Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə18/196
tarix02.01.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#44660
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196
HZTF javoblari.

«Plyus-minus» metodi. «Plyus-minus» metodi birinchi marta 1975 yilda F.Senger va A.Koulson tomonidan taklif etilgan va fermentativ reaksiyalarga asoslangan. Bu usul genomning o’rganilayotgan qismiga mos keluvchi bir zanjirli DNK fragmentini ajratishni nazarda tutadi. Bu fragment keyinchalik polimeraza-ko’paytirish uchun matrisa sifatida foydalaniladi. Bunda praymer sifatida sintetik oligonukleotidlar yoki ma’lum restrikzalar yordamida gidrolizlangan tabiiy subfragmentdan foydalaniladi. «Plyus-minus» metodining bosqichlari:

1.Birinchi bosqichda DNK polimeraza yordamida 4 xil nukleotidlar ishtirokida polimerizasiya reaksiyasi amalga oshiriladi. Bunda bitta nukleotid radioaktiv nishonlangan bo’ladi. O’rganilayotgan bir zanjirli DNK fragmentining to’liqsiz kopiyalari to’plamlarini olish maqsadida reaksiya cheklangan sharoitda o’tkaziladi.

2. Keyin polimerlar to’plami nukleotidlardan ajratiladi, aralashma 8 qismga ajratiladi va qo’shimcha polimerizasiya reaksiyalari davom ettiriladi. Qo’shimcha polimerizasiya reaksiyalari bitta nukleotid ishtirokisiz, 3 xil nukleotid ishtirokida («minus» sistema) yoki faqat bir xil nukleotid ishtirokida («plyus» sistema) o’tkaziladi. 3 xil nukleotid ishtirokida borayotgan reaksiyada («minus» sistema) matrisaga komplementar sintezlanayotgan barcha yangi zanjirlarda reaksiya aralashmada mavjud bo’lmagan eng yaqin nukleotidga borganda to’xtaydi. «Plyus» sistemada reaksiya aralashmada mavjud nukleotid joylashgan ketma-ketlikdan so’ng to’xtaydi.

3. 8 ta namunadan olingan aralashma bir vaqtning o’zida yuqori aniqlikdagi elektroforezdan o’tkaziladi. Elektroforez geli radioavtografiya qilinadi va radioavtografiyadan nukleotidlar ketma-ketligi o’qiladi. O’qilgan yakuniy ketma-ketlik dastlabki matrisaga komplimentar bo’ladi.




Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin