183
49-rasm. Mushukda bedorlik, yengil uyqu va paradoksal uyqu.
Uyqu turlari.
Uyquning bir necha turi bor: 1) davriy sutkalik uyqu; 2) davriy,
mavsumiy uyqu (hayvonlarning qishki yoki yozgi uyqusi); 3) turli kimyoviy yoki
fizik agentlar ta‘sirida kelib chiqadigan napkotik uyqu; 4) gipnotik uyqu; 5) patologik
uyqu. Uyquning dastlabki ikki turi —
fiziologik uyqu turlari, qolgan uch turi esa
organizmga maxsus nofiziologik ta‘sirlar oqibati hisoblanadi. Masalan,
narkotik uyqu
efir yoki xloroform bug‗larini nafasga olish, organizmga alkogol, morfin va boshqa
ko‗pgina zaharlarni yoborish, elektr toki bilan uzluksiz ta‘sir etish (elektronarkoz) va
boshqa ko‗pgina ta‘sirlar natijasida yuzaga chiqishi mumkin.
Patologik uyqu
etiologiyasi va belgilari jihatidan bir necha tur xillarga ajratilishi mumkin. Miya
anemiyasida, ya‘ni uning qon ta‘minoti yetarli bo‗lmaganda, miya qisilganda,
katta
yarim sharlarda o‗sma paydo bo‗lganda yoki miya stvolining ba‘zi qismlari
zararlanganda patologik uyqu ro‗y beradi. Ko‗pincha patologik uyqu uzoq vaqt —
ko‗p kunlar, haftalar, oylar va hatto yillar mobaynida kuzatilishi mumkin. Patologik
uyqu vaqtida mushaklar tonusini pasayishi, shuningdek ko‗tarilishi mumkin.
Gipnotik uyqu
katta diqqatga sazovor bo‗lib,
vaziyatni gipnozlovchi,
uxlatuvchi ta‘sirida va uyquga extiyoj borligini ishontiradigan gipnozchining
harakatlari ta‘sirida vujudga kelishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida kishi tevarak-
atrofdagi
olam bilan qisman aloqa qilib, sensomotor faoliyat saqlangani holda miya
po‗stlog‗ining ixtiyoriy faolligi yo‗qolishi mumkin. Gipnotik uyqu vaqtida mushaklar
tizimining asab markazlari haddan tashqari susayish,
tormozlanish holatida,
shuningdek qo‗zg‗alish holatida bo‗la oladi.