Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
konstitutsiya

 
133-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: 
1) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi palatalari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari 
va farmoyishlarining, hukumat, mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining
O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomaviy va boshqa majburiyatlarining 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi
2) O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolanguniga qadar — 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunlarining, ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 
imzolanguniga qadar — O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi; 
3) referendumga chiqarilayotgan masalalarning O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi; 
4) 
Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasining 
O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi
5) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh 
beradi; 
6) O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qo‘llanilishi lozim 
bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
muvofiqligi to‘g‘risida sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaatini ko‘rib chiqadi; 
7) konstitutsiyaviy sudlov ishlarini yuritish amaliyotini umumlashtirish natijalari 
yuzasidan har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga va O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga mamlakatdagi konstitutsiyaviy qonuniylikning holati to‘g‘risida 
axborot taqdim etadi; 


8) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan 
vakolati doirasida boshqa ishlarni ko‘rib chiqadi. 
Fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa barcha 
vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan muayyan 
ishda sud tomonidan o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga muvofiqligi 
to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat 
qilishga haqli. 
Konstitutsiyaviy sudning qarori rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga 
kiradi. 
Konstitutsiyaviy sudning qarori qat’iy va uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin 
emas. 
Konstitutsiyaviy sudni tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan 
belgilanadi. 

Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin