Aniq bir melallurgik jarayon uchun chang ushlash sistemasini tanlash
ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari: chang chiqishi, uning
granulometrik tarkibi, asosiy metallga yo’ldosh komponent sifatida keladigan
qimmatli komponentlar miqdori, chiqib kelayotgan gazlar harorati va boshqalardir.
Ko’pchilik xollarda gazlarni changdan tozalash o’z-o’zidan belgilangan
maqsad hisoblanmaydi. Ko’pgina metallurgik ishlab chikarishning chiqib
ketayotgan gazlar tarkibida atrof-muhitga sezilarli darajada salbiy ta’sir qiladigan
yoki ma’lum qimmatga ega bo’lgan va olinishi shart bo’lgan komponentlar bo’ladi.
Olinishi ikki tomonlama foydali bo’lgan gaz tarkibidagi komponentlarga
oltingugurt oksidi, gazsimon xlor, simob bug’i va xakozolarni aytib o’gish
mumkin. Misol uchun, atrof-muhitga salbiy ta’sir qiladigan oltingugrg oksidi,
sulfat kislota
yoki elementlar oltingugurt olish uchun
muvaffaqiyatli
foydalanilmoqda.
Metallurgik gazlar tarkibidan qimmatli komponentlarni ajratib olish va
ularni zararsizlantirish uchun quyidagi usullar ishlatiladi:
1) absorbtsiya, ya’ni gazlarni suyuqlikka yutilishi. Gaz holatda ajratib
olinayotgan komponent yutayotgan suyuqlik bilan, unda eriydigan birikma hosil
qilish bilan kimyoviy ta’sirlashadi. Bunday jarayon xemosorbtsiya deyiladi;
2) adsorbtsiya - gazlarni zarralarning qattiq fazasiga yutilishi;
3) gazsimon zarrachalarni mahsus qo’shimchalar yordamida keyinchalik
chang ushlab qolish usuli bilan ularni gazdan ajralib olish uchun qattiq yoki suyuq
holatga o’tkazish.
Rangli metallurgiya korxonalari, tarkibida oltingugurt oksidi miqdori
kamligi sababli to’g’ridan-to’g’ri sulfat kislota olib bo’lmaydigan gazlari albatta
zararsizlantirilib, keyinchalik yutilgan oltingugurtdan foydalangan xolda,
oltingugurt tarkibli qimmatli mahsulot olinadi.
Dostları ilə paylaş: