Darsning maqsadi: ta’limiy



Yüklə 143,28 Kb.
səhifə49/49
tarix20.06.2022
ölçüsü143,28 Kb.
#61930
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
30 maktab 9-sinf konspekt IV

Xo‘jaligi. Iqtisodiyotining yetakchi tarmog'i bo‘lgan sanoat so‘nggi yillarda barqaror tadrijiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga egaligi bilan ajralib turadi.
Metallurgiya sanoatining tez rivojlanishi, o‘z navbatida, turli mashinasozlik tarmoqlari taraqqiyotini ancha teziasfatirdi. Hoziigi vaqtda Braziliya o‘z avtomobilsozlik (yiliga 1 mln. dan ortiq avtomobillar ishlab chiqaradi), samolyotsozlik, kemasozlik tarmoqlariga ega. Unda aniq va murakkab mashinasozlik, ayniqsa, fantalab mikroelektronika, radiotelemexanika, asbobsozlik kabi tarmoqlar katta yutuqlarga ega. Import qilinadigan neft asosida neft-kimyo sanoati tobora rivojlanmoqda. Biomassalar, birinchi navbatda, shakarqamish chiqindilarini qayta ishlash asosida jahonda birinchi bo‘lib etil spirti (benzin o‘mida motor yoqilg'isi sifatida avtomobil transportida foydalanilmoqda) ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Dunyodagi eng yirik GES lar qurilishi hisobiga (Itaypu—quwati 12,6 mln. kVt, Tukurui — quvvati 8 mln. kVt, Ksindo — quwati 5 mln. kVt GES lari) elektr energetika sanoati katta yutuqlarga erishdi.
Braziliya shahrida hozir 1 mln.ga yaqin aholi yashaydi. Unda, asosan, davlat boshqaruv muassasalari va xizmat doirasi xodimlari,’ yengil va oziq-ovqat korxonalari, transport-telekommunikatsiya tarmoqlarining ishchi-xizmatchilari yashaydi.
Qishloq xo‘jaligida dehqonchilik ham, chorvachilik ham tovar ahamiyatiga egaligi bilan ajralib turadi.
Dehqonchilikda donchilik, kofe, banan va shakarqamish yetishtirish muhim rol o‘ynaydi.
Chorvachilikda go‘sht chorvachiligi va qo‘ychilik keng tarqalgan.
Transport. Temiryo‘l, avtomobil, dengiz va daryo transportlari yaxshi rivojlangan. Temiryo‘l transporti Atlantika okeani sohilida, avtomobil transporti mamlakatning barcha hududlarida, daryo transporti Amazonka daryosida (okean kemalari Manaus shahrigacha kirib boradi) rivojlangan. Dengiz transporti yuk tashish hajmi bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalari. Eksportga temir rudasi, rangli metallar, banan, kofe, shakarqamish, yog‘och, mashinasozlik mahsulotlarini chiqaradi. Neft va neft mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlarini import qiladi. Eksporti 250 mlrd., importi 170 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

  1. Braziliyaning geografik o‘mi va uning asosiy xususiyatiarini aniqlang. Jahon siyosiy xaritasidan unga o‘xshash mamlakatlami topishga harakat qiling.

  2. Braziliya qimmatli mineral boyliklarning qaysilariga boy va qaysilariga kambag‘al?



V.Uyga vazifa: mavzu xaqida tushunchalarni daftarga yozib, atamalarga izox keltiring.


Yüklə 143,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin