Farg‘ona filiali 3-kurs “641-21” guruh talabasi abdulazizov fayzulloning



Yüklə 125,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/16
tarix07.01.2024
ölçüsü125,59 Kb.
#207726
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
konstitutsiya

 
4-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi millat va elatlarning 
tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun 
sharoit yaratadi. 
 


5-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — 
bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. 
Davlat ramzlari davlat himoyasidadir. 
 
6-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri. 
 
II bob. Xalq hokimiyatchiligi 
 
7-modda. 
Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar 
vakolat bergan organlar tomonidangina amalga oshiriladi. 
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini 
o‘zlashtirish, hokimiyat organlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning 
yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan 
javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi. 
 
8-modda. 
O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolari tashkil etadi. 
 
9-modda. 
Jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim 
etiladi, umumxalq ovoziga — referendumga qo‘yiladi. 
O‘zbekiston Respublikasida referendum o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
 
 
 


10-modda. 
O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
va Prezidenti ish olib borishi mumkin. 
Jamiyatning biron-bir qismi, siyosiy partiya, jamoat birlashmasi, ijtimoiy harakat 
yoki alohida shaxs O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borishga haqli emas. 

Yüklə 125,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin