Eng Qadimgi Hindiston. Reja



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə1/12
tarix10.05.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#110745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1479925740 66173


Eng Qadimgi Hindiston.

Reja:


  1. Qadimgi Hindistonning tabiati va aholisi

  2. Miloddan avvalgi XV–IV asrlarda Hindiston

  3. Maurya, Kushonlar va Guptalar davrida Hindiston

  4. Qadimgi Hindistonning ijtimoiy tuzumi va madaniyati


1. Qadimgi Hindistonning tabiati va aholisi. Hindiston Osiyoning janubida joylashgan mamlakat. Uning shimol tomoni Himolay tog`lari, qolgan uch tomoni esa Hind okeani, Eriteriya dengizi va Bengal ko`rfazi suvlari bilan o`ralgan.
Mamlakatning markaziy qismini Dekan tog`lari egallab yotadi. Hindistondan Hind, Gang, Jamna, Braxmaputra va boshqa daryolar oqib o`tadi. Mamlakat iqlimi shimolda mo`tadil, hatto tez-tez qorlar yog`ib turadi. Uning janubiga tushilgan sari iqlim issiqlashib, chekka janubda hatto qish bo`lmaydi. Yog`ingarchilik mavsumlarida Gang, Hind va Braxmaputra sohillarida jala quyib tez-tez toshqinlar bo`lib turadi. Hindistonning o`simlik va hayvonot dunyosi boy. Hindiston odamzodning ilk vatanlaridan biri hisoblanadi. U yerda 600–500 ming yillardan beri aholi yashab keladi. Qadim zamonda bu mamlakatda dravid, bengal, bihar, gujarat, assam va boshqa qabilalar yashaganlar. Keyinchalik bu yerga oriylar, shaklar, xioniy, eftoliy kabi O`rta Osiyo va Eron qabilalari kelib joylashganlar.
2. Eng Qadimgi Hindiston jamiyati va madaniyati. Hindiston yarim orolining shimoli-g`arbidan Hind daryosi oqib o`tadi. Bu daryo sanskrit tilida Sindxu, pushtu tilida esa Abbasin – «daryolar otasi», – deyiladi. Bu daryoning besh irmog`i oqib o`tadigan joy Panjob Beshsuv deyiladi. Hind daryosi, ayniqsa uning yuqori qismi Panjobda ibtidoiy davrdan boshlab oadamlar yashab kelishgan.
1920–1922-yillarda arxeologlar Panjob va Maxenjo-Doro yodgorligini topganlar. Tekshirishlardan bu yodgorlik Hind shaharlarining xarobasi bo`lib chiqdi. Moxenjo-Doro Hind daryosining o`rta qismida joylashgan bo`lib, har biri ikki yarim kv. km joyni egallab yotar edi. Xarappa va Moxenjo-Doro miloddan avvalgi III mingyillik va II mingyillikning o`rtalarida mavjud bo`lgan davlatlarning markaziy shaharlari bo`lgan ekan. Bu shaharlarda aholi zich yashagan. Har ikki shahar xarobasini qazigan arxeologlar pishiq va xom g`ishtdan qurilgan 1,2,3 qavatli uy-joy, ibodatxona, hukmdorlar saroyi, omborxona hamda podsho qarorgohlarining qoldiqlarini topganlar. Bu joylardan g`isht yotqizilgan ko`chalar, pishiq g`ishtdan qurilgan quduq va hovuzlar ham topilgan. Shahar sopol quvurlar orqali keladigan suv bilan ta`minlangan. Shaharda iflos suvlarni tashqariga chiqarib yuboradigan yer osti qurilma inshootlari bo`lgan. Har ikki shaharda zargarlik, me`morchilik, to`qimachilik, kulolchilik, qurolsozlik va hunarmandchilikning boshqa sohalari rivojlangan ekan. Xarappa va moxenjo-doroliklar sol, qayiq va kemalar yasab, daryo va dengizlarda bemalol suzganlar. Har ikki shahar ham qal`alar, qalin, baland minorali mudofaa devorlari bilan muhofaza qilingan. Xarappa va Moxenjo-Dorodan iyeroglif yozuvlari va tosh tarozlari ham topilgan.

Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin