Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi .
472
soliqlarning fiskal samaradorligiga erishish chora-tadbirlari
ishlab chiqilib, bevosita soliq tizimiga joriy etildi.
Ikkinchi bosqich 1995-1997 yillarni o‘z ichiga olib, bu
bosqich soliqlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish
va
korxonalarning
ishlab
chiqarish
faoliyatini
rag‘batlantirishga qaratilganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Soliq tizimidagi islohotlarning ikkinchi bosqichida
soliqlarni
korxonalarning
ishlab
chiqarishini
rag‘batlantirishga qaratish maqsadida korxonalar har bir foiz
mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirgani hisobiga
foyda solig‘i stavkasi 0,3 foizga kamaytirish, qishloq xo‘jaligi
korxonalari uchun foyda solig‘i stavkasi rentabellik
darajasidan kelib chiqib, ya’ni rentabellik darajasi 40% gacha
bo‘lgan korxonalar uchun 3 foizli stavkada, rentabellik
darajasi 40%dan yuqori bo‘lgan korxonalar uchun 20 foizli stavkada undirish
tartibi belgilandi.
1995 yildan boshlab soliq tizimi ixchamlashtirilib, bir qator samarasiz soliqlar
va yig‘imlar, ya’ni respublika tashqarisiga olib chiqiladigan xomashyo resurslari
uchun soliq, hisoblab yozilgan amortizatsiyadan byudjetga 30 foiz ajratma va shu
kabilar bekor qilindi. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq shkalasi
o‘zgartirildi.
1997 yil 24 aprelda O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qabul qilindi
va 1998 yildan amaliyotga joriy qilindi. Bu hujjat orqali soliq qonunchiligini
mustahkamlash bilan birga, milliy mahsulotlar eksportini, import tovarlar o‘rnini
bosadigan mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni, nogironlarning ishlab
chiqarishdagi ishtirokini, mehr-muruvvat ishlarini rag‘batlantirish vazifasi
kuchaytirildi.
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilash
maqsadida 1997 yilning 29 avgustida "Davlat soliq xizmati to‘g‘risida"gi Qonun
qabul qilindi. Unda, davlat soliq xizmati organlarining asosiy huquqlari, vazifa va
funksiyalari belgilanishi bilan birga uchastka davlat soliq inspektori lavozimi joriy
etildi.