Ta’rif. m modul bilan o`zaro tub bo`lgan barcha chegirmalar sinflaridan
bittadan element olib tuzilgan to`plam
chegirmalarning m modul bo`yicha
keltirilgan sistemasi deyiladi.
Chegirmalarning keltirilgan sistemasi shu chegirmalarning to`la sistemasidan
hamtuzish mumkin. Buning uchun to`la sistemada modul bilan o`zaro tub bo`lgan
chegirmalarni ajratib olish kifoya.
Masalan, {0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9} to`plam, 10 modul bo`yicha
chegirmalarning to`la sistemasi bo`lgani holda 1, 3, 7, 9 esa 10 mo`dul bo`yicha
chegirmalarning keltirilgan sistemasidir. Huddi shunday 1, 3, -3, -1 ham 10 modul
bo`yicha chegirmalarning keltirilgan sistemasi bo`ladi. Chegirmalarning keltirilgan
sistemasidagi elemantlar sonini aniqlash uchun Эyler funksiyasi deb ataluvchi
quyidagi ϕ(
m) funksiyadan foydalaniladi:
Ta’rif. Agar quyidagi ikkita shart bajarilsa, ϕ(
m) sonly funksiya Эyler
funksiyasi deyiladi: 1. ϕ(1) = 1;
2. ϕ(
m) funksiya
m dan kichik va
m bilan o`zaro tub
bo`lgan sonlar soni. Berilgan sonlar sistemasi
m modul bo`yicha chegirmalarning
keltirilgan sistemasi bo`lishi uchun quyidagi uchta shart bajarilishi kerak:
1. Sonlar sistemasining elementlari ϕ(
m) ta bo`lishi kerak.
2. Sonlar sistemasidagi ixtiyoriy ikkita son
m modul bo`yicha har xil sinf
elementlari bo`lishi kerak.
3. Sonlar sistemasidagi ixtiyoriy son
m modul bilan o`zaro tub bo`lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: