Darslik va o’quv qo’llanmalarning tarkibiy tuzilishlari
WWW.ARXIV.UZ
Davlat ta’lim standarti (DTS)-o’quvchi –talabalar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani, ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi xujjatdir. Davlat ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo’ladi
WWW.ARXIV.UZ
Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatuvchi barcha ta’lim muasasalari uchun majburiydir.
O’quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma’lum bir yo’nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatdir. U davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo’lib ta’lim muassasasi moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’ladi.
WWW.ARXIV.UZ
O’quv dasturi-ma’lum bir fan bo’yicha qanday mavzularni o’rganishni belgilovchi me’yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo’linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo’shimchalar bilan boyitib boriladi.
O’quv dasturi-ma’lum bir fan bo’yicha qanday mavzularni o’rganishni belgilovchi me’yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo’linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo’shimchalar bilan boyitib boriladi.
Demak, bu me’yoriy xujjatlar milliy g’oya va mafkurani o’quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
WWW.ARXIV.UZ
Milliy g`oya fanining asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot va jahonshumul mafkuraviy jarayonlar sharoitida milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchilar qalbi va ongiga singdirish orqali ularda e’tiqod, dunyoqarash, tafakkur va insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iborat. «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanining asosiy maqsadlaridan biri Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan bosh g‘oya, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta’limotni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.