D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


Glossariy (izohli lug’at)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
EKOLOGIK KIMYO

Glossariy (izohli lug’at) 
Avtotrof –
organizmlarning fotosintez yoki xemosintez yo‘llari bilan havo 
va tuproqdagi anorganik moddalardan foydalanib oziqlanishi. 
Antropogen ta’sir –
insonning xo‘jalik faoliyati natijasida tabiat va uning 
resurslariga ko‘rsatadigan ta‘siri.
Autekologiya –
ekologiyaning ayrimturlarning tashqi muhit sharoitiga 
moslashishini o‘rganadigan bo‘limi. 
Biogen moddalar –
tirik organizmlarning yashashi uchun zarur bo‘lgan va 
ularning hayoti faoliyati natijasida sintezlanadigan moddalar. 
Biogeosenoz –
1. Yer yuzasi hududidagi bir xil tabiat elementlarining 
yig‘indisi. 2. Muayyan tuproq sharoitida o‘simliklar, hayvonlar va zamburug‘lar 
hamda ayrim sodda hayvonlardan tashkil topgan mikroorganizmlarning birgalikda 
yashsashi. 
Biologik mahsuldarlik –
Ekotizimlarning hayot faoliyati natijasi 
hisoblanib, ma‘lum vaqt oralig‘ida Ekotizimdagi organizmlar tomonidan 
to‘plangan organik moddalar. 
Biologik xilma-xillik –
turlarning xilma-xilligi, genetik xilma-xillik, 
Ekotizimlar xilma-xilligi. 
Biomassa – tirik
organizmalarning ma‘lum maydon birligiga to‘g‘ri 
keluvchi og‘irlik yoki energiya birliklarida ifodalangan umumiy vazni. 
Biosfera –
hozirgi davrda yashab, faollik ko‘rsatib turgan organizmlar 
tarqalgan qobiq. 
Biota –
flora (o‘simlik turlari) va fauna (hauvon turlari) ning yig‘indisi. 
Biotop – 
nisbatan bir xil abiotik muhit bilan tavsiflanuvchi biosenoz 
egallagan maydon. 
Biotik aloqalar –
biosenozdagi organizmlarning turli shakllardagi o‘zaro 
munosabatlari. 
Geterotrof –
tayyor organik moddalar hisobiga hayot kechiruvchi 
organizmlar, ularga barcha hayvonlar, tekinxo‘r o‘simlik turlari, zamburug‘lar 
hamda ko‘pchilik mikroorganizmalr kiradi. 


245 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin