4-mavzu: iroda haqida umumiy tushuncha. Ichki irodaviy boshqaruv. (2soat)



Yüklə 8,72 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü8,72 Kb.
#203483
  1   2   3
4-mavzu iroda haqida umumiy tushuncha. Ichki irodaviy boshqaruv-fayllar.org


4-mavzu: iroda haqida umumiy tushuncha. Ichki irodaviy boshqaruv. (2soat)

4-MAVZU: IRODA HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA. ICHKI IRODAVIY BOSHQARUV. (2soat)
Reja:
1.Irodaviy harakatlar va irodaviy jarayonlar tavsifi
2.Xulq-atvorni irodaviy boshqaruv
3.Shaxs irodasining shakllanishi
Tayanch tushunchalar: psixologiya, eksperiment, kombinatsiya, psixometrika, diagnoz, xarakteristika, eksperimental laboratoriya.


1.Irodaviy harakatlar va irodaviy jarayonlar tavsifi.
Kishining irodasi o`z sifatlari, ya`ni kuchi, axloqiyligi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo`ladi. Iroda ma`lum kuchga ega bo`ladi, ba`zi hollarda irodasi kuchli, boshqa hollarda esa kuchsiz namoyon bo`ladi.
Kuchli irodaga kosmonavtlarning irodasi misol bo`ladi. Kishi irodasining kuchsizligi uning juda arzimas qiyinchiliklarining ham enga olmasligida ko`rinadi. Masalan, biror ishni bajarishga yoki biror ishni boshlashga o`zini
majbur qila olmaydi. Iroda kuchi o`zini tuta bilishda, jasurlik, qat`iyat, matonat va chidamlilikda namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish kishining oldiga qo`ygan maqsadlarining amalga oshirishga qarshilik qiladigan ichki holatini yengishda ko`rinadigan irodadir.
O`zini tuta bilish og`riq hissini, toliqish, qo`rquv va g`azabni engishda
namoyon bo`ladi. O`zini tuta bilish aynipaytdakeraksiz bo`lgan reflekslarga, odatlarga yo`lqo`ymaslikdir.Dadillik kishilikhayoti va omonligi uchun xavfli bo`lgan qarshiliklarni engishda ko`rinadigan kuchli iroda. Masalan, parashyutchi har gal sakraganda dadillik qiladi. Dadillik o`zini tuta bilish bilan bog`liqdir. Mustaqillik irodaviy harakatlar motivlarida va shu bilan birgalikda qaror qabul qilishda namoyon bo`ladi. Mustaqillikning mohiyati shundan iboratki, odam o`zining ish harakatlarining tevarak atrofdagilarining tazyiqi, tasodifiy taassurotlar bilanemas,balki o`z ishonch e`tiqodlarini, bilimlari va tegishli vaziyatdaqanday ish to`tish kerakligi haqida tasavvurlariga asoslanib
belgilaydi. Mustaqillikning qaramaqarshi tomoni tasirlanuvchanlikdir. Bu shundan iboratki, bunda odam o`zgalarning ta`siriga tez beriladi, hamda uning harakat motivlari o`zida tarkib topgan xususiy qarashlar, ishonch aqidalar asosida emas, balki tashqaridan ko`rsatilgan ta`sir natijasi sifatida paydo bo`ladi. Qat`iyato`ylab qo`yilgan qarorni muvaffaqiyatli amalga oshirishni ta`minlovchi g`oyat muhim sifatdir. Qat`iylik odamdan uzoq vaqt davomida hech bir pasaymaydigan irodaviy zo`r berish va kuch quvvatni taqozo qiladi. Belgilangan maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar odamni hayiqtirmaydi, og`ishmay intila boradi. Qaysarlik odam oqilona asoslarga ega bo`lishga qaramay harakat qilish illatidan, ilgari oz o`ylab qabul qilingan qarordan voz kechish qobiliyatiga
ega bo`lishidir. Qaysarlik real sharoitga tik qaramay, o`zgargan vaziyatga epchillikbilan moslasha olmaslikdir. Mana shunday hollarda odam irodasining sustligi namoyon bo`ladi.

Yüklə 8,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin