Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə22/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196
HZTF javoblari.

DNK ni avtomatik sekvenirlash. Keyingi yillarda turli tuman organizmlarning DNK ketma-ketligini o’rganishga bo’lgan talabning o’sib borishi DNK molekulasini sekvinirlashni avtomatlashtirish ehtiyojini uyg’otdi, chunki bunday katta hajmdagi tadqiqotlani qo’lda bajarish juda katta vaqt va mehnat talab qiladi. Avtomatik sekvenirlash deganda, reaksiyani terminirlovchi nishonlangan mahsulotlarni qayd qiluvchi avtomatik uskunalar-sekvinatorlardan foydalanish tushuniladi.

Matrisa DNK sintezi va uning keyingi fermentativ sekvinirlash ham laboratoriya robotlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Dastlabki avtomatik DNK-sekvinator 1987 yilda Applied Biosystems firmasi tomonidan yaratilgan.

Avtomatik sekvinatorda yangi sintezlanayotgan mahsultni nishonlash uchun fluresensiya beruvchi birikmalardan foydalaniladi. DNK ni avtomatik sekvinirlash prinsipi elektroforezda ajralgan nishonlangan mahsulotlarni detektor tomonidan qayd qilinishiga asoslangan. Deteksiya gelning pastki qismida, fragmentlarning o’tish vaqtida lazer nurlari tomonidan bo’yovchi moddaning qo’zg’alishi va fluorensiya berishidan yuzaga chiqadi. Avtomatik sekvinatorlarda elektroforez uchun kappilyar-geldan foydalaniladi.

Avtomatik DNK-sekvinatorlar yaratilgan maxsus kompyuter dasturlar orqali boshqariladi. Masalan, Applied Biosystems firmasi sekvinatorlariga ma’lumotlarni yig’uvchi va tahlil qiluvchi dasturlar to’plami ham mavjud. Elektroforetik taqsimlanish tugagandan keyin, dastlabki ma’lumotlar Data collection dasturi orqali yig’iladi va maxsus dastur orqali tahlil qilinadi. Zamonafiy sekvinatorlar yildan-yilga mukammalashib bormoqda va deyarli barcha molekulyar biologik laboratoriyalarning tarkibiy qismiga aylanmoqda.


Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin