Fizika kafedrasi umumiy fizika fanidan



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə24/29
tarix20.11.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#164064
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Uslubiy ko\'rsatma kimyo biologiya автовосстановление

Nazorat savollar:
1. Linza deb nimaga aytiladi?
2. Linzaning optik markazi, bosh optik o`qi, bosh fokusi deb nimaga aytiladi?
3.Linzaning optik ko`chi nima? Uning o‘lchov birligi qanday?
4.Yig`uvchi linza deb qanday linzaga aytiladi?
5.Sochuvchi linza deb qanday linzaga aytiladi?
6.Linzalar qanday maqsadlarda ishlatiladi?
7.Linzalarning fokus masofalarini o‘lchash?
8.Yig`uvchi va sochuvchi linzalar yordamida tasvirlar hosil qilish?


Adabiyot: 1. I.V.Savel’ev, Umumiy fizika kursi, 1976, § 9-12.
2. F.A.Korolev, Fizika kursi, 1978, § 30-33
3. Fizikadan praktikum. Elektr va optika..prof.V.I.Iveronova taxriri ostida. 1979.
14-LABARATORIYA ISHI


MIKROSKOPNING KATTALASHTIRISHINI ANIQLASH
Kerakli asboblar: Miroskop, lineyka, shtativ, mikrometr, sim, o`rtasining siri ko`chirilgan 45° burchak ostida taglikka o`rnatilgan ko`zgucha.
Ishning maqsadi: Mikroskop tuzilishini o`rganish va uning kattalashtirishlarini aniqlash.
Nazariy ma’lumotlar
Ma’lumki, kishi ko`zidagi tur pardada tasvirning o`lchovlari buyumning ko‘rinish burchagi φ bilan aniqlanadi.
K o`z va buyum orasidagi S masofa kamaytirilsa φ burchak o`sa boradi. Ko`zning fokus masofasi muskul kuchi yordamida ancha keng masofaga moslasha oladi. Biroq ko`zning akkomodatsiya deb ataladigan bu qobiliyati 20smga yaqin minimal mzsofa bilan cheklangandir. Ko`rish burchagi bir minutdan kichik bo`lganda bunday burchak ostida ko`rinayotgan buyumni kishi ko`zi yagona nuqta sifatida ko`radi. Juda kichik buyumlarni ko`rishda esa ko`rish burchagini sunhiy ravishda kattalashtirish kerak, Bunday maqsad uchun lupa va mikroskoplardan foydalaniladi.
Mikroskop juda kata kattalashtirishlarni (2000 gacha) hosil qilish uchun qo`llaniladi. U ikki optikaviy sistemadan: obhektiv (OB) va okulyar (OK) dan iborat bo`lib, bu sistemalar bir-biridan fokus masofalariga qaraganda ancha masofaga uzoqlashtirilgan bo`ladi.
Mikroskopdagi nur yo`llari 1-rasmda ko`rsatilgan:
L1 obektiv O1 S1 buyumning haqiqiy tasvirini va kattalashtirilgan O2 S2 tasvirini beradi. L2 okulyar obhentiv yuzaga keltirgan O2 S2 tasvir okulyar bilan uning bosh fokus masofasi orasiga tug`ri keladigan qilib o`rnashtiriladi. Bunda L2 okulyar lupa kabi ishlaydi. U orqali ko`z obektiv hosil qilgan O2 S2 tasvirni ko`radi. SHunday qilib ko`z okulyarda buyumning mavxum, teskari, kattalashgan O3 S3 tasvirini kuzatadi.
Obektiv va okulyar mikroskopning tubusi ataladigan trubaga joylashtiriladi. Mikroskopni fokusga to`girlaganda tubusni kremaler (tishli g`ildirak,tishli planstinkada xarakatlanadi) yordamida pastga va yuqoriga surish mumkin. Buyumni Yorug`likka qaratilgan kuzgu yoritadi.
Mikroskopning chiziqli kattalashtirishi deb shu mikroskopda ko`rinadigan buyum tasvirining chiziqli kattaligi bilan o`sha buyumning chiziqli kattaligi orasidagi nisbatga aytiladi.
Nazariyadan mahlumki, mikroskop kattalashtirishi tubus uzunligiga va obektiv xamda okulyar linzalar fokus masofalariga bog`liq ya’ni:
(1)
Bu yerda: L - tubus uzunligi, bu uzunlik sifatida amalda obektiv va okulyar fokus masofalari orasidagi masofa olinadi.
m - ko`zning normal ko`rish masofasi, 25 sm ga teng.
F1 F2 - mos ravishda obhektiv va okulyar linzalarining fokus masofalari.
Bu ishda mikroskopning kattalashtirishini tajriba yo`li bilan to‘ish talab qilinadi. Buning uchun mikroskopda vujudga kelgan tasvir kattaligini ko`zning eng aniq ko`rish masofasiga o`rnatilgan masshtab bilan solishtiriladi va tasvirning o`lchamlarini aniqlanadi. So`ngra buyumning o`z chiziqli o`lchamini (masalan, soch tolastolasi diametrini) topiladi.Bundan mikroskop kattalashtir i l i shi: yordamida aniqlanadi.




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin