Erix Mariya Remark


https://telegram.me/e_kutubxona



Yüklə 48,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix07.01.2024
ölçüsü48,46 Kb.
#210197
1   2   3   4   5   6
@Elektron Kutubxona-Remark.Dushman (2)

 
https://telegram.me/e_kutubxona
 

Botayotgan quyosh shu’lalaridan charog‘on dala, o‘rmonning ko‘kimtir 
ko‘lankasi, terak barglarining shitir-shitiri, shaffof suvli soyning yugurgilab 
oqishi — bari ta’riflab bo‘lmas quvonch baxsh etardi; biroq ich-ichimizda qamchi 
yoxud tikanak singari azob berayotgan bozillagan og‘riq bor edi baribir, chunki 
bularning bari talay soatlardan so‘ng, talay kunlardan so‘ng o‘tib ketishini va 
o‘limning do‘zaxmonand manzaralari bilan muqarrar almashinishini bilardik. 
Baxt, dard, dilgirlik, qayg‘u, zerikish va umidsizlik omuxtasi bo‘lgan bu his dam 
olayotgan har bir askarga begona emasdi. 
Kechki ovqatdan so‘ng bir necha o‘rtog‘im bilan qishloqdan tashqariga chiqdim. 
Uzoq yurdik, deyarli gaplashmadik; ko‘p oylardan so‘ng birinchi marta kayfimiz 
chog‘ edi va ko‘zimizga tikka tushayotgan shom quyoshi taftidan bahra olardik. 
Hademay tevaragiga soqchilar qo’yilgan, to‘siq bilan o‘ralgan keng maydonning 
o‘rtasidagi chog‘roq, ko‘rimsiz fabrika binosining ro‘parasidan chiqdik. Bino 
hovlisi Germaniyaga jo‘natishlarini kutayotgan asirlarga to‘la edi. 
Soqchilar yo‘limizni to‘sishmadi, biz bemalol tomosha qila boshladik. Bu yerda 
bir necha yuz fransuz asir joylashtirilgan edi. Ular o‘tirishar yoki yotishar, 
chekishar, o‘zaro so‘zlashishar yoki boshlarini osiltirgan ko‘yi izg‘ishardi. Xuddi 
shu manzara menga katta saboq bo‘ldi. Shu paytgacha dushman handaklarida 
biqinib yotadigan odamlar – g‘animlarimiz to‘g‘risidagi tasavvurlarim chala, 
uzuq-yuluq, tarqoq, bir so‘z bilan aytganda, mavhum edi. Axir, miltiq o‘qlari va 
qo‘l granatalari yomg‘iri ostida, tikanli sim osha — brustver (*Okop tepasiga 
uyulgan tuproq, okop oldidagi yasama do‘nglik) chetidan bir onga ko‘ringan 
kaska yoki kimningdir shart uzalib, so‘ng bir zumda g‘oyib bo‘lgan qo‘li yoxud 
havoda bir lahza muallaq qotgan bo‘z-moviy kiyimli gavdasi – barchasi qariyb 
dushmanlar haqidagi mavhum narsalar edi.
Endi esa ilk bor asirlarni, asir bo‘lganda ham — o‘tirgan, cho‘zilib yotgan, 
chekayotgan asirlarni — qurolsiz fransuzlarni ko‘rib turardim. Qo‘qqisdan karaxt 
bo‘lib qoldim. Meni oddiygina bir fikr esankiratib qo‘ygandi: ular ham bizga 
o‘xshagan odamlar ekan-ku!? Biroq fakt faktligicha qoladi – Xudo shohid, juda 
g‘alati fakt – ilgari hech qachon aqlimga kelmagandi bu fikr. Fransuzlarmi? 
Dushmanimiz-ku ular! Bitta qo‘ymay qirib tashlash kerak ularni, chunki 
Germaniyani mahv etishmoqchi! Ammo o‘sha avgust oqshomida men bir 
mudhish sirni angladim — qurol jodusi sirini. Qurol odamlarni o‘zgartirarkan. 
Atrofimizda xotirjam, tinchgina o‘tirgan bu yuvosh kishilar, bu fabrika ishchilari, 
qora mehnatkashlar, yuqori sinf o‘quvchilari, agar birdan qo‘llarida qurol paydo 
bo‘lsa, darhol yana bizning dushmanimizga aylangan bo‘lur edilar. 
Boshida bizga yov emasdi ular: qurol olganlaridan so‘ng dushmanga 
aylanishgandi. Xuddi shu narsa meni tafakkur qilishga majbur etdi, biroq 
mantig‘im noto‘g‘ri bo‘lishi mumkinligini tan olardim. Ammo «Aynan qurol-



Yüklə 48,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin