Eng Qadimgi Hindiston. Reja


Me`morchilik va tasviriy san`at



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə11/12
tarix10.05.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#110745
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
1479925740 66173

5. Me`morchilik va tasviriy san`at. Hindistonda me`morchilik erta rivoj topgan. Ustalar me`morchilikda loy, xom, pishirilgan g`isht, tosh, maxsus qotishma va yog`ochlardan foydalanganlar. Ular shoh saroylari, ibodatxonalar va ma`muriy binolar qurishda katta yutuqlarga erishganlar. Hindistonda haykaltaroshlik ham rivoj topgan. Haykaltaroshlar podsho, budda, sher, arslon, fil, karkidon va boshqa narsalarning haykal va rasmlarini ishlaganlar.
Bu jihatdan muhr va tangalar sirtiga tushirilgan Tosh darvoza rasmlari Ashoka davrida tosh ustun ustiga o`rnatilgan 4 sher haykali kishini hayratga soladi. Gumbazli binolar va tog` qoyalarini o`yib ishlangan binolar o`zining go`zalligi bilan ajralib turadi. Hindistonda mustaqillik o`rnatilishi va e`lon qilinishi munosabati bilan tosh ustun ustiga o`rnatilgan qadimgi to`rt sher haykali, bugungi kunda bizdagi Xumo qushi kabi Hindistonning davlat ramziga aylantirilgan.
6. Diniy e`tiqod. Qadimgi Hindistonda juda ko`p urug`, qabila va elatlar yashaganlar. Ularning xo`jaligi, turmush tarzi har xil bo`lganligi uchun diniy e`tiqodlari ham turlicha bo`lgan. Hindistonda yashagan aholi ko`p zamonlar tabiat hodisalariga, ajdodlari ruhiga tog`-toshlarga, hayvonlarga, suv va daraxtlarga sig`inish uzoq davom etgan. Ularda oy, quyosh va olovga sig`inish keng tarqalgan edi. Hindlarda Agni olov, Indra momaqaldiroq, Aditinani esa hosildorlik xudosi deb bilganlar.
Hindistonda diniy e`tiqodlarning kelib chiqishi ham boshqa xalqlar kabi ularning turmush tarzi va xo`jaligi bilan bog`liq ekan.
Davlatlar vujudga kelishi munosabati bilan Hindistonning ko`p joylarida Braxman dini keng yoyilgan. Bu din miloddan avvalgi IX–VIII asrda vujudga kelib, uning xudosi Braxma bo`lgan. Bu dinning ruhoniylari braxmanlar deyilgan. Ularning ta`limoti bo`yicha Braxma olam va odamni yaratuvchisi hisoblangan. Aditinani «hammaning onasi», «hamma narsaning mohiyati», «abadiyat», «yaratilgan va yaratuvchi» kabi nomlar bilan ulug`laganlar. Dastlab momaqaldiroq, hosildorlik xudosi hisoblangan Indra keyinchalik hokim, hukmdor va podsholar homiysiga aylangan. Keyinchalik Indra so`zining o`zi ham podsho, hokim, hukmdor kabi ma`noni anglata boshlagan.
Hindistondagi diniy e`tiqodlardan yana biri buddizm bo`lgan. Bu din miloddan avvalgi VII–VI asrlarda vujudga kelgan. Uning asoschisi shahzoda Siddhartha Gautama bo`lgan. U Budda– «Ma`rifatparvar» laqabi bilan o`z ta`limotini mamlakat bo`ylab 40 yil targ`ib qilgan. U braxmanlikdagi kasta-tabaqalarga bo`linishni qoralab, jamiyatdagi barcha kishilar xudo oldida teng huquqqa egadirlar, deb ta`lim bergan. Keyinchalik buddiylik davlat dini darajasiga ko`tarilib, avval Turonning janubiy hududlari, keyin Xitoy va Markaziy Osiyoga yoyiladi.
Shunday qilib, Qadimgi Hindiston xalqlari o`zlariga xos boy madaniyat yaratganlar. Keyinchalik hind madaniyatidan jahon xalqlari bahra olganlar.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin