Foydalanishning ahamiyati



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#89440
1   2   3
boshlang-ich-sinflarda-didaktik-o-yinlardan-foydalanishning-ahamiyati

"Jim" o`yini 
O'yinning maqsadi: O'quvchilarning o'n ichida "+", "-" belgilari haqidagi bilim va 
malakalarini oshirish, sinash. O'yin guruhlarda o'ynaladi. 
O'yin jihozi: Raqamiar yozilgan tarqatmalar, misollar, jadval. 
O'yinning borishi: Jadvallar doskaga osib qo'yiladi, doskaga bo`r bilan yoziladi. 
O'yin ovoz chigarmagan holda o'tkaziladi. O'qituvchi ko'rsatkich bilan 7 va 5 ni ko'rsatadi. 
O'quvchilar o'ylab 2 yozilgan tarqatmani ko'rsatadilar. 
"Bilmasvoyning xatolari" o`yini 
O'yinning maqsadi: o'quvchilarning o'n ichida "+", "-" ishoralari haqidagi bilimlarini 
mustahkamlash, bilim va malakalarini, mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish. 
O'yinning borishi: Doskaga ifodalar yoziladi. Har bir qatordan bittadan o'quvchi 
doskaga chiqadi va xatolarini tuzatadi. 
10-7=4 10-3=6 7-3=5 


[302] 
3+2=6 4+3=8 4+1=6 
"Kim epchil" o'yini. 
O'yin maqsadi: Hozirjavoblik, topqirlik malakalarini oshirish. 
O'yin jihozi: 2 ta savatcha ifodalar yozilgan olmalar 12-6; 2+8; 7+5; 4+8; 10-3 va 
hakozo. 
Stol ustida "olmalar" yozib qo'yiladi. Doskaga 2 o'quvchi chiqadi. Stol ustidagi 
"olmalar"dagi ifodalarning natijalarini aytib savatga sola boshlaydilar. Ifodaning qiymatini 
to'g'ri topmagan o'quvchi ularni savatga sola olmaydi. Qaysi o'quvchi savatga ko'p "olma" 
tergan bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib bo'ladi. 
"Zukkolar" o'yini. 
O'yinning maqsadi: 
Ko'paytirish va bo'lishga doir amallar yechish malakalarini mustahkamlash. 
O'yin jihozi: uchta bayroqcha. 
O'yinning borishi: Qatorlararo o'tkaziladi. Qatorlar nomi doskaga yoziladi va 
o'quvchilar soni teng bo'linadi. O'qituvchi har bir qatorning oxirida o'tirgan o'quvchiga 
bayroqchani beradi. O'qituvchi son aytadi. Masalan: 1- qatorga 6 soni, 2-qatorga 4 soni, 3-
qatorga 5 soni. 
Bayroqchalarni olgan o'quvchi 6 •1= 6 deb bayroqchani oldingi partadagi o'quvchiga 
uzatadi. 
12 • 2 = 24 ; 24 : 3 = 8 8 •5= 40 ; 40: 4 = 10 
O'quvchilar natija qaysi son bilan tugasa, shu son bilan boshlanadigan ifoda tuzishi 
kerak bo'ladi. Bayroqcha 1-partaga kelganda oxirgi o'quvchi 6 soni hosil bo'ladigan ifoda 
bilan o'yinni yakunlashi kerak bo'ladi. Qaysi qatorning bayroqchasi birinchi partaga tez 
yetib kelsa, o'sha qator g'olib bo'ladi. Go'lib qatorning nomi yozilgan joyda bayroqchalar 
biriktirilib qo'yiladi. 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin