181
Elektrofiziologik o‗zgarishlardan tashqari, sekin uyqu uchun ma‘lum bir
metabolitik, vegetativ va gormonal o‗zgarishlar ham xosdir. Masalan,
uyqu paytida
organizmda bedorlik davrida oshgan katabolizmni kompensasiyalashga yo‗naltirilgan
jadal anabolitik jarayonlar kechadi. Ushbu kompensator funksiyaning muhim
komponenti bo‗lib, oqsil makromolekulalarini sintezi hisoblanadi.
Uyqu vaqtida
anabolitik gormonlarning (o‗sish gormoni, prolaktin) ekskresiyasi ortadi,
parasimpatik asab tizimining tonusi ortadi va b. Sekin
uyqu vaqtida ham mushak
tonusi pasayadi, nafas va puls chastotasi turlicha bo‗ladi. Uyg‗onishni
chegarasi
birinchi bosqichdan to‗rtinchi bosqichgacha ortadi. Shuning uchun sekin uyqu
davrida ko‗pchilik odamlar tush ko‗rmaydilar.
Dostları ilə paylaş: