[299]
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN
FOYDALANISHNING AHAMIYATI
Mirhamidova Mastura Axrolovna
Toshkent viloyati, Qibray tumani
46- umumiy o’rta ta' lim maktabining
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʽich sinf o‘quvchilarining
rivojlanish
jarayonida didaktik oʽyinlardan foydalanish usullari, darsga boʽlgan qiziqishini va dars
samaradorligini oshirish usullari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so’zlar: didaktik oʽyin, aqliy rivojlanish, amaliy faoliyat, qobiliyat, rag‘bat.
Kichik maktab yoshida bolalar didaktik o‘yinlarni (syujetli, predmetli, musoboqali)
rohatlanib o‘ynashadi. Ularda faoliyatning quyidagi elementlari mavjud: o‘yinli masala,
o‘yinli motivlar, masalalarni o‘quv faoliyati bilan bog‘liq yechimlari. Natijada o‘quvchilar
o‘yin mazmuniga ko‘ra yangi bilimlarga ega bo‘lishadi. O‘quv-biluv
masalalarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilishidan farq qilgan holda, didaktik o‘yinda u bolaning o‘zini
o‘yinli masalasi sifatida nomoyon bo‘ladi. Uni yechish usullari esa o‘quv-biluv
faoliyatiga tegishli hisoblanadi.
Buni quyidagi misolda qarab chiqamiz. O‘quvchilar “
Biz turistlarmiz” nomli
didaktik o‘yinni o‘ynashadi. Uning ma’nosi
shundan iboratki, bolalarni turistlar
guruhining marshrut yo‘lini kartada belgilashga o‘rgatish. Uni to‘g‘ri belgilagan har bir
o‘quvchi turist belgisini oladi. O‘quvchilarning o‘z oldilariga qo‘yadigan masala –
turistlar o‘yinini o‘ynash. O‘yin motivi – turist belgisini olish uchun to‘g‘ri marshrutni
tanlash. Bunday o‘yin shu bilan tavsiflanadiki, uning faollik
shakli kattalar tomonidan
aniqlanadi va o‘yin qodalari ko‘rinishida bolalar oldiga qo‘yiladi. “
Biz turistlarmiz”
o‘yinining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: “Marshrutni aytayotgan o‘qituvchini
diqqat bilan eshiting va uni o‘z kartangizda joylashtiring. U kartada ko‘rsatilgandan so‘ng,
uni namunadagi bilan solishtiring”.
Shuni qayd etishimiz lozimki, o‘yinda va undan keyin o‘yin motivlarida bilishga
qarab siljish ro‘y berishi mumkin. Masalan, “Biz turistlarmiz” o‘yinidan keyin o‘quvchilar
ko‘plab savollar bilan o‘qituvchiga va boshqa katta
yoshdagilarga murojaat qila
[300]
boshlashdi, kitoblardan mos ma’lumotlarni izlasha boshlashdi, ya’ni ularda o‘yin sifatida
taqim etilgan masala o‘quv masalasiga aylandi. Bolalar hodisalar doirasidagi ma’lumotlar
bilan chegaralanib qolmasdan, o‘yin faoliyati bilan bog‘liq yangi tushunchalarni
egallashga (kompas, topografik belgilar va boshqalarni) faol harakat qilishadi. To‘plangan
bilimlar tizimlashtirilib, kichik maktab yoshidagi bolalar ta’limga nisbatan o‘z
faoliyatlarini qayta moslashtirishadi. Endi u nafaqat o‘yinlar nuqtai-nazaridan, balki o‘yin
davomida paydo bo‘lib, rivojlangan o‘quv-biluv qiziqishlari
bilan birgalikda amalga
oshiriladi. Demak, didaktik o‘yinlar bolalar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirish uchun qulay
bo‘lgan shart-sharoitni paydo qiladi va bilish uchun qiziqishni rivojlanishiga
ko‘maklashadi.
Eng yaxshi didaktik o‘yinlar mustaqil ta’lim olish prinsipida tuzilgan, ya’ni,
shunday tuzilganki, ularning o‘zi o‘quvchilarni bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlariga
qarab yo‘naltiradi. Ma’lumki, ta’lim olish ikkita komponentni o‘zida jamlaydi: kerakli
ma’lumotni to‘plash va to‘g‘ri yechimni qabul qilish. Bu komponentlar o‘quvchilarda
didaktik tajribani ta’minlaydi. Lekin, tajribaga ega bo‘lish ko‘p vaqtni talab qiladi.
O‘quvchilarda “bunday tajribaga ega bo‘lish”ni ko‘paytirish, ularni mustaqil ravishda bu
ko‘nikmalarga ega bo‘lish mashqlariga o‘rgatishdan iboratdir. Bunga psixologik
tavsifdagi rivojlantiruvchi o‘yinlarni kiritish mumkin:
krossvordlar, viktorinalar,
boshqotirmalar, rebuslar, kriptogrammalar va boshqalar.
Didaktik o‘yinlar o‘quvchilarda predmetga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, har bir
o‘quvchini individual qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniyatini beradi,
bilish faolligini
tarbiyalaydi. Didaktik o‘yinning muhimligi, u bolalar tomonidan qanday reaksiya qilinishi
bilan emas, balki u yoki bu masalani yechish har bir o‘quvchi uchun tadbiq qilinishining
samaraliligi bilan aniqlanadi.
Didaktik o‘yinlarning natijaviyligi, birinchidan,
ulardan tizimli ravishda
foydalanishga, ikkinchidan, o‘yinlar dasturining oddiy didaktik mashqlar bilan birgalikda
maqsad sari yo‘naltirilganligiga bog‘liq. Masalan, bilish faolligini rivojlantirish
muammosini hal etishda, o‘quvchining mustaqil tafakkurini rivojlantirish asosiy masala
deb hisoblanishi zarur.
[301]
Har bir didaktik o'yinni boshlashdan oldin o'quvchilarga o'yinning qoidasi,
mazmuni, yakuni nimadan iborat ekanini o'qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O'quvchilar
uni tushunib, anglab, shu asosda harakat qiladilar. Masalan,
“Ishoralar” o’yini.
O'yinning maqsadi: Bir amalli masalalarni og'zaki yechish ko'nikmalarini
rivojlantirish.
O`yin jihozi: “-“, “+” belgilari.
O'yinning borishi:
O'qituvchi masalani o'qiydi, o'quvchilar esa masalani qaysi amal bilan yechish kerak
bo'lsa o'sha "ishora"ni ko'rsatadilar.
Masala:
1. Salimning 2 ta qora va 4 ta qizil qalami bor. Hammasi bo'lib
nechta qalami
borligini qaysi amaldan foydalanib topamiz?
O'quvchilar "+"ni ko'rsatadilar. Masala og'zaki yechiladi.
2. Nigorada 6 daftar bor edi. 3 tasini ukasiga berdi. Nigorada nechta daftar qoldi?
Mustahkamlash: O'qituvchi "+", "-" qo'shish, ayirish belgilari qachon qo'yilishini
so'rab, ularning bilimini mustahkamlaydi.