Fiziologiya fani biologiya fanlarining muhim tarmoqlaridan bo’lib, organism


Bolalar va o’smirlar gigiyenasini asosiy vazifalari



Yüklə 262,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix17.05.2023
ölçüsü262,02 Kb.
#115534
1   2   3   4   5   6   7   8
fiziologiya

Bolalar va o’smirlar gigiyenasini asosiy vazifalari. 
Bolalar va o’smirlar gigiyenasini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
Bolalar va o’smirlar sog’lig’ini saqlash. Bu masalani hal qilish biologik va ijtimoiy 
omillar, tashqi muhit hamda umumiy taraqqiyot qonunlarining bolalar va o’smirlar 
organizmiga ta’sirini aniqlash imkonini beradi; 
Har bir yoshga oid davrga xos kasalliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash esa 
kasallikning oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi va hayotga tadbiq etish 
imkoniyatini yaratadi. O’sib kelayotgan avlodning sog’liq darajasi joriy etilgan 
sog’lomlashtirish gigiyena tadbirlarining natijasi o’laroq, kelgusida yana qanday 
qo’shimcha gigiyenik tadbirlar ko’rish kerakligini ham belgilab beradi; 
Bolalar va o’smirlar faoliyati gigiyenasi. Olib boriladigan ishlar bolalarning 
sog’ligini saqlagan holda ish faoliyatini oshirish hamda charchashning oldini olish 
tadbirlarini ko’rish asosiy masala hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida yasli, bog’cha 
va maktab yoshidagi bolalarga muvofiq keladigan kun tartibining to’g’ri tuzilishiga 
xizmat qiladi; 


Tashqi muhit gigiyenasi. Mo’ljallangan ishning bu qismida bolalar va o’smirlar 
muassasalarini loyihalash va qurishda bir qator gigiyenik tadbirlarni joriy etish
jumladan ularni alohida yashaydigan joylarga qurish, xonalarni yetarli darajada 
yoritish, toza havo va issiqlik, ichimlik suvi bilan bolalar uchun mo’ljallangan 
jixozlar bilan ta’minlash ko’zda tutiladi
Bolalar va o’smirlar gigiyenasi. Bunda ovqat maxsulotlarini ahamiyati, ovqatlanish 
tartibi o’rganiladi va o’sish davrida energiya sarfi me’yori ishlab chiqiladi; 
Bolalar va o’smirlarga tibbiy xizmat ko’rsatish. Ishning bu qismida tibbiy xizmat 
ko’rsatishni ilmiy nuqtai nazardan ishlab chiqish hamda epidemiyaga qarshi 
tadbirlar ko’rish; 
Psixogigiyena. Bunda bolalar va o’smirlarni ruhiy salomatligini saqlash, asab 
kasalliklarini 
oldini 
olish 
chora 
tadbirlarini 
ishlab 
chiqish. 

Yüklə 262,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin