Erix Mariya Remark



Yüklə 48,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,46 Kb.
#210197
  1   2   3   4   5   6
@Elektron Kutubxona-Remark.Dushman (2)



 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

Erix Mariya Remark 
DUSHMAN 
(hikoya) 
Sinfdosh do‘stim leytenant Lyudvig Brayerdan Urushda o‘z ko‘zing bilan 
ko‘rgan qaysi voqea xotirangdan o‘chmas bo‘lib saqlanib qolgan», deb 
so‘raganimda undan Verden, Som yoki Flandriyadagi janglar haqida eshitaman 
deb o‘ylagandim. Zotan, u bu frontlarning hammasida bo‘lgan, eng og‘ir 
janglarda qatnashgan edi. Biroq u meni ajablantirib tamoman boshqa voqeani 
so‘zlay boshladi. 
«Xotiramga muhrlangan hodisalar ko‘p, ammo qalbimga sira o‘chmas bo‘lib 
o‘rnashgan voqea bizni front ortiga, oldingi chiziqdan olis fransuz qishloqchasiga 
jo‘natishganida boshlangan edi. Jangda biz juda qaltis joyda himoyani saqlab, 
artilleriyaning tinimsiz o‘qlari ostida qolib ketdik, shu bois bizni frontdan ancha 
uzoq joyga jo‘natishdi, chunki katta talafotlar bergandik, qaytadan kuch 
to‘plashimiz kerak edi. 
Avgustning nihoyatda yoqimli, qalbga rohat bag‘ishlaydigan kunlari edi. Injilda 
tasvirlangandek, go‘zal yoz kunlari, xuddi bir paytlar Shampandagi yerto‘lalardan 
birida o‘lja qilganimiz ko‘hna sharob kabi sarxush qilardi bizni. Ust-boshimizni 
bitdan tozalab oldik: ba’zilarimizga yap-yangi ichkiyim tarqatishdi, boshqalar esa 
ko‘ylaklarini qozonga solib, obdan qaynatdilar; hamma yerda ozodalik hukmron 
ediki, buning fusunkor go‘zalligini kir-chirga botib yuradigan askargina teran his 
qila oladi. Bolaligimda onam kattakon vannada cho‘miltirgach, kraxmallangan, 
mazali shirinkulcha hidi taralib turgandek top-toza kiyimlarni kiydirgan osuda 
kunlardagi kabi yoqimli his edi bu. 
Askar bo‘lgach, tabiatga boshqalardan ko‘ra o‘zgacha ko‘z bilan qaraydi kishi. 
O‘sha avgust kunlari shafqatsiz o‘lim yoqasidagi dahshatli turmush sharoitlarida 
oyog‘imizga tushov bo‘lgan minglab taqiq va majburiyatlardan xalos bo‘ldik, 
dam olish daqiqalari va soatlarida shunchaki hayotning o‘zi haqida, tirikligimizni, 
to‘rt muchamiz butligini, borliqni ko‘ra olishimizni, nafas olayotganimizni va 
erkinligimizni o‘ylab quvonchimiz ichimizga sig‘may ketdi. 



Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin