Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 154,44 Kb.
tarix07.04.2017
ölçüsü154,44 Kb.
#13531
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



28 Mavzu: Yurakni eshitish. (auskultatsiyasi). Auskultatsiya qoidalari. Yurak tonlarini eshitish (normada). Tonlarni eshitish tartibi va nuqtalari.

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

28 Mavzu: Yurakni eshitish. (auskultatsiyasi). Auskultatsiya qoidalari. Yurak tonlarini eshitish (normada). Tonlarni eshitish tartibi va nuqtalari.



1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, kardialogiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Yurak qon tomir sistemasi bilan kasallangan bemorlarni tekshiruv usullarini talabalarga o’rgatish (ko’zdan kechirish, palpatsiya,perkussiya,auskultatsiya). Studentlarni yurak qon tomir kasalligi simtomlari bilan tanishtirib chiqish.



Maqsad.

Talaba bilishi kerak:

1.Yurak qon tomiri sistemasi kasaligi simtomatikasi.

2 Yurak qon tomiri sistemasi kasaligi kasalarini so’rab surishtirish.

Talaba qila olishi shart:

1. Yurak qon tomir sistemasi bilan kasallangan bemorlarni mustaqil so’rab surishtirish.

2.Amaliy ko’nikmalarni qadamma-qadam bajarish (palpatsiya,perkussiya,auskultatsiya)

3.So’rab surishtirish natijalarini analiz qilish (shikoyat,xayot anamnezi ,kasallik anamnezi, nasliy omillar) va bemorni ummumiy ko’zdan kechirish.

4.Olinga natijalarga ko’ra simtomatik diagnoz qo’yish.

4. Motivasiya.

Yurak qon tomiri sistemasi kasalligi xamma yoshlardagi insonlarda uchraydi. Shulardan ayrimlari keng tarqalgan. So’rab surishtirish qoyidalari, ko’zdan kechirish, palpatsiya,perkussiya va auskultatsiya kasalik tashhisini tez va aniq qo’yishga imkon beradi.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Quyidagi fanlar bo‘yicha integrallash:

Vertikal bo‘yicha :

Lnormal anatomiya

2. normal fiziologiya

3. gistologiya

Normal anatomiya

Yurak muskuldan tuzilgan a'zo bo‘lib ,ko‘krak qafasida joylashgan .chap bo‘lmacha bilan chap qorincha yurakning chap yoki arterial bo‘lagini,ong bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha esa yurakning o‘ng yoki vena bo‘lagini tashkil etadLyurak bo‘lmachalari bir-biriga nisbatan o‘rtada joylashgan devor-septum irtteratriarum bilan , qorinchalar esa septum interventricularis bilan ajralib turadi. Lekin o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha va chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘zaro ostium atrioventriculare dextrum et sinistrum vositasida tutashgan bo‘ladLyurakning o‘tkazuvchi yo‘li quyidagi tugun va tutamlardan iborat;

1. sinus bo‘lmacha tuguni (Kis-Flyak tuguni) yurakning o‘ng qulog‘l bilan yuqori qavaq venasi o‘rtasjda epikard ostida joylashgan.

2.atrioventrikulyar tuguni (Ashoff-Tavar tuguni) uning o‘ng bo‘lmachasi devorida (uch tavaqali klapanning cuspis septalisiga yaqinroq joylashgan bo‘lib,qorinchalarga-Giss tutami nimi bilan kiradi.

Yurak devor valvula semilunaris ning tepa qirrasi pastrog‘idan chiqqan birjufttoj arteriyadan qon oladi. A.coronaria dextra yurakning o‘ng qorinchasiga yirikroq va o‘ng bo‘lmacha devoriga maydaoq tarmoqlar beradi. Chap toj arteriya aortaning boshlanish joyidagi chap sinusidan chiqib chap quloqcha bilan o‘pka arteriyasining orasidan o‘tadi va ikkita tarmoqqa bo‘linadLyurak chap qorinchasi bo‘shlig‘l konus shaklida bo/lib ikki teshigi bor ,biri chap bo‘lmachani chap qorincha bilan qo‘shib turadigan oval shakldagi ikki tavaqali klapan , ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo‘shadigan uchta yarimoysimon klapanlidir. Atrioventrikular klapan (mitral) ikki tavaqalj bo‘lib , chap tomonda orqaroqda Jkkinchisi kattarog‘l o‘ng tomonda oldinda joylashgan.sistola vaqtida tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi

Normal fiziologiya

Yurak ishlagan vaqtda har xil tovushlar hosil bo‘ladi,bu tovushlarni yurak tonlari deb ataladi.auskultatsiya usuli bilan ko‘krakqafasining chap tomonidan 2ta tonni eshitish mumkin .Iton(sistolik) va 2 ton (diastolik).bu tonlarning hosil bo‘lish mexanizmlari yuqorida aytib o‘tildi. tonlarni eshitishda bir-biridan farqi shuki :birinchi ton sistola vaqtida hosil bo‘ladi ,ikkinchiton diastolaning boshlanishida hosil bo‘ladi. Birinchi ton bo‘g‘iqroq eshitiladi,lekin davomiyroq , ikkinchi ton esa

jarangli lekin qisqa davom etadi. Birinchi ton bilan ikkinchi ton orasidagi pauza , ikkinchi ton bilan keying birinchi ton orasidagi pauzadan qisqaroq bo‘ladi. Elektron apparatlarni qo‘llash yordamida yurak tonlarini o‘rganish yanada osonlashadi.

Buning uchun ko‘krak qafasini yurak joylashgan sohasiga kuchaytirgichlarga ulangan maxsus mikrofon ulab qo‘yilsa , yurak tonlarini qayd qilish mumkin bo‘ladi. Yozib olingan egri chiziq fonokardiogramma deb ataladi. Usulni o‘zi fonokardiografiya (FKG) deb ataladi. FKG da va lva 2 tondan tashqari yana 3va4 tonlarni ham yozib olish mumkin.

Yurak tonlari ;1 toh mitral klapanning proyeksiyasida aniqlanadi. 1 tonningtebranishlari atrioventrikulyar klapan yopilishi bilan bog‘liq .bunda past chastotali tebranishlar qorinchalar muskullari qisqarishi tufayli paydo bo‘ladLbirinchi tonning susayishi miokardning qisqarish funksiyaning kamayishi tufayli-infarkt miokardi,miokardit kabi asosan mitral klapanining yetishmasligi kasalliklarida kuzatiladi. 1 tonning amplitudasining ortishi-mitral stenozda aniqlanadi ,bunda mitral klapan tavaqa qalinlashadi.

Atrioventrikulyar blokada vaqtida 1 ton juda jarangli eshitiladi ,chunki bo‘lmachalarva qorinchalarsistolasi birvaqtda bo‘ladi. 2 tonning kelib chiqishi aorta klapanlarining yopilishi bilan bog‘liq FKGda uning 2komponentini ajratishadLbirinchi komponentning davomiyligi ikkinchisidan ikki marta ko‘p bo‘ladi .ular orasida interval 0.06 sek.tashkil etishi mumkin , bu auskultatsiyada ikkinchi tonning parchalanishiday qabul qilinadukkinchi tonning asosiy xarakteristikasi bo‘lib – uning nafas olish fazalari bo‘ylab o‘zgarishi hisoblanadi.bu tonning susayishi aortal klapanningtavaqalari parchalanishi bilan bog‘liq ,bu holat aortal stenozda kuzatiladi.

Uchinchi ton -past chastotali - auskultatsiyada bo‘g‘iq tovushday eshitiladi. Bolalar va sportsmenlar FKGsida aniqlash mumkin. Mitral sternozda mezodiastolik ritm sabachisi hisoblanadi.

To‘rtinchi ton -bo‘lmachaga tegishli bo‘lib ,uning qisqarganida paydo bo‘ladi. Bu ton EKG da P tishining yakunida registratsiya qilinadi .uchinchi va to‘rtinchi tonning birikishi taxikardiyada kuzatiladi.

Gistologiya

Tipik mushaktolalari ayrim qisqaruvchi mushak hujayralari shaklini silindrga o‘xshatish mumkin. Uning uzunligi 50-100 mkm ; diametric 17-20 mkm ga yetadi. Kardiomiositlarning markaziy qismida oval shaklida yadro joylashadLyurak mushagi sarkolemma bilan qoplangan. Electron mikroskopda sarkolemma ichki -plazmolemma va tashqi bazal membranadan iboratligai aniqlangan. Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok etadi. Oraliq plastinkalar mushaktolasiga nisbatan ko‘ndalangiga yo‘nalib ,odatdagi preparatlarda to‘q bo‘yaluvchi chiziqlar tarzida ko‘rinadi. Ular yurak mushagining eng xarakterli tuzilmalaridir.disklar yordamida kardiomiositlar bir-biri bilan bog‘lanadi. Yuraktipik mushagi mitoxondriyalarga boy. Ular cho‘ziq,oval shaklda bo‘lib , miofibrillalar orasida tizilib yotadLyurakda tipik mushak tolalaridan tashqari –atipik kardiomiositlarva ishchi kardiomiositlar mavjud.yuzak"i EKGda faqat ishchi kardiomiositlar aktivligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

To‘qima bazofillari sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan donachalar o‘zida biologic aktiv bo‘lgan moddalar: geparin, gistamin, serotoninlartutadi. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto‘g‘ri dumaloq shaklga ega bo‘lib ,fiziologik holatlarda miqdori o‘zgarib turadi. To‘qima bazofillariga tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykositlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykositlarning qizil suyak ko‘migidagi o‘zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo‘lsa,to‘qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko‘rsatilmagan.

Joylashishiga qarab to‘qima bazofillarni 3 turini ajratishadi:

l.qon tomirlari atrofidagi to‘qima bazofillari

2. biriktiruvchi to‘qimaning massivqavatlarida joylashgan to‘qima bazofillari

3.miositarya'ni alohida kardiomiositlarning oralig‘ida joylashgan to‘qima bazofillari

Bu topografik variantlar o‘lchamlari va formasi bo‘yicha ham farqlanadi.

ltur to‘qima bazofillari -14-24 mkm , oval shaklda

2 tur to‘qima bazofillari -12-17 mkm,cho‘zinchoq shaklda 3 tur to‘qima bazofillari -6-10 mkm, yumaloq shaklda .



6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Amalliy mashg’ulotni o’tkazish uchun talabalarni anatomiya va fiziologiya bo’yicha bilim darajasini tеkshirish kеrak. Buning uchun talabalarga ba'zi bir savollar bеriladi.Masalan:

—odam yuragidagi kameralar soni nechta?

—qanaqa yurak klapanlarini bilasiz va ular qayerda joylashgan?

Bilim yetishmaganda asosiy qismlarni qisqa tarzda tushuntirib berish kerak,chunki busiz keyingi bilimlarni tushunish qiyin .Bu muammoni hal etish uchun quyidagi ikkilamchi savollar beriladi. Masalan:

—chap bo’lmachadan qanday tomir chiqadi?

—nechta qon aylanish doirasini bilasiz?

Shui savollar orqali kuchli tayorlangan va kuchsiz tayorlangan talabalar aniqlanib,keyinchalik guruxni kichik uch –to’rta guruxchaga bo’lishda foydaliniladi va bu guruxchalardan keyinchalik interaktif texnologik savol-javob olib borishda foydalaniladi. Praktika mavzusi muxokama qilinadi va so’ng gurux 3-ta talabadan iborat guruxchalarga bo’linib xar bir guruxga yozma savollar tarqatiladi.5 daqiqa o’tgandan so’ng javoblar yozilgan qog’ozlar javoblari bilan guruxlar o’rtasida almashinadi ,javob to’liq bo’lmasa keying guruxlar tomonidan to’ldirilib chiqiladi .Mashg’ulot oxirida eng yuqori balli javob topilgandan so’ng mashg’ulotning birinchi qismi tugatiladi.Birinchi mashg’ulotga 25 daqiyqa ajratiladi.



Yurak auskultatsiyasi qoidalari.

Asosan yurak stetoskop yoki fonendoskop orqali eshtiladi,ayrim xollarda bevosita eshtiladi.Agar bemor axvoli yaxshi bo’lsa bemorda xar xil xolatlarda tekchiruv olib borish kerak:yotgan xolda,turgan xolda,fizik zo’riqishlardan so’ng.

Agar mitral klapan nuqsoni bo’lsa chap yon biqinida yotgan holatida yaxshi eshitiladi,bunda nafas olib chiqarmasdan turiladi o’pka tovushlari xalaqit bermasligi uchun .Barcha klapanlar tovushi joylashgan joyida aniqlanadi,shuning uchun barcha klapan yaxshi eshtiladigan proeksiyon joylari bor. Auskul’tatsiya ma’lum ketma-ketlikda tuzilgan qoida bo’yicha olib borilishi shart.

Birinchi navbatda mitral klapan eshitiladi– yurak cho’qqisida, aortal – o’ng ko’krak qafasi ikkinchi qovurg’alar oralig’ida, o’pka arteriyasi klapani – chap ko’krak qafasi ikkinchi qovurg’a oralig’ida,uch tavaqali klapan-to’sh suyagi qilichsimon o’sig’I asosida,beshinchi nuqta to’sh suyagiga III-IV –qovurg’a birikadigan qismida.

. Yurak tonlari yuzaga kelish.

Yurak faoliyati vaqtida yuzaga keladigan tovushlar yurak tonlari deyiladi.Sog’lom odam yuragi auskultatsiyasi qilinganda 2 ton eshtiladi:

I-ton – sistola vaqtida yuzaga keladi– sistolik ton deyiladi;

II-ton – diastola vaqtida keladi–diastolik ton deyiladi;

I-ton xosil bo’lishida 4- ta komponent ishtirok etadi:

—qopqoqli komponent –ikki va uch tavaqali qopqoqlar yopilishi.

—muskul komponenti- o’ng va chap qorincha muskullarining taranglashishi.

—tomir komponenti – aorta va o’pka arteriyasi devorining tebranishi.

—bo’lmacha komponenti – bo’lmacha muskullarining taranglashishi.

Ikkinchi ton diastola vaqtida hosil bo’ladi, uni hosil qiladi:

— qopqoqli komponent – yarimoysimon aorta va o’pka arteriyasi qopqoqlarini yopilishi.

— tomir komponenti – shu tomirlarni boshlang’ich qismining tebranishidan.



Tonlar xarakteristikasi.

Birinchi ton yurak cho’qqisida, ikkinchi ton yurak asosida yaxshi eshitiladi. I ton va II ton orasida uzoq pauza bo’ladi (0.43 sek), II va I ton orasida qisqa pauza bo’ladi (0.2 sek). I ton nisbatan davomli va past (0.09-0.12 сек), II ton qisqa va baland (0.05-0.07). I ton yurak turtkisi bilan bir vaqtda yuzaga kelib, uyqu arteriyasi pulsi bilan birga aniqlanadi, II ton esa undan keyin keladi.



Qo’shimcha tonlar.

I va II tonlardan tashqari bolalarda va ozg’in kishilarda qo’shimcha III va IV tonlar eshitiladi.

III ton sog’lom yosh bolalarda uchrab, chap yon tomonga yotgan holatda yurak cho’qqisi va Botkin nuqtasida yaxshi eshitiladi. Bu tonning hosil bo’lish mexanizmi to’liq o’rganilmagan, lekin miokard elastikligi o’zgarganda va ko’krak qafasi torligi tufayli yuzaga keladi, deb taxmin qilinadi. IV ton (bo’lmachaga oid) sistoladan oldin hosil bo’lib, bu I tonning bo’lmacha komponenti hisoblanadi.

Mayatniksimon ritm yurak dekompensatsiyasida hosil bo’lishi mumkin, bunda diastolani qisqarishi va sistolani uzayishi kuzatilib, buning natijasida sistola va diastola davomiyligi bir xil bo’lib qoladi.

Embriokardiya – mayatniksimon ritm bilan taxikardiya va I-ton balandligining birga kelishi.

6.2.Analitik qism.

Amaliy qismning ikkinchi bo’limida analitik masalalarni hal qilish lozim. Buning uchun situatsion masalalar va testlar ishlatiladi. So’ng kafedrada mavjud bo’lgan yozib olingan normal yurak tonlarini eshittiriladi. Undan keyin talabalarga qayta eshittirilib ajratib berishi talab qilinadi.

Testlar.


  1. I tonga xarakterli:

A) I va IV nuqtalarda uzoq pauzadan keyin aniq eshitiladi;

B) II va III nuqtalarda uzoq pauzadan keyin eshitiladi;

S) I nuqtada qisqa pauzadan keyin eshitiladi;

D) II nuqtada uzoq pauzadan keyin eshitiladi;

E) I va V nuqtalarda uzoq pauzadan keyin aniq eshitiladi;

2. Yurakni eshitish quyidagi tartibda bajariladi:

А) 5 ta nuqta eshitiladi va yurak cho’qqisidan boshlanadi;

Б) 4 ta nuqta eshitiladi va yurak cho’qqisidan boshlanadi;

В) 5 ta nuqta eshitiladi va yurak asosidan boshlanadi;

Г) 4 ta nuqta eshitiladi va yurak asosidan boshlanadi;

Д) 5 ta nuqta eshitiladi va to’shning qilichsimon o’sig’idan boshlanadi;

3. IV ton eshitiladi:

А) diastola oxirida;

Б) diastola boshida;

В) diastola o’rtasida;

Г) sistola oxirida;

Д) sistola o’rtasida.

4. II ton hosil bo’ladi:

А) aorta va o’pka arteriyasi yarimoysimon klapanlari yopilishi hisobiga;

Б) aorta va o’pka arteriyasi yarimoysimon klapanlari ochilishi hisobiga;

В) atrioventrikulyar klapanlar yopilishi hisobiga;

Г) atrioventrikulyar klapanlar ochilishi hisobiga;

5. III ton hosil bo’ladi:

А) qorinchalarning tez passiv to’lishi;

Б) qorinchalarning sekin aktiv to’lishi;

В) bo’lmachalar qisqarishi;

Г) yarimoysimon klapanlar ochilishi.

6. Mitral klapan proyektsiyasi:

А) to’shdan chapda III qovirg’alararo;

Б) to’shdan o’ngda III qovirg’alararo;

В) to’shdan chapda V qovirg’alararo;

Г)V qovirg’alararo o’rta o’mrov chizig’idan 1sm tashqarida.

7. I tonning qanday komponentlari bor:

А) klapanli;

Б) tomirli;

В) bo’lmachali;

Г) muskulli;

Д) hammasi.

8. O’pka arteriyasi klapanining auskultatsiyasi olib boriladi:

А) to’shdan chapda II qovirg’alararo;

Б) to’shdan o’ngda II qovirg’alararo;

В) to’shdan o’ngda V qovirg’alararo;

Г) III va IV qovirg’alarning to’shga birikkan qismida;

Д) qilichsimon o’siq asosida.

9. II tonga xarakterli:

А) yurak cho’qqisida yahshi eshitiladi;

Б) uyqu arteriyasi pulsatsiyasi bilan birga eshitiladi;

В) yurak asosida yaxshi eshitiladi;

Г) kichik pauzadan keyin yuzaga keladi;

Д) baland.

10. Qorinchalar sistolasida quyidagi fazalar ajratiladi:

А) asinxron qisqarish;

Б) izometrik qisqarish;

В) izometrik bo’shashish;

Г) qorinchalar tez to’lishi;

Д) haydab chiqarish.



Masala.

  1. Talabalar poliklinikasida astenik tana tuzilishli, ovqatlanishi kam bo’lgan talaba tibbiy ko’rikdan o’tkazilgan. Shikoyatlari xolsizlik, charchoq, yurak urishini eshitishi, uyqu yomonlashuvi. Auskultatsiyada I,II,III ton eshitiladi. Bu ma’lumotlar orqali nima deyish mumkin?

Javob: yurakda o’zgarishlar bor.

  1. Bemor A., 78 yoshda. Shikoyatlari xolsizlik, charchoq, yurak urishini eshitishi, yurak sohasida og’riq, kichik fizik faoliyatdan keyin xansirash. Bemor normostenik, ovqatlanishi past. Auskultatsiyada I,II,III,IV tonlar eshitiladi. Bu ma’lumotlar orqali nima deyish mumkin?

Javob: yurak muskullarini og’ir shikastlanishi.

6.3 Amaliy qism.

Bu qism amaliy ko’nikmalar uzlashtirishga bag’ishlangan. Mashg’ulotni bu qismida talabalar domlalar nazoratida bеmorlarni kuratsiya qilishadi. Buning uchun gipertonik va yurak porokli ikkita-uchta bеmor tayyorlanadi. Kuratsiya vaqtida talabalar e'tibori bеmorlar shikoyatlariga jalb qilinadi. Ko’ruv vaqtida talabalar mustaqil ravishda bеmorlar anamnеzini yig’ishlari kеrak. Ko’zdan kеchirish jarayonida aniqlangan patologik simptomlarga e'tibor bеrishlari kеrak. Ko’krak qafasi palpatsiyasi, pеrkussiyasi va auskultatsiyasini o’tkaza bilishlari kеrak. So’ngra bеmorning axvoli to’g’risida gruppa ichida muxokama o’tkaziladi. Amaliy mashg’ulot yakunlarini o’tkazilayotganda talabalarning bilimlari bilan birga ularning lеktsiya va amaliyot daftarlari borligiga va talabaning bеmor kuratsiyasidagi qatnashuvi xisobga olinadi.



7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»

Talaba biladi:

Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari simptomatikasini. Ularni so’rab surishtirishni . Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari bor bеmorlarni tug’ri so’rab surishtirishni biladi.

Amaliy ko’nikmalarni qadamma qadam olib borishni

biladi (palpatsiya,pеrkussiya,auskultatsiya). So’rab surishtirish natijalarini to’gri analiz qila biladi (shikoyatlari, kasallik tarixi, xayot tarixi, irsiy faktorlar).

Olingan ma'lumotlar natijalari asosida to’g’ri sindromal tashxis qo’yishni biladi.


2.

71-85

Yaxshi «4»

Talaba biladi: Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari

simptomatikasini. Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari bor bеmorlarni bеmalol so’rab surishtirishni bilmaydi. Amaliy ko’nikmalarni qadamma qadam olib borishni

biladi (palpatsiya,pеrkussiya,auskultatsiya). So’rab surishtirish natijalarini bеmalol to’g’ri analiz qila olmaydi (shikoyatlari, kasallik tarixi, xayot tarixi, irsiy faktorlar). Olingan ma'lumotlar natijalari asosida bеmalol to’g’ri

sindromal tashxis kuyishni bilmaydi.



3.

55-70

Qoniqarli «3»

Talaba biladi: Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari

simptomatikasini. Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari bor bеmorlarni bеmalol so’rab surishtirishni bilmaydi.




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»

Xеch narsa bilmaydi.



9.




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

1.Yurakni to’g’ri auskultatsiya qilish qoidalari.

2.Ko’krak qafasidagi klapanlar proyeksiyasi.

3. Yurak auskultatsiyasi ketma-ketligi.

4. Yurakni eshitish nuqtalari.

5. I tonga xarakteristika bering.

6. I ton komponentlari.

7. II tonga xarakteristika bering.

8. II ton komponentlari.

9.Yosh bolalarda yana qanday qo’shimcha tonlar eshitish mumkin?



11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1. Mirraximov M.M., Ruppa Ya.M., Mogilner A.S. "Osnovi auskultasii serdsa", g.Tashkent, "Medisina", 1984 god.



2."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.


Yüklə 154,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin