Endokrin bezlarda hosil bo'ladigan ayrim patalogik holatlar mexanizmi reja



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,5 Kb.
#209652
1   2   3   4   5
ENDOKRIN BEZLARDA HOSIL BO\'LADIGAN AYRIM PATALOGIK HOLATLAR MEXANIZMI

Qalqonsimon bez orqa tanachalari - bu bez 4 ta, ba'zan 5 ta bo'lib, ular qalqonsimon bez yon bo'laklarining orqa yuzasiga yopishib yotadi. Bu bezlar endourin bezlar ichida eng kichigi bo'lib, uzunligi 6 mm, kengligi 4 mm, qalinligi 2 mm ga teng.
Funksiyasi- bu bezlar gormonni organizmda kalsiy almashinuvini bajaradi. Bez gormoni kamchil ishlasa odam qaltiroq bo'ladi hatto halok bo'lishi mumkin.
Ayrisimon bez (thumus)- ikki bo'lakdan tuzilgan, og'irligi yoshiga qarab o'zgaradi. Yangi tug'ilgan bolada 12 g, balog'atga yetish oldida esa 30-40 g gacha bo'ladi. Balog'atga yetgach bez asta sekin qayta kichrayib boradi: 25 yoshda 25-30 g, 60-70 yoshlarda burishib 6-15 g bo'lib qoladi va yog' moddasiga aylanadi. Bez ustki qismi po'stloq, ichi mag'iz qismidan tuzilgan bo'lib, ular to'siq vositasida limfositlarga boy bo'lgan bo'lakchalarga ajratilgan.
Funksiyasi - Lamfosit ishlab chiqaradi. Limfa tugunlari rivojlanishini taminlaydi. Umuman organizmning zararli tasirlardan mikroblardan saqlanish qobiliyatini oshiradi.
Miyaning pastki ortig'i (hypophysis) - oval shaklidagi kichik bez bo'lib, miya asosidagi kulrang do'mboqka vorsinkasimon oyoqcha orqali osilib turadi. Bu bez oldingi va orqa bo'laklardan tashkil topgan. Bezning oldingi bo'lagi bez epiteliysi hujayralaridan tashkil topgan. Shuning uchun u adengipofiz bo'lagi ham deb ataladi. Bezning orqa bo'lagi oldingi miyaning ostidan bo'rtib o'sib chiqadi. Oldingi qismidan ishlab chiqqan samatatrop, prolaktin, odenokortikotrop, gonodotrop gormonlar organizmning turli funksiyasiga ta'sir etadi. Jumladan samatotrop gormoni organizm umumiy o'sishiga ta'sir ko'rsatadi. Agar somototrop gormoni ko'p tasir qilsa, odam haddan tashqari o'sib ketadi. Prolaktin gormoni ko'krak bezining sut chiqarishini kuchaytiradi va ayollar tuxumdonidagi sariq tanacha faoliyatiga ta'sir etadi. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining po'stloq (usti) qismi faoliyatiga tasir etib, undan jinsiy gormon chiqishini kuchaytiradi. Gonodotrop gormon jinsiy bezlar funksiyasini aktivlashtiradi.
Bezning oldingi bo'lagi orqa tomonida joylashgan hujayralardan ajralgan garmon odam terisi yuzasiga tasir qiladi.
Bezning orqa bo'lagidan ajralgan gormon qonga o'tib buyrakdan siydik ajralishini tezlatadi, bachadon qisqarishini, ko'krak bezidan sut chiqarishini kuchaytiradi.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin