Xitoyda sanoatning barcha tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan bo'lib, sanoat mahsulotlarining ko'plab turlarini ishlab chiqarish bo'yicha jahonda birinchi yoki ikkinchi o'rinlarda turadi



Yüklə 6,76 Kb.
tarix25.12.2023
ölçüsü6,76 Kb.
#196524
xitoy iqtisodiyoti va iqtisodiy rayo

Sanoati

  • Xitoyda sanoatning barcha tarmoqlari yuqori darajada rivojlangan bo'lib, sanoat mahsulotlarining ko'plab turlarini ishlab chiqarish bo'yicha jahonda birinchi yoki ikkinchi o'rinlarda turadi. Jumladan, ko'mirni qazib olish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, po'lat, cho'yan, alyuminiy, rux, kobalt, oltin hamda boshqa qora va rangli metallarni eritish, yog'och tayyorlash, avtomobil, kema, turli elektronika mahsulotlari, mineral o'g'itlar, sement, qog'oz, gazlamalar, kiyim-kechak, poyabzal mahsulotlarini ishlab chiqarishda XXR jahonda birinchi o'rinni egallaydi.

Sanoat geografiyasida katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Agar Xitoyda XX asrning 70-80-yillarida sanoat korxonalarining 2/3 qismidan ko'prog'i dengizbo'yi hududlarida joylashgan bo'lsa, hozirga kelib mamlakatning kam o'zlashtirilgan ichki hududlarida ham sanoatlashuv qizg'in sur'atlar bilan kechmoqda.

  • Sanoat geografiyasida katta o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Agar Xitoyda XX asrning 70-80-yillarida sanoat korxonalarining 2/3 qismidan ko'prog'i dengizbo'yi hududlarida joylashgan bo'lsa, hozirga kelib mamlakatning kam o'zlashtirilgan ichki hududlarida ham sanoatlashuv qizg'in sur'atlar bilan kechmoqda.

Sanoatning tayanch tarmog'i yoqilg'i-energetika majmuasidir. Xitoyda yiliga 3,5 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy hududlarida joylashgan. Xitoy 2012-yildan buyon elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga ko'ra jahonda birinchi o'ringa chiqdi va hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga 6 trln. kWh yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Tarmoqda IESlar salmog'i 85 % dan yuqori bo'lib, ularda ishlatiladigan yoqilg'ining deyarli 2/3 qismi ko'mirdan iborat. Energetikaning jadal sur'atlar bilan o'sishi Xitoyning yirik shaharlaridagi ekologik vaziyatni keskinlashtirdi. So'nggi yillarda GES, AES va qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan elektr stansiyalarini ko'paytirishga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, Yanszi daryosida dunyodagi eng yirik - «Uch dara» (Sansya) GESi qurilgan.

  • Sanoatning tayanch tarmog'i yoqilg'i-energetika majmuasidir. Xitoyda yiliga 3,5 mlrd. tonnadan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda. Uning asosiy konlari mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy hududlarida joylashgan. Xitoy 2012-yildan buyon elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmiga ko'ra jahonda birinchi o'ringa chiqdi va hozirgi vaqtda mamlakatda yiliga 6 trln. kWh yaqin elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Tarmoqda IESlar salmog'i 85 % dan yuqori bo'lib, ularda ishlatiladigan yoqilg'ining deyarli 2/3 qismi ko'mirdan iborat. Energetikaning jadal sur'atlar bilan o'sishi Xitoyning yirik shaharlaridagi ekologik vaziyatni keskinlashtirdi. So'nggi yillarda GES, AES va qayta tiklanadigan resurslarga asoslangan elektr stansiyalarini ko'paytirishga katta e'tibor berilmoqda. Jumladan, Yanszi daryosida dunyodagi eng yirik - «Uch dara» (Sansya) GESi qurilgan.

Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Mamlakatda televizor, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobil, kompyuter, turli o'lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda.

  • Mashinasozlik sanoati Xitoyda, ayniqsa, tez rivojlanmoqda. Mamlakatda televizor, maishiy xizmat texnikasidan tortib avtomobil, kompyuter, turli o'lchov va elektrotexnika mahsulotlarigacha ishlab chiqarilmoqda.
  • Yengil va oziq-ovqat sanoati Xitoyda yetakchi sanoat tarmoqlari hisoblanadi. Ayniqsa, to'qimachilik va charm-poyabzal sanoati juda katta hajmdagi mahsulotni ishlab chiqaradi.

Qishloq xo'jaligi

  • Xitoy qishloq xo'jaligining asosi dehqonchilikdir. Jami ekin maydonlarining asosiy qismi donli ekinlar, ayniqsa, sholi bilan band. Xitoy jahon mamlakatlari orasida bug'doy, sholi, kartoshka, sabzavot, meva, poliz mahsulotlari, uzum, choy, tamakining yalpi hosili, qo'y, echki, cho'chqa, parranda soni, go'sht, jun, tuxum, asal tayyorlash, baliq ovlash hajmi bo'yicha birinchi o'rinni egallaydi.

Xitoy asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini o'z kuchi hisobiga qondiradi. Jahondagi jami ekin maydonlarining 9 % iga ega bo'la turib, insoniyatning 18 % idan ko'proq qismini tashkil etadigan aholisini Xitoy o'z resurslari hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlamoqda. Bu holat qishloq xo'jaligidagi mehnat unumdorligining yuqoriligini ko'rsatadi.

  • Xitoy asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini o'z kuchi hisobiga qondiradi. Jahondagi jami ekin maydonlarining 9 % iga ega bo'la turib, insoniyatning 18 % idan ko'proq qismini tashkil etadigan aholisini Xitoy o'z resurslari hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlamoqda. Bu holat qishloq xo'jaligidagi mehnat unumdorligining yuqoriligini ko'rsatadi.

Xitoy Xalq Respublikasi, 2018-yil holatiga ko'ra, O'zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi, chunki u O'zbekistonning ham eksport, ham import bo'yicha hamkorlari orasida savdo aylanmasiga ko'ra yetakchi o'ringa ega.

  • Xitoy Xalq Respublikasi, 2018-yil holatiga ko'ra, O'zbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori hisoblanadi, chunki u O'zbekistonning ham eksport, ham import bo'yicha hamkorlari orasida savdo aylanmasiga ko'ra yetakchi o'ringa ega.

Iqtisodiy rayonlari

  • Xitoy Sharqiy, Markaziy va G'arbiy iqtisodiy rayon (zona)larga bo'linadi. Shulardan Sharqiy iqtisodiy rayon o'zining tabiiy, ijtimoiy, demografik va iqtisodiy salohiyatiga ko'ra har tomonlama peshqadamlik qiladi. Bu o'rinda, ayniqsa, dengizbo'yi hududlari, Shanxay, Pekin, Tyanszin, Guanchjou shaharlari alohida ahamiyat kasb etadi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan mintaqaviy siyosat tabiiy resurslarga boy Markaziy va G'arbiy iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, bu hududlarning milliy iqtisodiyotidagi ulushini ko'tarishga yo'naltirilgan.

Yüklə 6,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin