D. A. Karimova, sh. X. Shomurotova, F. S. To’xtayev


   Navoiy viloyatida umumiy ekologik holat qanday?



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/70
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197971
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70
EKOLOGIK KIMYO

 


214 
 Navoiy viloyatida umumiy ekologik holat qanday? 
Navoiy viloyati O‘zbekiston Respublikasining eng yirik hududlaridan 
(Respublika hududining 25% i) biri hisoblanadi. Navoiy viloyatida Respublika 
yaylovlarining 42% i joylashgan.Viloyatning o‘ziga xosligi, aholi zichligining 
kamligi (har bir kvadrat kilometrga 7,3 kishi to‘g‘ri keladi) va aholining 40% idan 
ko‘prog‘i shaharda yashashidir. Viloyatdagi ekologik holatni quyidagi ko‘rinishda 
belgilaymiz:

Viloyatimiz bo‘yicha ekologik vaziyatning keskinlik darajasi 
o‘rtacha,Qiziltepa tumanida esa keskin; 

Navoiy shahar va uning atrofi atmosfera havosining ifloslanish 
darajasi umumiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha xavfli, ya‘ni ko‘rsatkich 10-
15 oralig‘ida; 

O‘zbekiston Respublikasi yerlarining pestidsidlar bilan ifloslanish 
darajasini umumiy olganda 4 ga bo‘linadi viloyatimizda bu 
ko‘rsatkich yomon ya‘ni 3 xavfli darajada; 

Zarafshon daryosi suvining ifloslanish darajasi me‘yoridan ancha 
ortiq ifloslanish indeksi (SII) 35 ga teng. Suvning tarkibidagi 
ionlarning umumiy miqdori 2484 mg/l ga teng;

Yerlarning erroziyaga moyillik darajasi o‘rtacha; 

Hududimizda ekologik vaziyatning og‘irlashuvidan vujudga kelgan va 
hozirgi vaqtda keng tarqalgan kasalliklarga quyidagilar kiradi, yurak-
qon tomirlari kasalliklari, nafas olish a‘zolari xastaliklari, o‘tkir ichak 
kasalliklari, sariq kasalligi, jigar, buyrak xastaliklari, nonormal 
tug‘ilishlar va boshqalar;

Xalqaro va Respublikamiz ―Qizil kitobi‖ ga kiritilgan, ya‘ni 
viloyatimizda yo‘qolib ketish arafasida turgan hayvonlar quyidagilar: 
katta amudaryo kurakburuni, oq laylak, itolg‘i, to‘xta tuvaloq, qiron 
qora, burgut, olako‘zan, qizilqum qo‘yi, jayron, dala mushugi, kulrang 
echkilar va h.k.; 


215 
Umumiy ko‘rsatkichlarga tayanib xulosa chiqaradigan bo‘lsak viloyatimiz 
ekologik vaziyati og‘ir va keskin holatdadir. Atmosfera havosini ifloslashda 
viloyatimizdagi 
avtotransport 
vositalarining 
ham 
salmoqli 
ulushi 
bor. 
Avtomobillardan chiqadigan gazlar taxminan 200 ta modda aralashmasidan iborat 
bo‘lib, ularning ko‘pchiligi zaharlidir. 
Havo okeani, suv havzalari va tuproqning turli zararli moddalar bilan 
muntazam ifloslanib borishi natijasida viloyatda yetishtirilayotgan oziq- ovqat, 
meva sabzavot va poliz mahsulotlarining sifat tarkibi kun sayin yomonlashib 
bormoqda. 
Masalan, bundan 50 yil oldin Hazoraning anjiri, Jaloirning bo‘rikalla 
qovuni, Zarmetanning qatig‘i, Xatirchining uzumi va Nurotaning go‘shtidan tatib 
ko‘rgan kishi ulardan yana bir tatib ko‘rish istagida ashiriqdan yayov kelishga rozi 
bo‘lar edi, yoki kasal yotgan bemor ulardan totsa tuzalib ketishi muqarrar desak 
hech ham mubolag‘a qilmagan bo‘lar edik. 
―Ming afsusuki hozirgi vaqtda yetishtirilayotgan oziq- ovqat, meva sabzavot 
va poliz mahsulotlarining tarkibi pestidsidlar qoldiqlari va zaharli kimyoviy 
elementlar bilan yuqori darajada ifloslangan. Ularning aksariyati davlat 
standartlariga javob bermaydi‖. Havo, tuproq ichimlik suvi va oziq-ovqat 
mahsulotlarining ifloslanganligi viloyat aholisi ayniqsa, yosh bolalar orasida 
kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda, deyishga to‘la asos bor. 
O‘zbekiston hukumati aniq-ravshan ekologik tadbirlar tizimini amalga 
oshirishga muhim ahamiyat bermoqda. Bu tizim mamlakatining butun xalq 
xo‘jaligini isloh qilishning ajralmas qismi bo‘lib qolishi zarur. O‘zbekiston 
hukumati respublika fuqarolarining yashashi uchun sog‘lom shart-sharoitlar 
vujudga keltrish, tabiatdan oqilona foydalanishning samaradorligini oshirishni oz‘ 
siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qarab, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha 
milliy harakatlar rejasini ishlab chiqishni qo‘llab quvvatladi. 
Shu yo‘nalishda Navoiy viloyatida ham atrof-muhitni muhofaza qilish 
borasida qator foydali tadbirlar rejalashtirildi, bular quyidagilardan iborat: 


216 

Navoiy viloyati Nurota tumani hududidagi chuchuk yer osti suvlarini 
muhofaza qilish maqsadida tumanni alohida muhofaza qilinadigan 
hudud deb e‘lon qlish va kichik suv ombori qurilishini yo‘lga qo‘yish; 

Qiziltepa, Karmana shaharlari va Xatirchi tumanining markazi 
Yangirabot shahri kanalizatsiya tarmoqlarining loyiha smeta 
hujjatlarini ishlab chiqish va ularni qurib ishga tushurish; 

Navoiy shahri oqava suvlarini tozalash inshootini kengaytirish 
ishlarini amalga oshirish

Nurota shahri oqava suvlarini tozalash inshootini kengaytirish va 
kanalizatsiya tarmog‘ini rivojlantirish ishlarini amalga oshirish; 

Qiziltepa tumani O‘rtacho‘l massividagi zovur suvlarini to‘liq 
chiqarish ishlarini amalga oshirish; 

Oziq-ovqat mahsulotlari meva-sabzavot va poliz yetishtirishda zaharli 
kimyoviy moddalar va azot selitrasinining me‘yoridan ortiqcha 
ishlatilishini ta‘qiqlash; 

Shahar, tuman markazlari va aholi yashydigan joylardagi mavjud 
axlatxonalarni loyiha asosida qayta qurish; 

Navoiy va Zarafshon shaharlarida qattiq maishiy chiqindilarni qayta 
ishlovchi zavod loyihasining texnik iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish; 

Zararkunandalarga 
qarshi 
viloyatda 
mavjud 
ishlab 
turgan 
biolaboratoriya, biofabrikalar ishini rivojlantirish, kengaytirish va 
entomologiya xizmatini kuchaytirish; 

Navoiy shahriga kirish joylaridagi Davlat Avtomobil Nazorati (DAN) 
xodimlarining maskanlari qoshida uchta ekotrans- nazorat punklarini 
tashkil qilish; 

Navoiy shahrida trolleybus qatnovini yo‘lga qo‘yish; 

Navoiy shahar atmosfera havosining ifloslanishini avtomatik 
kuzatishni tashkil qilish; 

Navoiy shahar sanitar himoya hududiy chegarasini hozirgi mavjud 
holatni hisobga olgan holda belgilash; 


217 

Avtokorxonalarda avtotransport vositalarini gaz yoqilg‘isiga 
o‘tkazishni kuchaytirish; 

Avtomobillar jihozlarining texnik sozligi va xavfsizligi sinovidan 
o‘tkazish, shahodatlash punktini tashkil qilish; 

Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati (NTMK) ning Markaziy va 
Shimoliy 
kon 
boshqarmalarida 
issiqlik 
qozonlarini 
mazut 
yoqilg‘isidan gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish; 

NTMK ning Navoiy Mashinasozlik zavodi quyish sexining gaz-chang 
ushlash uskunalarini qayta jihozlash; 

―Qizilqumsement‖ ochiq hissadorlik jamiyati sement kuydirish 
pechlarida texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarishni nazorat 
qilish tizimini joriy etish; 

―Qizilqumsement‖ ochiq hissadorlik jamiyati sement changini ushlab 
qolish uchun mo‘ljallangan elektr filtrdan oldin o‘rnatiladigan 
suvsement changini bostirish kompressori (quvvati 19 atm) o‘rnatish; 

Navoiy shahar issiqlik elektrostansiyasi bug‘ qozonlarini gozotrubina 
uskunasiga almashtirish

NTMK 
5-Kon boshqarmasida hosil 
qilinayotgan 
radioaktiv 
chiqindilarni ko‘mish uchun maxsus joy qurish; 

Aydarko‘l, Arnasoy, To‘dako‘l suv havzalarining suv toshish 
dambalarini mustahkamlash; 

Xatirchi, Nurota, Navbahor tumanlarida va Zarafshon daryosi 
sohillarida suv toshqinlarini oldini olish choralarini ko‘rish; 

Yer osti suv sathini sug‘oriladigan tumanlarda pasaytirish va yer 
sathining hosildorligini yaxshilash; 

Atrof muhit ahvoli haqida keng jamoatchilikka ommaviy axborot 
vositalari orqali ma‘lumot berib borish; 

Uzluksiz ekologik ta‘lim va tarbiya tizimini tashkil etish, uslubiy 
qo‘llanmalar va darsliklar ishlab chiqish; 


218 

Viloyat bojxona xizmatini ozon qatlamini buzuvchi moddalarni 
aniqlash bo‘yicha uch dona apparatura bilan ta‘minlash; 
Navoiy viloyatida bu tadbirlarni amalga oshirish uchun hamma korxonalar 
jamoatchiliklari faol ishtirok etishmoqda, jumladan, o‘quv yurtlari talaba, 
o‘quvchilari ishtirokida har oyda hashar va tozalik kunlari o‘tkaziladi. Viloyat 
Markaziy O‘rmon xo‘jaligi bosh direktorining aytishicha, viloyatda 2 million 95 
ming 614 gektar o‘rmon fondi mavjud va shuning 1 million 230 ming gektari 
o‘rmon bilan qoplangan, har yili yangi o‘rmonzorlar barpo etish uchun minglab 
gektar yerlarga saksovul urug‘i ekiladi. Birgina 2017-yilda 2415 gektar maydonga 
saksovul ekish rejalashtirilga bo‘lib, bu reja 101% bajarilgan, joriy yilda ham 
Konimex, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq kabi tuman hududlarining 510 gektariga 
saksovul urug‘i hamda 610 gertariga saksovul ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. 
Hozirgi kungacha viloyat bo‘yicha 260 gektar yerga urug‘ qadaldi va 295 gektarga 
ko‘chat o‘tqazildi. Bunday tadbirlar faqatgina tabiat go‘zalligi, atrof-muhit tozaligi 
uchun bo‘lmay, talabalarga ekologik madaniyatni targ‘ib etishda, ekologik 
tarbiyani o‘stirishda muhim ahamiyatga ega.


219 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin