Eng Qadimgi Hindiston. Reja


Miloddan avvalgi VI va milodiy V asrlarda Hindistonning xo`jaligi. Miloddan avvalgi I mingyillik o`rtalariga kelib



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə8/12
tarix10.05.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#110745
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1479925740 66173

5. Miloddan avvalgi VI va milodiy V asrlarda Hindistonning xo`jaligi. Miloddan avvalgi I mingyillik o`rtalariga kelib, dehqonchilik Gang vodiysi xo`jaligining asosiy tarmog`iga aylangan. Ekinlarni sug`orishda sun`iy kanal, ariq va charxparraklardan foydalanganlar.
Yer haydashda ho`kiz qo`shilgan omoch va so`qalardan foydalanilgan. So`qa va omochlarga qo`tos, eshak, xachir va otlarni ham qo`shgan bo`lishlari mumkin. Hind dehqonlari zarang yerlarni 6–12 ho`kiz qo`shilgan qo`shaloq qo`shlar bilan haydaganlar.
Qullar sonining orta borishi munosabati bilan yerga ishlov berishda omoch, so`qa, tirma va molalarni qullar ham tortganlar. Dehqonlar bug`doy, arpa, tariq, zig`ir, sholi, suli, dukkakli o`simliklar, paxta, shakarqamish va choy ekkanlar.
Qadimgi hind aholisi xo`jaligining asosiy tarmoqlaridan biri chorvachilik bo`lgan. Hindistonda yirik shoxli qoramol – sigir, buqa, ho`kiz, qo`tos va buzoqlar boqishga katta e`tibor berganlar.
Otlar Hindistonda yuqori baholangan. Ot asosan Panjob viloyati va Hind daryosining Tar cho`liga tutash bo`lgan joylarda boqib parvarish qilingan. Otlardan asosan minib yurish, jang aravalariga qo`shish va otliq qo`shin uchun foydalanilgan.
Hindistonda Nand, Maurya, Kushon va Guptalar saltanatining qaror topishi munosabati bilan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik yanada rivojlanadi.
Miloddan avvalgi VI asrdan milodiy V asrgacha bo`lgan davrda ichki va tashqi savdo ham muttasil rivojlanib borgan.
Miloddan avvalgi VI asrning oxiri – V asr boshlaridan boshlab kumush tangalar ham zarb etilgan. Qadimgi Hindiston tarixining hamma davrlarida savdogarlar va hunarmandlar badavlat bo`lishgan.
Miloddan avvalgi VI–IV asrlarda Hindistondagi davlatlar va savdogarlar suv va quruqlik yo`li orqali Janubi-Sharqiy Osiyo, Seylon, Arabiston, Afrika, Eron va Turon o`lkalari bilan qizg`in savdo ishlarini olib borganlar. Kushonlar davrida esa Hindiston, yuqorida nomlari aytilgan mamlakatlardan tashqari Rim, Mesopotamiya va Xitoy bilan ham savdo-sotiq ishlarini olib borganlar.
Bu jihatdan miloddan avvalgi II asrda «Buyuk ipak yo`li» ning ochilishi alohida ahamiyatga ega bo`lgan. Hikoya qilishlaricha Hindiston janubidagi Kerala, Chola va Pandya kabi davlatlarga Rim savdo kemalari kelishgan ekan. Milodiy I–IV asrlarda Kushon podsholari turli ma`danlardan tanga pul chiqarganlar. Oltin tangalar zarb qilish ham kushonlar davriga to`g`ri keladi. Savdo-sotiq Hindistonda hukm surgan hamma davlatlar davrida rivojlangan. Chunki savdogarlar hunarmandlar singari davlatga juda katta foyda keltirganlar.
Shunday qilib, dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashda, hunarmandchilik uchun turli xomashyo yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etgan. Uzoqni ko`zlagan, siyosatdon podsho va amaldorlar xalqaro savdoni rivojiga homiylik qilganlar.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin