Endokrin bezlarda hosil bo'ladigan ayrim patalogik holatlar mexanizmi reja



Yüklə 57,5 Kb.
səhifə3/5
tarix07.01.2024
ölçüsü57,5 Kb.
#209652
1   2   3   4   5
ENDOKRIN BEZLARDA HOSIL BO\'LADIGAN AYRIM PATALOGIK HOLATLAR MEXANIZMI

Ortiqsimon tana (corpus piniala) - yoki bosh miyadagi to'rt do'mboqning yuqorisidagi ikkita do'mboq o'rtasida joylashgan moshdek (og'irligi 0,2 g) bez bo'lib, ko'rish do'mbog'iga yuganchalar yordamida tutashib turadi. Bez uning o'rab turgan parda o'siqlari bilan bo'laklarga ajratilgan.
Epifiz gormoni jinsiy bezlarning rivojlanishini me'yorida ushlab turadi. Bez ishi susaysa, jinsiy bezlar tezroq rivojlanib qiz va o'g'il bolalar tezroq balog'atga yetadi.
Buyrak usti bezi (glandula suprarenalis) - qalpoq shaklida o'ng va chap buyrak ustida joylashgan bo'lib, og'irligi 3-5 gr gacha bo'ladi. Bezni qoplab turgan pardadan chiqqan o'simtalar uni yordamchisi bir necha bo'laklarga ajratadi. Bez tashqi sarg'imtir po'stloq va ichkarisida joylashgan qoramtir miya qismidan tuzilgan. Po'stloq qismi va miya qismi tuzilishi, rivojlanishi va bajaradigan ishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Po'stloq qismi mezodermadan rivojlanib, qon tomir va nervlarga boy epiteliy xujaylardan paydo bo'ladi. Bezning bu qismidan ishlanadigan aldesteron garmon organizmda suv va tuz almashinishi prosessiga ta'sir etsa gidrokartizon gormoni oqsil yog' va uglevod almashinish prosessida ishtirok etib, organizmning kasallikka qarshilik ko'rsatish kuchini oshiradi. Yallig'lanish kasalliklarining tuzalishini taminlaydi. Bezdan ishlangan jinsiy garmonlar jinsiy bezlarga ta'sir ko'rsatadi. Bu bezning faoliyati pasaygan vaqtda organizmning turli kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobiliyati pasayadi. Aksincha bezning faoliyati kuchaysa jinsiy bezlar garmon ishlab chiqarishi kuchayadi. O'smirlar tezroq balog'atga yetadi.
Bezning miya qismidan adrenalin va noradrinalin garmonlari ishlanadi. Adrenalin yurak qisqarish faoliyatini oshiradi, qon tomirlari qisqaradi. Ichak devorlarini siqilish qobiliyatini pasaytiradi. Bronxlarni kengaytiradi. Meda osti bezining sekret qismi.
Meda osti bezining sekretor qismi
Meda osti bezining dum qismida bir millionga yaqin yumaloq shaklli bez hujayralari bo'lib ular ishlab chiqargan garmonlari qonga shimiladi. Shuning uchun bu xildagi bez to'plamini sekretor funksiyasi meda osti bezi orachasi (Langergans -sobelov orolchasi) deb ataladi. Orolcha bezlari insulin va glikagon garmonlarini ishlaydi. Insulin qon tarkibidagi glyukozaning muskul va nerv hujayralariga o'tishini taminlaydi. Glikagon garmoni jigardagi glikagenni glyukozaga aylantirib qonga chiqarib beradi. Natijada qonda glyukoza ko'payadi. Orolcha hujayrasining insulin chiqarish qobiliyati kamaygan taqdirda siydik bilan ko'p miqdorda glyukoza tashqariga chiqadi. Bu ham qand kasali (diabet) kelib chiqishiga sababchi bo'ladi.

Yüklə 57,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin