Endokrin bezlarda hosil bo'ladigan ayrim patalogik holatlar mexanizmi reja


Jinsiy bezlarning endokrin qismlari



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,5 Kb.
#209652
1   2   3   4   5
ENDOKRIN BEZLARDA HOSIL BO\'LADIGAN AYRIM PATALOGIK HOLATLAR MEXANIZMI

Jinsiy bezlarning endokrin qismlari
Erkaklarda urug' bezidagi urug' ishlab chiqaradigan kanalchalar oralig'ida joylashgan to'qima garmon ishlab chiqaradigan hujayralar bo'ladi.
Ayollarda esa tuxumdondagi follikullalarda ishlanadi va folikulin deb ataladi. Follikulin jinsiy organlarning normal rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy belgilar hosil bo'lishini va nerv sistemasi qo'zg'alashini ta'minlaydi.
Malumki, tuxumdonda yetilgan tuxum tuxumdon pardasini yorib tashqariga chiqadi va bachadon naychasining kipriklari yordamida naychaning ichiga o'tadi. Tuxumdon pardasining yirtilgan joyida chandiq - sarig' tana hosil bo'ladi. Sariq tana ikki xil bo'ladi: 1) chin sariq tana, 2) soxta sariq tana. Chin sariq tana tuxum otalanib, homiladorlik boshlangan paytda tuxumdon pardasining yirtilgan joyida paydo bo'ladi. Aksincha, tuxum otalanmasa soxta sariq tana paydo bo'ladi.
Chin sariq tana butun homiladorlik davrida saqlanadi va undan chiqqan garmon homilaning normal rivojlanishini ta'minlab, yangi tuxum hujayrasi yetilishini to'xtatadi va sut bezlarini rivojlantiradi. Homiladorlik vaqtida chin sariq tana olib tashlansa homila takomili to'xtaydi. Soxta sariq tanada ishlangan garmon esa yangi tuxum hujayrasi yetilishiga tasir etadi.
Gipofiz patologiyasi
Gipofizar nanizm. Organizmning o‘sishiga gipofizning o‘sish gormonidan tashqari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar gormonlari ham ma’lum bir ta’sir qo‘rsatadi. O‘sish gormonining yetishmovc hiligida gipofizar pakanalik ro‘y beradi. Bu holat homila yoki bolalikning erta davridan boshlanib, o‘sishni keskin ravishd a to‘xtab qolishga olib keladi. Bu kasallikda odamning bo‘yi past bo‘lsa ham gavda qismlari nisbati saqlanib qoladi, qo‘l-oyoq panjalari kichkina, barmoqlari ingichka bo‘ladi.
Jinsiy a’zolari rivojlanmaydi, gipofizar nanizmga duchor erkaklar jinsiy zaif bo‘ladi. Ayollar esa homilador bo‘lmaydi. Ba’zi pakanalar qonida O‘G miqdori odatdagidan ko‘p bo‘ladi. Ularning yaxshi o‘smasligi sababi somatomedinlar yetishmovchiligiga bog‘liq. Batafsil o‘rganilgan somatomedin – C 63 aminokislota qoldig‘idan tuzilgan peptid. U asosan jigarda sintezlanadi. Somatomedin faqat tog‘ay va suyak to‘qimalari o‘sishini emas, balki boshqa to‘qimalarda ham hujayralarning mitotik bo‘linishini tezlashtiradi. Bo‘yi erkaklarda 130 sm dan, ayollarda – 120 sm dan past bo‘lsa, mittilik to‘g‘risida gap yuritish mumkin. Dunyodagi eng pakana odamning bo‘yi 48 sm bo‘lgan.
Kattalarda bezni gipofunksiyasida gipofizar semirish yoki gipofizar ozish uchraydi.
Qandsiz diabet. Bu kasallikni sabablari gipofizni orqa bo‘lagidan antidiuretik gormonini kam ajralishi. Bunda holsizlanish, chanqash, siydik ajralishini ko‘payishi kuzatiladi. Odam bir sutkada 10–15 litrgacha siyadi. Terisi quruq, ozg‘in, bolalarni bo‘yi past, jinsiy rivojlanishi orqada qoladi.
Itsenko–Kushing sindromi. Gipotalamus o‘zaklari tomonidan AKTG gormonning ko‘p hosil bo‘lishi natijasida paydo bo‘ladi. Buyrak usti bezi po‘stloq qismi giperplaziyaga uchraydi. Sindromda yuzining oys i mon qizg‘imtir bo‘lishi, noproporsional semirish, ya’ni tananing yuqori qismi semirib, pastki qismi ozishi, qorin, sonning ichki yuzasi, yelkada «striya» chiziqlari hosil bo‘lishi xarakterli bo‘ladi. Yana suyaklarda osteoparoz boshlanadi: qovurg‘a, umurtqa suyaklarining o‘zidan o‘zi sinishi namoyon bo‘ladi. Qon bosimi oshadi, qon aylanishi buziladi. Shuningdek, retinopatiya, yurak yetishmovchiligi, buyraklar buzilishi kuzatiladi. Qandli diabetga moyillik oshadi, immunitet pasayadi.
Ayollarda erkaklik belgilar paydo bo‘ladi, ya’ni soch-soqol lar o‘sadi, menstruatsiya to‘xtab, ayol bepusht bo‘lib qoladi.
Gigantizm va akromegaliya. Bola organizmida o‘sish gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘ydorlik kuzatiladi. Bunda erkaklarning bo‘yi 200 sm, ayollarniki 190 sm dan oshadi. Gipofizar gigantizmda odamning boshi, tanasi va oyoq-qo‘llari nisbati buzilmagan holda kattalashadi. Skelet mushaklari, ichki a’zolar ham ko‘pincha, yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Organizm o‘sish davri 30 yoshgacha boradi.
Kattalarda gipofiz ko‘p miqdorda o‘sish gormoni ishlab chiqarsa, akromegaliya xastaligi ro‘y beradi. Bunda suyaklar va yumshoq to‘qimalar qalinlashadi, odamning burni, lablari, jag‘i, oyoq-qo‘llari kattalashadi. Gipofizar novchalarda va akromegaliya bilan og‘rigan odamlarda boshqa ichki sekretsiya bezlari faoliyati ham buziladi: jinsiy bezlar faoliyati sustlashadi, insulin kam miqdorda ishlab chiqarilishi oqibatida qandli diabet belgilari paydo bo‘ladi.
Epifiz
Epifiz yoki g‘urrasimon bez (glandula pinealis) cho‘zinchoq yoki sharsimon shakllarda uchraydi. U oraliq miyaning epitalamusi tarkibiga kirib, to‘rt tepalikning ustki tepachalari o‘rtasida yotadi. Uning og‘irligi katta odamlarda 0,2 g, uzunligi 8–15 mm bo‘ladi. Tashqi tomondan biriktiruvc hi to‘qimali g‘ilof bilan o‘ralgan bo‘lib, undan g‘urrasimon bez ichiga trabekulalar kirib, bezni bo‘laklarga bo‘ladi. Bez parenximasi tarkibini ko‘p sonli ixtisoslashgan bez hujayralari – pinealositlar va kamroq glial hujayralari hosil qiladi. Uning hujayralari balog‘at davrigacha gipofiz faoliyatini tormozlovchi va modda almashuvini boshqarishda ishtirok etadigan modda ishlab chiqaradi.
Hozirgi vaqtda epifizda ikki xil modda – serotonin va melatonin hosil bo‘lishi aniqlangan. Serotonin arteriyalarni toraytirib, mediator vazifasini bajaradi. Melatonin esa jinsiy bezlar taroqqiyoti uchun fiziologik tormoz vazifasini bajaradi. Epifizning buzilishi bolalarda erta jinsiy balog‘atga yetishga olib keladi.
Ichki sekretsiya bezlarining gormonlari hosil bo‘lishi va ajralishi murakkab neyrogumoral yo‘l bilan boshqariladi. Gormonal tekislikni saql ashda oraliq miyaning gipotalamik qismi asosiy rolni o‘ynaydi. Gipotalamus va gipofiz gipotalamo-gipofizar tizim deb atalgan funksional majm ua hosil qiladi. U organizmning barcha vegitativ faoliyatlarini boshqarish va organizmning ichki muhitini – gomeostazni saql ab turishda ahamiyatga ega.
Gipotalamus endokrin bezlarga pastga tushuvchi nerv yo‘llari, yoki gipofiz (gumoral yo‘l) orqali ta’sir qiladi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralarida neyrogormonlar oksitotsin va vasopressin, shuningdek, rilizing omillar deb ataluvchi alohida gormonlar hosil bo‘ladi. Bunday moddalarning hosil bo‘lishi neyrosekretsiya deb ataladi. Adenogipofizda qon aylanishning xususiyatlariga bog‘liq ravish da rilizing omillar portal tomirlar orqali qon bilan gipofizning oldingi bo‘lagiga kiradi va uning hujayralarini yuvib qalqonsimon, jinsiy, buyrak usti bezlari faoliyatini boshqaruvchi trop gormonlar hosil bo‘lishini kuchaytiradi yo ki pasaytiradi.
Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis) juft a’zo bo‘lib, qorinparda orqa bo‘shlig‘ida, buyraklarning yuqori uchida joylash gan. U uchburchak, yarim oysimon, ispan shlyapasi shakllarida uchraydi. Bezning uchta: oldingi, orqa va buyrakka qaragan yuzas i tafovut qilinadi. Buyrak usti bezlari XI–XII ko‘krak umurtqalari sohasida turadi. O‘ng buyrak usti bezi chapiga nisbatan pastroq turadi. Buyrak usti bezining uzunligi 40–60 mm, balandl igi 20–30 mm, qalinligi 2–8 mm. Ikkala buyrak usti bezining og‘irligi 12– 13 g. Buyrak usti bezining usti silliq bo‘lmay, uning oldingi yuzasida egat-darvozasi joylashgan. Bez tashqi tomondan fibroz g‘il of bilan o‘ralgan, undan a’zo ichiga biriktiruvchi to‘qimali trabekulalar kiradi. Fibroz kapsulaning ostida bezning sarg‘imtir po‘stloq moddasi, uning o‘rtasida esa qoramtir mag‘iz modda joylashgan. Buyrak usti bezining po‘stloq moddasi uch: tashqi koptokchali, o‘rta dastali va ichki to‘r qavatga bo‘linadi. Buyrak usti bezining po‘stloq moddasi hayot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kortikosteroid gormonlar ishlab chiqaradi.
Po‘stloqning koptokchali qavati ishlab chiqargan mineralokorti koidlar (aldosteron) mineral va suv almashinuvini boshqaradi. U Na+ va K+ almashinuvini boshqarib asosan buyrakka ta’sir qiladi. Al dosteron ne-
149-rasm. Chaqaloqning buyragi va buyrak usti bezi:
1–o‘ng buyrak usti bezi; 2–o‘ng buyrak; 3–chap buyrak; 4–buyrak bo‘lagi; 5–chap buyrak usti bezi.
fron naychalarida Na+ va suvni birlamchi siydikdan qayta so‘rilishini kuchaytirib, uni organizmda ushlab qoladi va K+ ni ajralishini kuchaytiradi. Bu gormon ko‘payib ketsa, qonda Na+ konsentratsiyasi oshadi, qonning osmatik bosimi oshib, organizmda suv to‘planadi va arterial bosim ko‘tariladi.
Bu gormon yetishmaganda qonda va to‘qimalarda Na+ miqdori kamayib, K+ miqdori ko‘payadi. Buning natijasida to‘qima suyuqligi ko‘p yo‘qotiladi va organizm suvsizlanadi.
Dastali qavat ishlab chiqargan glu kokortikoidlar (gidrokortizon, kortiko st eron) uglevod, oqsil va yog‘lar al ma shin uviga ta’sir qiladi. Ular oqsillar va glukozadan glikogen hosil bo‘ lis hini kuchaytiradi va glikogenni mus haklarda top lanishini ta’minl ab, ish qobiliyatini oshiradi. Shu bilan birga, qonda qand miqdori oshadi. Glukokortikoidlar yog‘larni yog‘ depolarida to‘plab, ularni energiya almashinuvida isht irokini kuchaytiradi. Ular ta’sirida oqsil moddalar parchalanishida hosil bo‘lgan moddalardan uglevodlar hosil bo‘ladi. Glukokortikoidl ar yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi kuchli ta’sirga ega.
To‘r qavat hujayralari androgenlar ishlab chiqaradi. Ular bolalik dav rida jinsiy bezlarning ichki sekretsiya faoliyati kam rivojlangan vaqtda skelet, mushaklar va ikkilamchi jinsiy belgilarning o‘sishida katta ahamiyatga ega.
Buyrak usti bezining mag‘iz moddasi yirik hujayralardan tashkil topgan. Unda ikki xil hujayralar: epinefrositlar mag‘iz moddasining asosini tashkil qilib, adrenalin gormonini ishlab chiqaradi. Norepenefrositlar uncha katta bo‘lmagan guruhlar shaklida joylashib noradrenalin gormonini ishlab chiqaradi. Adrenalin yurakqon tomirlar tizimiga ta’sir qilib, yurak qisqarishi kuchini va tezligini oshiradi, yurak mushaklarining qo‘zg‘alishini va o‘tkazuvchanligini oshiradi. Teri va ichki a’zolarning mayda arteriyalarini toraytirib, arterial bosimni ko‘taradi. U oshqozon va ichak mushaklari qisqarishini pasaytirib, bronx mushaklarini bo‘shashtiradi, qorachiqni kengaytirib, charchagan mushaklar ishlash qobiliyatini tiklaydi. Bundan tashqari, adrenalin ta’sirida jigarda glikogenning parchalanishi kuchayib qonda qand miqdori oshadi.
Noradrenalin qon tomirlar tonusini oshirib, arterial bosimni ko‘ ta radi.
Buyrak usti bezi patologiyasi. Bezni gipofunksiyasida bronza yoki Adisson kasalligi rivojlanadi. Bunda odam tez charchab, holsizlanib qoladi, mushaklar bo‘shashib ketadi. Bemor jismoniy mehnat qila olmaydi, tez ozib ketadi. Terisi qorayib, bronza rangiga kiradi.
Bezni giperfunksiyasida jinsiy bezlar faoliyati kuchayib, osmirlar tez balog‘atga yetadi.
Oshqozon osti bezining endokrin qismi
Oshqozon osti bezining endokrin qismi bez bo‘laklari o‘rtasida joylashgan epiteliy hujayralaridan tashkil topgan pankreatik (Langergans) orolchalaridan iborat. Ular bezning ekzokrin qismidan biriktiruvchi to‘qim ali qatlamlar vositasida ajralgan. Orolchalar bezning dum qismida ko‘p bo‘ladi. Bu orolchalarning soni 1 mln ga yaqin, kattaligi 0,1–0,3 mm bo‘lib, umumiy massasi bez og‘irligining 1–2 %ini tashkil qiladi. Pankreatik orolchalar α va β hujayralardan iborat. β hujayralar insulin gormoni ishlab chiqaradi. Uning ta’si rida qonda qand moddasi kamayib jigar va mushaklarda glikogen holida to‘planadi. U glukozadan yog‘ hosil bo‘lishini kuchaytirib, yog‘ning parchalanishini sekinlatadi. Insulin oqsil hosil bo‘lishini faollashtiradi. Uning yetishmovchiligi qandli diabet kasalligiga olib keladi. α hujayralar glukagon gormoni ishlab chiqaradi. Glukagon gormoni ta’sirida jigarda glikogen glukozaga parchalanadi. Uning miqdorini ko‘payishi qonda qand miqdorining oshishiga, giperglikemiyaga olib keladi. Undan tashqari glukagon yog‘ni yog‘ to‘qimasiga parchalanishini kuchaytiradi.
Qandli diabet. Kasallik oshqozon osti bezining insulin gormonini kamayishi natijasida kelib chiqadi. Bunda qonda glukoza ko‘payishi xarakterli bo‘lib, u mo‘tadil holatdagi (4,44–6,66 mmol)dan 22 mmol gacha va undan ortiq darajaga ortadi. Bu holatni giperglikemiya deyiladi. Giperglikemiyada, ortiqcha qand siydikka o‘tadi va qand siyish glukozuriya – qandli diabet kasalligi kelib chiqadi. Bunda moddalar almashinuvi, ayniqsa, uglevod almashinuvi buziladi, qon-tomirlar shikastlanadi – angiopatiya, nerv tizimida – neyropatiya va boshqa a’zolarda ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Kasallikda bemor ko‘p suv ichadi – polidipsiya, ko‘p ovqat yeydi – polifagiya va ko‘p siyadi – poliuriya. Bundan tashqari teridagi yaralar uzoq tuzalmaydi. Be mor bo‘shashib, ozib ketadi, og‘zi quriydi. Asta-sekin ichki a’zolarda o‘zgarishlar paydo bo‘ladi: jigarda gepatoz, buyraklarda pielonefrit, oshqozon osti bezida pankreatit, ko‘z gavharining kataraktasi, yurakda infarkt, suyaklarda gangrena, miyada insult va boshqalar bo‘lishi mumkun.
Qandli diabet 2 xil: 1-insulinga ehtiyojli; 2-insulinga ehtiyojsiz shakllarda uchraydi. 1-turi yoshlarda uchraydi. 2-turi 40–45 yoshd an boshlanadi.
Jinsiy bezlarning endokrin qismi
Erkaklarda moyak, ayollarda tuxumdon jinsiy hujayralardan tashq ari, qonga jinsiy gormonlar ham ishlab chiqaradi. Bu gormon lar ta’sirida ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo‘ladi. Moyakning endokrin qismi buralma urug‘ naychalarining o‘rtasidagi qon va limfa kapillyarlari yonidagi interstitsial to‘qimada joylashgan o‘ziga xos Leydig hujayralaridan iborat. Bu hujayralar erkaklar jinsiy gormo ni – testosteron ishlab chiqaradi. Bundan tashqari kamroq ta’sir kuchiga ega gormonal moddalar va oz miq dorda ayollar jinsiy gormoni estrogen ishlab chiqariladi. Androgenlar jigar, buyrak va ayniqsa, mu shaklarda oqsil moddalar sintezini kuchaytiradi va oliy nerv faoliyatiga ta’sir qiladi.
Erkaklarning jinsiy gormoni-androgenlarni homila davrida o‘sa yotgan moyaklar ishlab chiqaradi. Ular erkaklar ichki va tashqi jinsiy a’zolarining takomillashuvini ta’minlab, ayollar jinsiy naylarining o‘sishini to‘xtatadi.
Ayollar jinsiy bezlari follikulalarining donador qavati va tuxum don interstitsial to‘qimasi hujayralari estrogen gormonlar va oz miq dorda testosteron ishlab chiqaradi. Sariq tana esa progesteron ishlab chiqaradi. Ayollarning jinsiy gormonlari, asosan, qiz bola balog‘atga yetganidan keyin ishlab chiqarila boshlaydi.
Estrogenlar ayollar organizmi jinsiy a’zolarining taroqqiyoti va o‘sis higa, progesteron sut bezlari rivojlanishi va homila taroqqiyotiga ta’sir qiladi.
Jinsiy bezlar patologiyasi. Erkaklarda gormonal buzilishda ayollarga o‘xshash erkaklar paydo bo‘ladi: ovozi ingichka, soqolmo‘y lovlari bo‘lmaydi, qo‘l-oyoqlarda junlar kam bo‘lib, ayollarga o‘x shab yuradi.
Ayollarda gormonal buzilishda estrogenlar kamayib, androgenlar ko‘payadi va erkaklarga o‘xshash ayollar paydo bo‘ladi: ovozi do‘ rillab qoladi, soqol-mo‘ylovlar paydo bo‘ladi, qo‘l-oyoqlarda junlar ko‘payadi va erkaklarga o‘xshab yuradi.
Organizmning oʻzgarib turadigan tashqi va ichki muhit sharoitiga moslashuvida I.s.ning ahamiyati katta. Mas, gavda temperaturasining refleks yoʻli bilan boshqarilishida gipofiz va qalqonsimon bezdan chiqadigan gormonlar miqdori oʻzgarib turadi. Organizmga infeksiya, intoksikatsiya (zaharlanish), shikastlar, ogʻriq taʼsir etganda, kishi hayajonlanganda va shunga oʻxshash hollarda buyrak usti bezlari, gipofiz va qalqonsimon bez tegishli gormonlarni koʻproq chiqaradi; ayni vaqtda, moddalar almashinuvi kucha-yib, yurak urishi tezlashadi, shikastlar yoki intoksikatsiya taʼsirida qon bosimi koʻtariladi va organizmning boshqa bir qancha funksiyasi faolla-shadi, bularning hammasi organizmning oʻzgargan sharoitga moslashuviga yordam beradi. I.s. bezlari garchi bir-biriga taʼsir etsa ham, biror bezning koʻproq zararlangani haqida fikr yuri-tishga va uning kasalligi haqida ga-pirishga imkon beradigan muayyan sim-ptomlarni ajratish mumkin. Mas, gipofizning oldingi boʻlagi yetarli ishlamaganda boʻy oʻsmaydi, odam ozib ketadi (kaxeksiya); gipofizning orkadagi boʻlagi yetarli ishlamaganda qandsiz diabet, oldingi boʻlagi kasallanganda gigantizm va akromegaliya roʻy beradi va h.k. Buyrak usti bezlari poʻstloq qavatining funksiyasi buzilganda bronza kasalligi, ayollarda shu qavat gormonlaridan biri ortiqcha hosil boʻlganda virilizm roʻy beradi. Buyrak usti bezlarining magʻiz qavati zararlanganda adrenalin koʻp ishlanib chiqishi tufayli qon bosimi dapqir-dapqir koʻtariladi, gavda temperaturasi oʻzgarib turadi, qonda qand koʻpayadi (giperglikemiya). Meʼda osti bezining orolcha (inkretor) qismi insulin gormonini kam chiqarganda qandli diabet paydo boʻladi.

Qalqonsimon bezning ortiqcha ishlayotganligi diffuz toksik buqoqda, kam ishlayotganligi esa miksedema va endemik buqoqda namoyon boʻladi. Qal-qonsimon bez yonidagi bezchalar yetarli ishlamaganda kalsiy va fosfor almashinuvi, jigarning zaharlarni za-rarsizlantirish funksiyasi buziladi, natijada tetaniya roʻy beradi.


I.s. bezlarining kasalliklarini endokrinolog vrach davolaydi. Bemorga gormonal preparatlar, rentgenoterapiya, operatsiya, parhez, fizioterapiya va iqlim bilan davolash buyuriladi.


Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin