DILMUROD QURONOV
A D A B IY O T S H U N O S L IK K A
K IR ISH
Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi
tomonidan oliy о ‘quv yurtlari uchun darslik
sifatida tavsiya etilgan
T O S H K E N T
ABDULLA Q OD IRIY N OM IDA GI XALQ MEROSI NASHRIYOTI
Quronov D.
Adabiyotshunoslikka kirish: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.—Т.:
A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2004 y. 224-b.
BBK 83я73.
4603010000 - 479 _
M361 (04) - 2004
© Abdulla Qodiriy nomidagi
ISBN 5=86484-009-2
xalq merosi nashriyoti _ 2Q04
MUQADDIMA
«Adabiyotshunoslikka kirish» kursining maqsad va vazifalari.
«Adabiyotshunoslikka kirish» kursining tarkiblanishi, bo‘limlari.
Kursning manbalari.
Ma’lumki, umumta’lim maktablarining 5-sinfidan
boshlab
o‘quvchilarga adabiyotshunoslikka oid ilk
ma’lumotlar
berib
boriladi.
Maktabda adabiyot o‘qitish dasturlari o‘quvchilarga
bosqichma-bosqich badiiy adabiyotning mohiyati, adabiy tur va
janrlar, badiiy obraz va obrazlilik, she’r tizimlari, badiiy tasvir va
ifoda vositalari kabi adabiy-nazariy tushunchalami o‘igatib borishni
ko‘zda tutadi. Biroq umumta’lim maktablari filolog-adabiyotshunoslar
tayyorlashni maqsad qilmagani
uchun
ham bu ma’lumotlar
fragmentar tarzda — konkret badiiy asarlar tahlili jarayonida yoki
biror bir adib ijodiy merosini o‘rganish barobarida berib borilgan.
Siz, filologiya fakultetiga kiigan talabalar, filolog-mutaxassis bo‘lib
Dostları ilə paylaş: |