Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar


Taksonomistning asosiy vazifalari, Taksonomistning ish strategiyasi, T.I.: obyekt tanlashda, joy tanlashda, taksonomiyaning turini tanlashda



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə25/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196
HZTF javoblari.

Taksonomistning asosiy vazifalari, Taksonomistning ish strategiyasi, T.I.: obyekt tanlashda, joy tanlashda, taksonomiyaning turini tanlashda

Taksonomiya klassifikatsiya jarayonining nazariyasi va amaliyoti ekan, bu ishlar bilan shug’ullanuvchilarni sistematiklar desak ham, yoki taksonomistlar desak ham to’g’ri bo’laveradi. Taksonomist klassifikatsiya jarayonida bir qancha bosqichlarni o’taydi. Har bir bosqichni taksonomistning bir vazifasi deb atash mumkin.

Taksonomistning vazifalari:

1)Individlarning xususiyatlari farqlanadigan chegaralarni aniqlab ularni guruhlash-fenonlar tuzish. Bunda fenon bir populyatsiayni anglatishi shart emas, ba’zan fenon bir populyatsiya ichidagi farqlanuvchi guruh bo’lishi (material yosh individlar, erkak yoki urg’ochi individlardan iborat bo’lganda), bir necha populyatsiyaning aralashmasi (material qiyofadosh turlardan iborat bo’lganda) yoki bir necha kenja turlar aralashmasi (material geografik jihatdan geterogen bo’lganda) bo’lishi ham mumkin.

2)Fenonni kenja taksonga joylashtirish. Aniqlangan fenonni o’ziga yaqin bo’lgan gurhlar bilan solishtirib o’xshashlik va farqlarning keskinligi asosida uni kenja taksonga (tur, kenja tur) joylashtirish. Bunda tur mezonlarining ko’pidan yoki shu guruh uchun yaxshi natija beradiganidan foydalanish lozim.

3)Taksonlarga ta’rif berish. Taksonga biologik (zoologik, botanik) nomenklatura asosida nom berish. Uning o’ziga yaqin bo’lgan boshqa taksonlardan farqlarini ko’rsatuvchi differensial diagnozini tuzish.

4) Guruhlash va darajalarga taqsimlash. Taksonni yuqori guruhlar (taksonlar) bilan solishtirib, uni ulardan biriga mansubligini ko’rsatish va mavjud klassifikatsiyalarni yangilash.

5)Ma’lumotni saqlash. Yangi taksonning aniqlangan joyi, aniqlagan shaxs, aniqlangan vaqt, tipik ekzemplyarning saqlanish joyi, uning asosiy belgilari, yashash muhiti, unga yaqin bo’lgan guruhlardan farqlovchi diagnoz, mavjud klassifikatsiyadagi o’rni kabi ma’lumotlardan tuzilgan maqola yozish. Maqolani mutaxasislar o’qiy oladigan davriy nashrda e’lon qilish.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin