Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
konstitutsiya

5.
 
O‘zbekistonda hokimiyatning bo‘linish prinsiplari nimalarda ko ‘rinadi? 
O‘zbekistonda hokimiyati uchga bo`linadi: Qonun chiqaruvchi hokimyat, Ijro etuvchi 
hokimyat va Sud hokimyati. 
HOKIMIYATLAR BO’LINISHI 
— davlat nazariyasining asosiy prinsiplaridan biri 
bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo’ysunmaydigan 
qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‗linadi (ular bilan bir qatorda 
ba‘zan ta‘sis etuvchi, saylovchi va nazorat hokimiyati ham ajratiladi). Ushbu prinsipning 
vazifasi davlat hokimiyati to’laligicha bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishiga yo’l 
qo’ymaslikdan iborat. Zero, hokimiyatning to’liq bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishi 
demokratiyaga inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug’diradi, avtoritar tuzum 
o’rnatilishiga olib keladi. Hokimiyatlar bo’linishi – siyosiy hokimiyatning 
markazlashuviga yo’l qo’ymaslikka, uni cheklash va nazorat etishga qaratilgan tamoyil.


2-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy – 
hududiy tuzilishi. 
1.
 
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy – hududiy tuzilishi deganda nimani 
tushunasiz? 
Oʻzbekiston 
Respublikasining 
maʼmuriy-hududiy 
tuzilishiga 
bagʻishlangan. 
Konstitutsiyaga koʻra, "Oʻzbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, 
shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasidan iborat". 
Oʻzbekiston Respublikasining hozirgi maʼmuriy-hududiy boʻlinishi mamlakatning ishlab 
chiqaruvchi kuchlari ahvolini, ularning joylashish xususiyatini, transport va aloqa 
vositalarining rivojlanishi, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. 
Viloyat Oʻzbekiston Respublikasi maʼmuriyhududiy tizimidagi yuqori boʻgʻindir va eng 
yirik boʻlinma sifatida alohida oʻrin tutadi. Hududiy tizimning qolgan boʻgʻinlari — 
tuman, shahar, shaharcha, qishloq, ovul viloyatning tarkibiy qismlari, ichki boʻgʻinlaridir. 
Qishloq joylaridagi iqtisodiy, xoʻjalik va ijtimoiymadaniy hayotga tumanlar orqali 
bevosita rahbarlik amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasidagi shaharlar respublika 
boʻysunuvidagi, viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va tuman boʻysunuvidagi 
shaharlarga boʻlinadi. Respublika boʻysunuvidagi shaharlar toifasiga aholisi 500 ming 
kishidan ortiq yirik iqtisodiy, madaniy, maʼmuriy markaz boʻlgan shahar (Toshkent shahri) 
kiradi. Viloyat, Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida 
tariqasida, kamida 30 ming aholisi boʻlgan, muhim maʼmuriy ahamiyat kasb etadigan
istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin. 
Tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga sanoat korxonalari, kommunal xoʻjaligi, 
davlat uyjoy fondi, rivojlangan ijtimoiymadaniy muassasalari, savdo, umumiy ovqatlanish, 
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari mavjud boʻlgan hamsa aholisi 7 ming kishidan kam 
boʻlmagan va uning 2/3 qismini ishchi, xizmatchilar, ularning oila aʼzolari tashkil etgan 
shaharchalar, aholi punktlari kiradi. Qishloq, ovul, shaharcha — respublika maʼmuriy-
hududiy tizimidagi eng quyi boʻgʻinlar. Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, 
qurilishlar, temir yoʻl staitsiyalari va boshqalar muhim obʼyektlar yaqinida joylashgan 
hamda, qoida tariqasida, kamida 2 ming aholisi boʻlgan aholi punktlari kiritilishi mumkin. 



Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin