Erix Mariya Remark


https://telegram.me/e_kutubxona



Yüklə 48,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,46 Kb.
#210197
1   2   3   4   5   6
@Elektron Kutubxona-Remark.Dushman (2)

 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

yarog‘ urush olovini yoqadi», degan fikr mudom ta’qib etardi meni. Dunyoda shu 
qadar ko‘p qurol to‘planganki, oxir-oqibat, ular odamlardan ustun kelib, ularni 
o‘zaro dushman qilgandi... 
Anchadan keyin, Flandriyada yana shunaqa holatni kuzatganman: jang paytida 
temir qurollardan foydalanish, o‘qqa tutish avjiga chiqsa, bu jarayonda insonning 
qadr-qimmati qolmas ekan. Odamlar qurollar kuchlaridan jazavaga tushib, bir-
birini yo‘q qilishga telbalarcha tashlanishadi. Bunday paytda har qanday odam, 
bordiyu, ikki yovlashgan tomondagi barcha tirik jon qirilib bitgan taqdirda ham, 
qurol-yarog‘lar, to butun jahonni yo‘q qilmaguncha urushni to‘xtatmasa kerak, 
deb o‘ylab qolishi aniq. Biroq bu yerda, fabrika hovlisida senu menga o‘xshagan 
odamlarni uchratgandim. Va birinchi bor anglab yetdim: men odamlar bilan jang 
qilayotgan ekanman! O‘zim singari jarangdor shiorlari qurol sehriga laqqa 
tushgan, xotini va bolalari, ota-onasi va kasbkori bor odamlar bilan. Ular sabab 
bo‘lib mening fikrim ravshanlashgan edi. Balki ularning ham men kabi ko‘zlari 
ochilib, yon-atrofga alanglab, «Birodarlar, biz nima qilmoqdamiz?! Buning nima 
zarurati bor?!» deya bir-birlariga savol berishayotgandir. - Bir necha haftadan 
so‘ng biz yana frontga otlandik. Bu safar – biroz tinchroq joyga tushdik. 
Fransuzlarning oldingi marrasi bizga xiyla yaqin, lekin pozitsiyalari pishiq-puxta 
himoyalangan edi. Xullas, bu yerda dushman bilan qir-pichoq janglarga kirmadik. 
Har kuni ertalab, roppa-rosa yettida ikki tomon artilleriyachilari salomlashgan 
kabi bir-birlariga o‘q yog‘dirishardi. Keyin choshgohda tag‘in kichikroq salyut 
tashkil qilinar, kechga yaqin oxirgi marta shu yo‘sin «xayr-ma’zur» qilishardi. 
Biz istehkomlarimiz yonida quyosh nurlariga cho‘milarlik, kechalari esa hatto 
etiklarimizni yechib, bafurja uxlardik. 
Kunlarning birida betaraf maydonning narigi tomonida, brustver ustida 
qo‘qqisdan «Attention!» (*«Diqqat!») deb yozilgan bir bo‘lak faner ko‘tarildi. 
Hayratdan fanerga qanchalar chaqchayganimizni tasavvur qilaver. O‘ylay o‘ylay, 
hozir zo‘r, odatdagidan vahimaliroq artilleriya hamlasi bo‘lsa kerak, degan fikrga 
keldik, ko‘pchilik snaryadlarning dastlabki hushtaklari eshitilgani hamon handaq 
qa’riga singib ketishga shaylana boshladi. 
Biroq atrof tinch edi. Faner bo‘lagi g‘oyib bo‘ldi, bir necha soniyadan so‘ng esa 
uchiga bir quti sigaret bog‘langan kurakchani ko‘rdik. Fransuzchani chala-chulpa 
biladigan o‘rtoqlarimizdan biri topografiya xaritalari solinadigan katta planshetga 
gutalin (*Etik moyi) bilan yozdi: «Compris» (*«Tushundim» (fr.)). Planshetni 
dushmanga ko‘rinadigan qilib ko‘tardik. Shunda narigi tarafda sigaret bog‘langan 
kurakchani u yoqdan bu yoqqa silkita boshlashdi. Biz ham planshetni silkitdik va 
bir parcha oq matoni namoyish etdik — u shu pallada bitini terib o‘tirgan ober-
efreytor Byulerning ko‘ylagi edi. 



Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin