G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

Diqqat. 
Diqqat tushunchasi - odam va yuksak hayvonlarning, ayni paytda 
ahamiyatga molik narsa yoki hodisaga nisbatan bilim orttirish faoliyati bilan 
belgilanadi. Ikki guruh odamlar suhbat qurishayotgan paytda, bitta guruhning gapiga 
quloq solsangiz, ular nima to‗g‗risida gapirishayotganini darrov tushunasiz. Shu 
bilan birga, ikkinchi guruhning gapini ham eshitasiz-u, lekin gapning ma‘nosiga 
tushinmaysiz. Diqqat bir vaqtning o‗zida turli manbalardan, har xil kanallar bo‗ylab 
kelayotgan va biri ikkinchisiga halaqit berayotgan axborotlar ichidan hozirning 
o‗zida kerakli, yoki qiziqarli bo‗lganini ajratib olish imkonini beradi, ya‘ni tanlash 
xususiyatiga ega. Shu bilan birga, diqqat bir vaqtning o‗zida sodir bo‗layotgan 
voqealarni nazorat qilish imkoniyatini chegaralaydi. Diqqatni asosan bitta kanaldan 
kelayotgan axborotga qaratsak, boshqa kanallardan kelayotgan, juda ahamiyatli 
axborotlar ham nazoratdan chetda qolib ketadi. Diqqatni bitta hodisaga qaratib turib, 
qolganlarini ham ma‘lum darajada nazorat qilib turish qobiliyatlarini rivojlantirish 
muhum ahamiyatga ega. Bunga erishish uchun axborotni saralash, e‘tiborni ayni 
paytda o‗ta muhim bo‗lgan axborotga qaratish va boshqa kanallardan kelayotgan 
axborot miqdorini kamaytirish lozim. Ushbu jarayonlarning paydo bo‗lishi uchun 
markaziy asab tizimining tuzilishi va faollik ko‗rsatish tamoyillari imkoniyat 
yaratadi. Reseptorlarning axborotlarni saralashga ixtisoslashgani bizga ma‘lum. 
Ikkinchi darajali axborotlarni markaziy asab tizimiga o‗tishini chegaralashda afferent 


173 
yo‗llarning tuzilishida uchratiladigan torayuvchi «voronka» tamoyili katta 
ahamiyatga ega. Bu tuzilish xususiyatlaridan tashqari, diqqat-e‘tibor hodisasida 
markaziy asab tizimining faoliyatidagi induksiya, to‗planish va dominanta 
tamoyillari muhim rol o‗ynaydi va aynan shu tufayli, diqqat juda muhim axboratlarga 
qaratiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin