Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism



Yüklə 262,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix17.05.2023
ölçüsü262,02 Kb.
#115534
1   2   3   4   5   6   7   8
fiziologiya

Sino (980 – 1037) juda katta ilmiy meros qoldirgan. U o’zidan oldin o’tgan Sharq 
mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rganish bilan birga, qadimgi yunon tibbiy- 
ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat 
kabilarni asarlarini qunt bilan o’rgandi. Ibn Sinoning “Kitob al- qonun fittib” (Tib 
qonunlari) kitobi beshta katta kitobdan iborat bo’lib, 1956- va 1962 yillarda ruz va 
o’zbek tillarda qayta nashr etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyasi, fiziologiya va 
gigiyenasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga hamda ichki kasalliklar
jarrohlik

dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga ta’luqli bilimlar bayon etilgan. Bu kitob 600 
yil davomida butun jaxondagi shifokorlar uchun asosiy qo’llanma bo’lib keladi. U 
36 marta qayta nashr etilgan. 
Tekshirish 
savollari: 
1.
Yosh fiziologiya fani nimani o’rganadi? 
2.
Gigiyena faninig vazifalari nimalardan iborat? 


3.
Davlatimiz yosh avlodni tarbiyalash himoya qilish yilida qanday ishlar olib 
bormoqda? 
4.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanini rivojiga xissa qo’shgan olimlardan 
kimlarni bilasiz? 
2- ma’ruza: Mavzu: O’sish va rivojlanishning umumiy qonunlari. 
Irsiyat 
va 
muhit. 
Reja: 
1. O’sish va riuvojlanishning umumiy qonunitatlari. 
2. Jismoniy rivojlanishning ko’rsatkichlari. 
3. Akseleratsiya-o’sish va rivojlanishning tezlashuvi. 
4. Organizmning davrlari va ta’rifi. 
5. Irsiyat va muhit. 
Bolalar va o’spirinlar o’sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari. Bolalarni 
to’g’ri tarbiyalash uchun ular organizmining o’sishi va rivojlanishi kabi asosiy 
xususiyatlarini bilish zarur. O’sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam 
organizmiga xos xususiyatdir.Organizmning har tomonlama o’sishi va rivojlanishi 
uning paydo bo’lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir 
butun va bir- biriga bog’langandir. 
Osish deganda tana hujayralarining ko’payishi natijasida tirik organizm 
o’lchamlarining ortishi, ya’ni bo’yning cho’zilishi, og’irlikning ortishi tushuniladi. 
Bola ma’lum yoshgacha to’xtovsiz, ammo o’sish davrida ayrim tana qismlarining 
nomunosib o’sishi (bosh, oyoq, qo’l suyaklari, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i 
ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan 


barcha to’qima va hujayralarda ya’ni organlarda o’sish bir vaqtda ayollarda o’rtacha 
18-19 yoshgacha, erkaklarda 19-20 yoshgacha tugallanadi. 
O’sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni 
kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. 
Rivojlanish deganda o’sayotgan organism to’qima, hujayra va organlarining 
shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o’smirlik va yetuk 
yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo’lishiga 
aytiladi. 
Bunga voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va 
qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi. Rivojlanish jarayoni 
a’zolar va ularning tizmlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va 
takomillanishida namoyon bo’ladi, masalan, markaziy asab tizimining reflector 
faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak- qon tomir, ovqat hazm qilish, tayanch 
sistemasini harakatlanishi va boshqa tizimlarning murakkablashuvi va rivojlanishi 
hisobiga takomillashuvida bilinadi. 
Organizmni o’sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o’smirlik, yoshlik, 
yetuklik davrlarini bosib o’tadi. O’sish bu organizmning miqdor ko’rsatkichi, 
rivojlanish esa sifat ko’rsatkichi bo’lib, bu ikki jarayon notekislik ya’ni 
geteroxroniya, uzluksiz va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi. 
Notekis rivojlanish yoki geteroxroniya. Organizmning normal xolatida o’sish va 
rivojlanish bir- biri bilan juda yaqin aloqada va hamkorlikda bo’lsa ham, ular bir 
vaqtda va bir xil jadallikda sodir bo’lmaydi, chunki biron- bir a’zo massasining 
kattalashishi uni bir vaqtda funksional jixatdan takomillashuvini bildirmaydi. 

Yüklə 262,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin