Birinchi bosqich 1991-1994 yillarni o‘z ichiga olib, bu
bosqich soliq tizimining tashkil etilishi va soliqlarning fiskal
funksiyasi yuqori ahamiyatga ega bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston soliq tizimini yaratishda 1991 yil 15 fevralda
qabul qilingan "Korxonalar, tashkilotlar va birlashmalardan
olinadigan soliqlar to‘g‘risida"gi qonun birinchi me’yoriy
hujjatlardan bo‘ldi. Mazkur qonunda soliq tizimining tuzilishi va
ishlashining umumiy asoslari ko‘rsatildi hamda amaliyotga joriy
etilgan soliqlarni hisoblash va undirish tartibi belgilab berildi.
Shu bilan birga, 1991 yil 15 fevralda "O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolaridan, ajnabiy fuqarolardan va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan
soliq ob’ekti kengaytirildi, ya’ni ilgari daromad solig‘ini jamoa xo‘jaligi orqali
to‘lab bergan jamoa a’zolari to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z daromadlaridan to‘laydigan
bo‘ldilar.
1993 yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy soliqlar va
yig‘imlar to‘g‘risida"gi qonuni qabul qilindi. Bunday soliqlarga jismoniy
shaxslarning mol-mulk solig‘i, er solig‘i, kurort zonalarida ishlab chiqarish
ob’ektlari qurish solig‘i, reklama solig‘i, avtomobil vositalarini qayta sotish solig‘i,
transport vositalarini egalaridan soliq va 13 ta har xil yig‘imlar kiritildi.
1991 yil 15 fevralda qabul qilingan "Korxonalar, tashkilotlar va
birlashmalardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida"gi qonunga 1993 yil 7 mayda
o‘zgarishlar kiritilib, chet el valyutasida olinadigan tushumdan ajratma joriy etildi.
Respublika valyuta jamg‘armasiga ajratma dastlab 25%, keyinchalik 10%
miqdorida belgilandi. Soliq tizimidagi islohotlarning birinchi bosqichida
Birinchi bosqich