59
aktini bajarishda qatnashadi.
Tonusli rostlovchi reflekslar - rostlovchi mushaklar payining uzoq vaqt
cho‗zilgan vaqtidagi ular qisqarishidir. Ularning roli — pozani ushlab turishdir. Tik
turgan paytda rostlovchi mushaklarning tonusli qisqarishi natijasida pastki oyoqlar
bukilmaydi va tana tabiiy vertikal holatda turadi. Mushaklarning
tonusli qisqarishi
gavdani vertikal holda ushlab turadi, odamning gavdasi tik turadi. Mushaklar
cho‗zilganda (bukish va rostlash) paydo bo‗ladigan tonusli reflekslar miotatik
reflekslar ham deyiladi.
Poza reflekslari — tana yoki uning ayrim qismlarining holati o‗zgarganida
paydo bo‗ladigan mushak tonusining qayta taqsimlanishidir.
Poza reflekslarida
MATning turli bo‗limlari qatnashadi. Orqa miya darajasida umurtqa bo‗yin
reflekslari tutashadi, buni gollandiyalik fiziolog R.Magnus (1924) mushuklarda
o‗tkazgan maxsus tajribalarida aniqlagan. Boshni qayirgan paytda egilganida hosil
bo‗ladigan ushbu reflekslarning 2 ta turi ma‘lum. Boshni
pastga egganda oldingi
oyoqlarning bukuvchi mushaklarining tonusi va orqa oyoqlarning rostlovchi
mushaklarining tonusi ortadi, natijada oldingi oyoqlar bukiladi,
orqa oyoqlar esa
rostlanadi. Boshni yuqoriga ko‗targanda esa aksincha – oldingi oyoqlar ularning
rostlovchi mushaklarining tonusi ortganligi sababli rostlanadi, orqa oyoqlar esa
ularning bukuvchi mushaklarining tonusi ortganligi sababli bukiladi. Ushbu reflekslar
bo‗yinning proprioreseptorlaridan va umurtqa pog‗onasining bo‗yin bo‗limini
yopadigan mushak pardasi (fassiyalar)dan hosil bo‗ladi. Bu hayvonlarni tabbiy tutgan
vaqtlarida ular boshining tepasi yoki pastidagi ovqatni izlash imkonini beradi.
Bo‗yinning pozali reflekslarining 2-guruhi o‗sha reseptorlarning o‗zida,
faqat
boshni chap yoki o‗ngga burganda, paydo bo‗ladi. Ikkala oyoq-qo‗lning rostlovchi
mushaklarining tonusi bosh qayrilgan tomonda oshadi,
va bukuvchi mushaklarning
tonusi qarama-qarshi tomonda oshadi. Refleks gavda holatini buzishga qaratilgan, uni
boshni qayirgandan so‗ng og‗irlik markazining holatining o‗zgarishi natijasida buzish
mumkin. Og‗irlik markazi bosh qayrilgan tomonga o‗tadi – aynan ana shu tomonda
ikkala oyoq-qo‗lning rostlovchi mushaklarining tonusi ortadi.
60
Ritmik reflekslar — oyoq-qo‗llarni ko‗p marotaba bukish va rostlash. Bunga
baqaning artinish refleksi, itning qashish va qadam tashlash reflekslari misol bo‗ladi.
Artinish refleksining mohiyati shundaki, spinal baqaning bel terisiga kislota surtilsa
u bir necha bor o‗sha yerni ishqalaydi, ya‘ni uni olib tashlashga harakat qiladi. It
tanasining terisi kuchsiz qo‗zg‗atilsa u orqa oyog‗i bilan ana shu uchastkani
qashiydi. Qashish refleksi — baqaning artinish refleksining analogi.
Spinal it tasma
yordamida stanokka osib qo‗yilsa u qadam tashlaydi – qadam tashlash refleksi.
Qorin reflekslari (yuqori, o‗rta va pastki) ni chaqirish uchun qorin terisi shtrixli
qo‗zg‗atiladi, qorin devori muskulaturasining tegishli uchastkalari qisqaradi. Bular
himoya reflekslari. Yuqori qorin refleksini chaqirish uchun pastki qovurg‗alarga
parallel qilib bevosita ularning tagidan qo‗zg‗atiladi, refleks yoyi orqa miyaning
ko‗krak segmentlari darajasida tutashadi. O‗rta qorin refleksi uchun kindik atrofi
(gorizontal) qo‗zg‗atiladi, refleks yoyi o‗z darajasida tutashadi. Pastki qorin
refleksi
uchun chov burmasi parallel (yonida) qilib qo‗zg‗atiladi.
Dostları ilə paylaş: