzilgan.
Harakatlantiruvchi o‗tkazuvchi yo‗llar (pastga tushuvchi)
uzunchoq miyaning
oldingi bo‗limlarida joylashgan, sezuvchanlari esa (yuqoriga ko‗tariluvchi) ancha
dorzal (orqadan) yotadi. Uzunchoq miya orqali po‗stloq, oraliq, o‗rta miya, miyacha
va orqa miyani ikki tomonlama bog‗lash orqali birlashtiradigan o‗tkazuvchi yo‗llar
o‗tadi. Uzunchoq miya vestibulyar yadrolaridan (Deyters yadrosi) pastga tushuvchi
Dostları ilə paylaş: