Erix Mariya Remark


https://telegram.me/e_kutubxona



Yüklə 48,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,46 Kb.
#210197
1   2   3   4   5   6
@Elektron Kutubxona-Remark.Dushman (2)

 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

Biroz vaqt o‘tgach, u yoqdagilar ham oq mato ko‘tarishdi, kamiga — kaskani 
ham qo‘shishdi. Biz kuchimiz boricha ko‘ylakni silkitib signal berdik, undagi 
hamma bitlar yomg‘ir va shamolda to‘kilib ketgandir-ov. Nihoyat, u tomonda 
paket tutgan qo‘l ko‘rinib, allaqanday fransuz ehtiyotkorlik bilan tikanli sim 
orasiga suqildi; 
u sekin-asta biz tomonga emaklar va ahyon-ahyonda dastro‘molini silkitgancha 
yuzida qo‘rquv aralash kulardi. Oraliqdagi maydonning taxminan o‘rtasiga 
yetganida u to‘xtadi, paketni yerga qo‘ydi, besh-olti marta u barmog‘ini nuqidi, 
yana kuldi, bosh irg‘adi va emaklagancha iziga qaytdi. Bular bari haddan ziyod 
hayajonga soldi bizni. Xayajonga bolalarga xos bo‘lgan, taqiqlangan ishni qilish 
ishtiyoqi ham qo‘shildi, biz kimgadir hazil qilmoqchiga o‘xshardik go‘yo; 
qolaversa, shunchaki tezroq paket yoniga borib, undagi shirinliklarnimi yoki bir 
quti sigaretnimi qo‘lga kiritgimiz kelardi. 
Qalbimizda jindek erkinlik, mustaqillik, do‘stlik va barcha o‘lim mexanizmlari 
ustidan g‘oliblik ruhi ham paydo bo‘ldi. Shunday hisni men o‘shanda, asir 
fransuzlar qarshisida turganimda chuqur insoniy bir tuyg‘u qalbimga muzaffarona 
yorib kirib, «dushman» haqidagi ibtidoiy tushunchalarimni yanchib tashlagan 
damda ham tuygandim. Endi esa bu zafarga o‘z hissamni qo‘shishni xohlamoqda 
edim. 
Biz shosha-pisha bir nechta sovg‘a-salom hozirladik, umuman olganda, mayda-
chuyda narsalar edi bari, chunki neytral hududning narigi yog‘idagilardan farqli 
o‘laroq, bizning surobimiz tortilib qolgandi. Shundan so‘ng tag‘in ko‘ylak bilan 
signal yo‘lladik, darrov javob qaytarishdi. Men ohista yuqoriga o‘rmalay 
boshladim. Boshim va yelkam qariyb handakdan chiqdi. Senga ochig‘ini 
aytaman, juda behuzur bo‘ldim: himoyasiz, mana men, degandek brustverdan 
chiqib turibman — tap-tayyor nishon! 
Keyin to‘ppa-to‘g‘riga emakladim, shundagina fikrlarim butkul o‘zgardi, go‘yo 
yomon fikrlarni birov miyamdan so‘rib olgandek edi. Juda g‘alati va maroqli 
vaziyat edi: ichimda misli ko‘rilmagan shodlik ko‘pirib toshayotganini his 
qilardim. Xursand edim, kula-kula, dadil emaklardim. 
Tugunchani qo’ydim va ular qoldirgan tugunchani olib, izimga burildim. Shu 
mahal miyamda go‘yo tinchlik zavqi bir lahzada kunpayakun bo‘lgandek holat 
yuz berdi. Ortimdan yuzlab miltiqlarning og‘zi menga qaratilgandek dahshatli bir 
tuyg‘uni his qildim. Bu meni qattiq qo‘rquvga soldi, a’zoyi badanim jiqqa terga 
botdi. Lekin o‘zimiznikilar yoniga sog‘-salomat yetib bordim va o‘pkam 
og‘zimga tiqilgudek bo‘lib handaq ichiga ag‘anadim. 



Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin