Hayotni badiiy aks ettirish prinsiplari. M etod va uslub
tushunchalari haqida. Adabiy yo‘nalish tushunchasi.
Awalo shuni aytish kerakki, biz «hayotni badiiy aks ettirish
prinsiplari»(G.Pospelov) tarzida ishlatayotgan tushuncha adabiyot
nazariyasi va estetikaga oid ishlarda «ijod tipi» (L.Timofeev), «badiiy
tafakkur shakli» (I.Sulton), «badiiy tafakkur usuli» (Y.Borev) kabi
qator atam alar bilan yuritiladi. Lo‘nda qilib aytsak, bu o ‘rinda gap
adabiy asarlarni ularda yaratilgan badiiy voqelikning real voqelikka
munosabatiga ko‘ra ikkita katta guruhga (realistik va norealistik) ajratish
ustida boradi. Shunisi ham borki, guruhga
ajratish prinsi plarida ham
muayyan farqlar mavjud. Xususan, L.Timofeev bunda quyidagicha
fikrga tayanadi: «... biz realistlar deb ataydigan yozuvchilaming ijodida
oldingi planga biz aks ettirish deb atagan ibtido, ya’ni voqelikdagi
hodisalami ular hayotda qanday bo‘lsa o ‘shandayligicha ko‘rsatishga
intilish yetakchilik qiladi; shunisi bilan ular yozuvchining voqelikka
bevosita monandlikdan chekinishiga imkon beruvchi qayta yaratish
ibtidosi ustivorlik qilgan obrazlardan farqlanadi» (Тимофеев Л.И.
Основы теории литературы.— М., 1966.— С. 101). K o‘ramizki,
L.Timofeev ijod jarayonida «aks ettirish» va «qayta yaratish»
amallari
nisbatidan kelib chiqadi-da, ijodning realistik va romantik tiplari
haqida so‘z yuritadi.
Biroq, bizningcha, «voqelikni aslidagicha
tasvirlashga intilish» talabi realistik adabiyot imkoniyatlarini toraytirib
yuborishi, deylik, uning badiiy arsenaliga shartli obrazu vositalaming
kirib kelishiga to ‘sqinlik qilishi tabiiy (realistik adabiyotning hozirgi
holati buning aksini ko‘rsatayotir) bo‘lur edi.
Boz ustiga, har qanday
badiiy asarda «aks ettirish» va «qayta yaratish» amallarining natijasi
namoyon bo'lishini L.Timofeevning o'zi ham e’tirof etadi. Zero,
badiiy ijod estetik faoliyat ekan, faoliyat predmeti (hayot materiali)
ijodiy qayta ishlanib qayta yaratilganidagina chinakam san’at asari
dunyoga keladi.
0 ‘ylashimizcha, mazkur masalada G.Pospelov tutgan mavqe
realizmni birm uncha kengroq tushunish imkonini berishi bilan
diqqatga molikdir. Sababki, G.Pospelov realistik adabiyot tabiatini
asarda yaratilgan xarakterlardan kelib chiqib tushuntiradi.
Olimning
fikricha, realistik asarda: «... yozuvchi o'z qahram onlarini o'zlari
yashagan davr va muhit ijtimoiy munosabatlari asosida shakllangan
ijtimoiy xarakterlari xususiyatlariga, ularning ichki m antiqiga
muvofiq tarzda harakat qilish(istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga
majbur qiladi». Buning aksi o'laroq, hayotni badiiy aks ettirishning
norealistik («normativ») prinsipiga tayanilgan asarda esa: «... yozuvchi
o 'z personajlarini o 'z xarakterlarining real,
tarixan konkret
xususiyatlari va imkoniyatlariga muvofiq tarzda emas, balki o'sha
xarakterlarning yozuvchi qarashlari va ideallari asosida hissiy idrok
etilgan, tarixiy konkretlilikdan uzilgan mohiyatiga muvofiq tarzda
harakat qilish (istash, o'ylash, his etish, gapirish)ga majbur qiladi»
(П о с п е л о в Г .Н . П р о б л е м ы и с т о р и ч е с к о г о р а з в и т и я
литературы.—М .,1972.—С .258—270). E’tiborli jihati shundaki,
bu xil yondashuvda badiiy voqelikdagi epik tafsilotlaru detallarning
har vaqt ham hayotiy (ya’ni real voqelikdagiga m onand) bo'lishi
talab qilinmaydi. Zero, bu o 'rin d a bosh
mezon - personajlam ing
konkret ijtimoiy sharoitda shakllangan xarakterlari ichki mantiqidan
kelib chiqqan holda harakat qilishidir.
D em ak, hayotni badiiy aks ettirishning realistik prinsi pi
xarakterlarning ularni shakllantirgan ijtimoiy-tarixiy sharoitga,
ko'proq shu sharoit bilan belgilanuvchi xarakter mantiqiga muvofiq
harakat qilishlarini taqozo qiladi. Masalan, Razzoq so'fi xonadonida
voyaga yetgan, xarakter xususiyatlari shu m uhit to m o n id an
belgilangan Zebi romanda o 'z xarakter mantiqiga muvofiq harakat
qiladi: uning mingboshiga unashilganidan so‘ng, kelin bo‘lib
tushgach
yoki suddagi xatti-harakatlari shunday deyishga asos beradi. Xuddi
shu gapni A .Qodiriyning R a’nosiga nisbatan ham aytishimiz
mumkin (buni o ‘zingiz asoslashga urinib ko‘ring). Norealistik asarda
esa qahram on
0
‘zining konkret sharoitda shakllangan xarakteri
m antiqidan kelib chiqib harakat qilmaydi, balki yozuvchining
qarashlari va idealiga mos tarzda harakatlantiriladi (masalan,
Farhod).
H a y o tn i b a d iiy aks e ttir is h ta m o y illa ri 3 0 -4 0 - y illa r
adabiyotshunosligida «metod»
deb yuritilib, unga ko‘ra badiiy
adabiyotda ikkita - realistik va norealistik ijodiy m etodlar mavjud
deb sanalgan. Keyinroq metod atamasi ostida badiiy asarning g‘oyaviy
mazmuni bilan bog‘liq b o ‘lgan hayot materialini tanlash, badiiy
idrok etish va baholash prinsi plari tushunila boshlangan. Ya’ni
metod endi badiiy tafakkur tarzi sanalib, u badiiy adabiyot e’tiborini
voqelikning u yoki bu qirralariga
qaratishi, tipiklashtirishi va
baholashida
namoyon b o ‘luvchi hodisa sanalgan.
Anglashiladiki,
atamadagi keyingi m a’no ko‘chishi adabiyotning mafkura quroliga
aylanishini ilmiy asoslash jarayonida sodir b o ‘lgandir. Shunday
b o ‘lsa-da, atam aning keyingi m a’noda qo ‘llanishi badiiy ijoddagi
ikki lliulliili
u n s u i -
Dostları ilə paylaş: