Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
475
davlatga etkazilgan zararni to‘liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy
sanksiyalarni to‘lagan shaxsga nisbatan
jinoiy ish qo‘zg‘atilmaydi va u
javobgarlikdan ozod qilinadi;
2015 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib
chiqqan holda, har bir yollangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badali va
yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun belgilangan soliq stavkasining 30
foizi miqdorida soliq to‘lash sharti bilan
bir nafardan uch nafargacha ishchini
yollash huquqi berildi hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-hunar kolleji
bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan
boshlab o‘n ikki oy
mobaynida yollanma ishchilar uchun belgilangan soliqdan ozod etildi.
2015 yildan boshlab davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq va
moliyaviy hisobotlar 100 foiz elektron ko‘rinishda qabul qilinmoqda va "Soliq
to‘lovchining shaxsiy kabineti" orqali soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni
to‘lash tizimi amaliyotga joriy etildi.
Ta’kidlash lozimki, mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona soliq siyosati
natijasida ilgari faqat fiskal vazifalarni bajargan davlat soliq xizmati organlari
bugungi kunda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan
jihozlangan ko‘p funksiyali davlat boshqaruvi organiga aylantirildi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yaratilgan "Elektron
hukumat" tizimi tarkibiga kiruvchi Davlat soliq qo‘mitasining
"my.soliq.uz"
rasmiy
sayti
soliq
ma’murchiligini
takomillashtirishda aholining yanada faol qatnashishini va davlat
soliq xizmati organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlashda
qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilmoqda.
Soliq va moliyaviy hisobotlarning to‘liq elektron shaklda
taqdim etilishiga o‘tilganligi tadbirkorlarni 2-3 soat vaqt sarflab navbatda
turishlarining oldini olish bilan bir qatorda ularning o‘rtacha 9 mlrd.so‘mdan ortiq
mablag‘lari iqtisod qilinmoqda va bu usul davlat byudjetiga to‘lanadigan
mablag‘lar bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish imkonini berdi.
SHuningdek, soliq to‘lovchi yuridik shaxslar internetdagi "Shaxsiy kabinet"lari
orqali soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn shaklda to‘lash imkoniyatiga
ega bo‘ldilar.
Dostları ilə paylaş: