changni tozalash emas, balki gazlarning qimmatli komponentlaridan foydalanish
mumkinligini ko’rsatadi.
Tozalanayotgan gaz va ushlab qolinadigan changlar xususiyatlarining xilma
- xilligi sababli turli rusumdagi chang ushlash qurilmalari - chang ushlagichlar
ishlatiladi. Gaz oqimidan qattiq zarrachalarni cho’ktirish gravitatsiya kuchlari
ta’siri ostida yoki g’ovakli yuza va turli qatlamlarda olib borish mumkin. Chang
ushlab qolgichlarning ishlash samaradorligini tozalayotgan gazda qolgan chang
miqdori yoki ushlab qolingan chang miqdorining dastlabki gaz tarkibidagi miqdori
nisbatining foiz orqali ifodalanadigan foydali ish koeffitsienti bilan baholanadi.
Havoni yoki sanoat gazlarini changdan tozalashning uch usuli mavjud:
quruq, nam va elektr.
Quruq usulda chang zarrachalar nisbatan sekin harakat qilayotgan gaz
oqimida og’irilk kuchi ta’siri ostida, markazdan qochma kuchlar, inertsiya kuchlari
va filtrlash bilan ushlab qolinadi.
Nam usul chang zarrachalarini suv yoki boshqa suyuqliklar bilan namlanib,
bo’tana xolida cho’kishiga asoslangan. Buning uchun gaz suyuqlik qatlamidan
o’tkaziladi. Elektr usulida changlangan gazdan zarrachalarni ajratib olish elektr
maydoni ta’sri ostida amalga oshiriladi.
Quruq chang ushlagichlarga cho’ktirish kameralari, g
azoxodlar, yakka,
guruh va batareyali siklonlar, inertsion chang ushlagichlar va matoli filtrlar kiradi.
Cho’ktirish kameralari va
gazoxodlar oddiy chang ushlagichlar bo’lib,
ularning uzunligini uzaytirganda yoki gaz sovutilganda hajm kamayishi natijasida
gaz oqimi harakat tezligi kamayadi. Buning natijasida chang yirik zarrachalari
og’irlik kuchi ta’siri ostida cho’ka boshlaydi. Cho’ktarish kameralari (3.8-rasm) va
Dostları ilə paylaş: