Metallurgik pechlarning asosiy elementi ichki qismini himoya qiluvchi
himoya qatlami hisoblanadi. Bu himoya qatlami shu jarayon uchun kerak bo’lgan
ma’lum issiqlik miqdorini pechda to’plashni ta’minlashi kerak. O’tga chidamli
materiallar yetarlicha mustahkamlik yuqori harorat ta’siri va ularga gaz fazasi
hamda eritmalarni kimyoviy ta’siriga bardosh berganda metallurgik qurilmalarni
uzoq muddat ishlashini ta’minlash mumkin. Bundan tashqari o’tga chidamli
qoplama issiqlikni tashqariga chiqib ketishini oldini olish kerak.
O’tga chidamli materiallarga qo’yiladigan asosiy talab o’tga chidamlilik -
yuqori haroratga qarshi turib berish, yuqori haroratda erimasdan va qurilish
konstruktsiyasini saqlab qolish hisoblanadi. Bu xossa o’rganilayotgan o’tga
chidamli namuna yumshoq ma’lum ko’rinishda deformatsiyalanadigan harorat
bilan miqdoriy tavsiflanadi. Har qaysi o’tga chidamli materialning asosini bir yoki
bir necha yuqori erish haroratiga ega bo’lgan minerallar tashkil etadi
(3.2- jadval).
3.2- jadval
Yuqori erish haroratiga ega bo’lgan minerallar Mineral
t
er
°C
Mineral
t
er
°C
SiO
2
- kvarts
1713
Cr
2
O
3
2330
MgO
Cr
2
O
3
- shpinel
1780
MgO
Cr
2
O
3
-magnezioxromit
2400
FeO
Cr
2
O
3
-xromit
1780
CaO
2625
Al
2
O
3
SiO
2
-mullit
1870
BeO
2610
MgO
SiO
2
-forsterit
1890
SiC- karbonud
2700
Al
2
O
3
-korund
2050
ZrO
3
2715
2CaO
SiO
2
(
)
2130
MgO- periklaz
2825
MgO
Al
2
O
3
– shpinel
2135
ThO
2
3050
1. Materiallar o’tga chidamligi bo’yicha uch guruhga bo’linadi:
o’rtacha o’tga chidamli – 1580 – 1770°C.
- yuqori o’tga chidamli – 1770 – 2000°C
- o’ta yuqori o’tga chidamli 2000°C haroratlan yuqori
2. O’tga chidamli materiallarning kimyoviy - mineralogik tarkibi bo’yicha
bo’linishi 3.3 – jadvalda keltirilgan.
3.3- jadval