55
va oldingi orqa miya-miyacha yo‗llari, hamda yon orqamiya-talamus yo‗llari kiradi.
Ingichka tutam
oyoq-qo‗llarning pastidan reseptorlaridan
va tananing pastki
yarmidan (5-ko‗krak segmentigacha) impulslarni o‗tkazadi.
Ponasimon tutam
asab
impulslarini oyoq-qo‗llarning yuqorisidanva tananing yuqori yarmidan o‗tkazadi.
Orqa va oldingi
orqa miya-miyacha yo‘llari
proprioseptiv impulslarni (17 – 20
mkm li yirik tolalar) skelet mushaklaridan miyachaga o‗tkazadi.
Orqa miya-talamus
yo‘li
(diametri 2 – 5 mkm bo‗lgan ingichka tolalar) og‗riq
va harorat impulslarini
orqa miyaning yuqori qismi – talamusga uzatadi. O‗rtacha tolalar (diametri – 12
mkm) orqali impulslar taktil reseptorlar va interoreseptorlardan ichi bo‗sh ichki
a‘zolardan uzatiladi.
Pastga tushuvchi o‘tkazuvchi yo‘llar
qizil
yadroli-orqa miyali, lateral
kortikospinal (piramidali), oldingi kortikospinal (piramidali),
qopqoqli-orqa miya
yo‗li, kiraverish-orqa miya va b. larni o‗z ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: