Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar



Yüklə 32,2 Kb.
səhifə1/10
tarix20.09.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#146101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Vahobova Muqaddam


Mavzu: Bolalarning maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar

Reja:
Kirish



  1. Bolalarni maktabga tayyorlashda oilani va maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rni.

  2. Bolalarni maktabga tayyorlashda talimiy faoliyatlarning ahamiyati.

  3. Bolalarni maktabga tayyorlashda jismoniy tarbiyalashning ahamiyati.

  4. Bolalarni maktabga tayyorlashda elementar matematuk tasavvurlarni shakllantirishning ahamiyati.

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar


Bolalarni maktabga tayyorlashda oilani va maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘rni.
O‘zbekiston Respublikasida “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda ota-onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga jalb qilingan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni juda kattadir. Bola tarbiyasida oilaning barcha a’zolaridan nafaqat bolalarga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, balki ularning taqdiri uchun yuksak ma’suliyat hissini ham talab qiluvchi qiyin va murakkab ishdir. Oila bolani maktabga tayyorlashda tarbiyani har tomonlama, jumladan ma’naviy, axloqiy, aqliy, estetik, jismoniy va mehnat tarbiyalarini birgalikda olib borish yaxshi samara beradi. Ma’naviy tarbiyani bolaga o‘tmishda Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo‘lida kurashgan xalq qahramonlari haqida gapirib berish, davlatimizning ramziy belgilari bilan tanishtirish, mustaqillik, Vatan haqidagi she’r va qo`shiqlarni yod oldirish, qadriyat va an’analarimizni o‘rgatish orqali singdirish mumkin. Oilaviy tarbiya jarayonida shaxsning bir qator axloqiy jihatlari shakllanadi-ki boshqa hech qaysi tarbiya obyekti oiladagidek yuqori natija bermaydi. Ularga insonparvarlik, mehr-muruvvat, rahm-shafkat, hamdardlik, muomala madaniyati, burchi va sadokat minnatdorchilik kabi insoniy fazilatlar turadi. Kelajak avlodga estetik tarbiya berishda ham oilaning muhim o‘rni bor. Oila davrasida qo`shiqlar kuylanishi, biror ertak yoki asarni oila davrasida o‘qish, birga spektakl va kino ko`rish va tahlil qilish, qiyinish madaniyatini shakllantirish, uyda gullar parvarish qilish, rasm solish va hakozolar bolani estetik tarbiyasini shakllantirishdagi jihatlardir. Ota-onalar voyaga etayotgan farzandlarining jismoniy barkamolligiga o‘ta ma’suliyat bilan qarashlari lozim. Masalan: ertalabki badan tarbiya mashqlarini bolalar bilan birgalikda bajarish, to‘g‘ri va vitaminlashtirilgan ovqat berish, dam olishni, uyquni to‘g‘ri tashkil etish vaqtida shifokor nazoratidan o‘tkazishlari zarur. Bola hayotida mehnat tarbiyasi muhim sanaladi. Bolalarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda mehnat qilish odobini shakllantirish va ko‘nikmalar hosil qilishda, ularning qiziqishlari hisobga olingandagina erishiladi. Ota-onalar bolani maktabga tayyorlashda unda mehnat ko‘nikma va malakalarini hosil qilishga, mehnatga ehtiyojni tarbiyalashga, boshqalarning mehnatini qadrlashga, mehnat natijalarini ehtiyot qilishga o‘rgatishga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Mehnat bolalarda uyushqoqlik, diqqat, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash, shuningdek maqsadga erishishda sabot va matonat kabi iroda xususiyatlarini rivojlantirish vositasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bolalarda tabiat va jamiyat to‘g‘ri sidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

  2. Bilimga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish: sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur, nutq. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni rivojlantirish aqliy tarbiyaning muhim vazifasidir.

  3. Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatlarni aqliy mehnat madaniyatini rivojlantirish. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchilarni, ya’ni qiziquvchanligini ular aqlining sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan iborat.

3. Aqliy malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, ya’ni eng oddiy faoliyat usullari predmetlarni tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish, boshqa predmetlar bilan taqqoslash maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolaning bilimlarni chuqur egallab olishiga yordam beradi. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmay, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishga foydalanishga o‘rgatish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Maktabgacha ta’lim tashkilotining ota-onalar bilan ishlashidan jamoa tarzida va yakkama-yakka holda ishlash shakllarini mohirlik bilan qo‘shib olib borish, keng aholi ommasi orasida pedagogik tashviqot ishlarini tashkil qilish tufayli bolalarni tarbiyalashda ijobiy natijalarga erishish mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlaridan otaonalar va oila bilan hamkorlikdagi ishlaridan eng keng tarqalgan shakl va usullarini keltiramiz.

  • Ota-ona va oila bilan yakkama-yakka ishlash. Bunda oilaga tarbiyachining borishi, ota-onalar uchun suhbat o‘tkazish, ularga maslahat berish, ota-onalarni bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayoti bilan tanishtirish kabilar kiradi.

  • Ota-onalar bilan jamoa tarzida tashkil qilinadigan ishlar. Bular otaonalarning guruhiy va umumiy majlislari, ota-onalar maktabi, anjumanlar, shanbaliklar, savol-javob kechalari.

  • Ko‘rsatmali ishlar – ishning bu turi: ko‘rgazmalar uyushtirish, bolalarning ishlarini namoyish qilish, ochiq eshiklar kuni, ota-onalar burchagi, ota-onalar uchun kutubxonalar tashkil qilish.

  • Bolaning oilasini borib ko‘rish va oila a’zolari bilan yaqindan tanishish. Bolalar maktab ta’limiga tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar haqida gapirar ekanmiz, maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni oilada tarbiyaning ota-onalar bilan hamkorlikda, bundan keyin yanada takomillashtirish yo‘llarini izlab topilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.



Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin