Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash



Yüklə 236,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü236,12 Kb.
#172605
  1   2
GULXAYO1232 (1)




Oktabr 4, 2006 
Ma’lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash 
texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta’minotlar), elektroaloqa va 
antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo‘tkazgichlar va optik-tolali kabellar 
sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog‘liq. 
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni 
kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni 
bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli 
texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot 
sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va 
idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini 
ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va 
kommunikasiya tuzilishini tubdan o‘zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter 
tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. 
Ta’lim tizimi uchun bu o‘qituvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida kommunikasiya 
uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi. 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o‘ziga xosligi insoniyat 
rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib 
borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan 
iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo‘nalishda ilgari 
bo‘lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to‘siqlarni 
yengib o‘tish imkon beradi: 
1) Bilimlarni egallash yo‘lidagi to‘siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish 
natijasida ta’lim olish yo‘lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta 
ahamiyatga ega. Agar ta’lim kognitiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, 
axborotlar bilimlar to‘plash jarayonining mazmunli jihatini ta’minlash uchun kerak 
b’ladi. Internet va “Butun jahon tarmog‘i” barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar 
uchun birdek axborot izlash kanali bo‘lib xizmat qiladi. 


2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Internet tarmog‘i 
orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko‘plab global 
fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta’lim tizimida 
qayta aloqani ta’minlash harakati. 
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘lidagi to‘siqlarni yo‘qotadi. Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog‘liq sohalar hamda ta’lim tizimi 
eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari 
axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron 
pochta, elektron kutubxonalar – saytlar ta’lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar 
beradi, har qanday chegaralarni yo‘qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o‘quv 
va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi. 
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta’lim muammosini globalizasiyalashtirish – 
seminarlar o‘tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib 
berishgacha – elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini 
oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta’limni to‘plangan bilimlarni 
yetkazish, ularni to‘ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali 
kanallari bilan bog‘lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan – bu ta’lim tizimini 
rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo‘lmagan, ilg‘or 
axborot texnologiyasi ta’lim tizimida fanning ahamiyatini o‘zgartirdi. Jamiyat 
faqat fanning o‘zi rivojlanishi bilan emas, balki ta’lim va o‘qitish tizimi bilan ham 
bog‘liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta’limning kelajagi. Hozirgi kunda 
Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud 
bo‘lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo‘shilmoqda. 
Bugungi kunda Internetga simsiz ulanishni ta’minlovchi, shu jumladan, mobil 
telefonlar soni Internetga ulanadigan shaxsiy kompyuterlar sonidan ortib ketdi. 
Hozirgi kunda elektron savdo jahondagi hajmi 233 mlrd. dollarni tashkil etadi. 
foydalanuvchilar soni ko‘payib borishi bilan axborot texnologiyalari faqat inson 
tasavvuri imkoniyatlari bilangina chegaralanadi. Barkamol, har tomoonlama 
rivojlangan shaxsni tarbiyalash muammosi ta’lim tizimidan yosh avloddan faqat 
milliy madaniyat yutuqlarini emas, balki umuminsoniy dunyo madaniyati 


yutuqlarini ham egallab olishga intilishni shakllantirishni talab etadi. Barkamol 
shaxsni tarbiyalash g‘oyasi milliy mustaqillikning ustuvor g‘oyalaridan biri 
hisoblanadi. 
Ta’lim sifatini, ma’naviy-g‘oyaviy tarbiyasi darajasini oshirish vazifasi 
hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish so‘zsiz yangi 
axborot texnologiyalariga asoslanishi zarur. Ta’lim tizimini rag‘batlantirmay turib, 
fuqarolik jamiyatini qurib bo‘lmaydi. Ta’lim tizimi yopiq nuqtai nazarlar, qarashlar 
statik tizimi emas, bir uzluksiz jarayondan iborat bo‘lishi kerak. Mustaqil 
Respublikamizning rivojlanishini kafolatlash uchun ta’lim tizimi dinamik, 
mukammal bo‘lishi kerak. 
Gumanitar ta’lim tizimi – bu shaxsiy fikrlashini qayta anglab yetish, yangi o‘quv 
dasturlarini ishlab chiqish, doimiy fikr almashish doimiy jarayonidir. Hozirgi 
paytda kompyuter tarmoqlari davrida yangi texnologiyalarni yaratish va tarqatish 
xususiyatlari o‘zgarmoqda hamda bu quyidagi yo‘nalishlarda sodir bo‘lmoqda: 
birinchidan, yuksak raqobatchilik hukm surishi bilan ajralib turadigan zamonaviy 
global bozorda ko‘nikmalar har qachongidan ham katta ahamiyatga ega. 
Texnologiyalarni uzatish va tarqatish juda murakkab jarayon. Ikkinchidan, 
texnologiyalar qimmatliligini tan olinishini aks ettiruvchi yangi global normalarni 
ishlab chiqish ham katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. 
Deyarli barcha mamlakatlar tomonidan maqullangan yangi qoidalari intellektual 
xususiylikni himoya qilish rejimlarini barcha yerda kuchaytirmoqda. Uchinchidan, 
butun dunyoda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik loyihalashtirish sektorida 
xususiy sektor yetakchi rol o‘ynaydi. Bu sektorda yangi texnologiyalarni ishlab 
chiqish uchun zarur moliyaviy mablag‘lar, bilimlar va kadrlar katta qismi 
jamlangan. To‘rtinchidan, eng yuksak malakali texnik mutaxassislarni ish bilan 
ta’minlovchi global mehnat bozori shakllanadi. Beshinchidan, yangi kompaniyalar, 
ilmiy-tadqiqotchilik laboratoriyalari va moliyalashtiruvchilar hamda korporasiyalar 
yangi texnologiyalar ishlab chiqarish global markazlariga birlashmoqdalar. Buning 
natijasida olimlar, moliyalashtiruvchilar va tadbirkorlarning o‘zaro zarur 
aloqalarini ta’minlovchi yangi dinamik muhit yuzaga kelmoqda. 


Bunday markazlarda turli mamlakatlardan eng yaxshi olimlar va tashabbuskor-
tadbirkorlar faoliyat yuritmoqdalar, bu investorlarni jalb etish uchun katta 
imkoniyatlar yaratmoqda. Investorlar ham bu ishlarga qiziqish bilan qaramoqdalar. 

Yüklə 236,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin