Buxoro davlat universiteti


-chizma Tabiiy-iqlim sharoitlariga ko‘ra sug‘orish usullarini qo‘llash



Yüklə 51,74 Kb.
səhifə5/5
tarix28.12.2021
ölçüsü51,74 Kb.
#48220
növüReferat
1   2   3   4   5
ASM O`ktam

2-chizma

Tabiiy-iqlim sharoitlariga ko‘ra sug‘orish usullarini qo‘llash


Cug‘orish usullari

Sho‘rlangan tuproq

Yengil qumoq tuproq

Og‘ir tuproq

Murakkab

relef

Katta nishablik

Minerallashgan sizot suvlari yaqin

Suv resurslari taqchil

Suv mineral-lashgan

Kuchli shamol

Yomg‘irlatib

-

+

x

+

+

+

+

-

x

Yer sathidan

+

x

+

x

x

x

x

x

+

Tuproq orasidan

-

x

x

x

+

-

+

-

+

Tomchilatib

-

x

+

+

+

-

+

-

+

Aerozol

+

+

+

+

+

+

+

-

+


3. Fermer xo‘jaliklarini mehnat resurslari va ulardan foydalanishning tashkil etish

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining rivojlanishi omillaridan biri ularda mehnat resurslaridan unumli foydalanish masalalariga borib taqaladi. Mehnat resurslari deb, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar tushuniladi. Ayrim ish tig‘iz bo‘lgan va mavsumiy davrlarda o‘smirlar va qariyalar mehnatidan ham foydalanishga to‘g‘ri keladi.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarida mehnat resurslaridan foydalanish jarayonida qishloq xo‘jaligida mehnat resurslari bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olish lozim:

- qishloq xo‘jaligidagi mehnat resurslariga bo‘lgan talab va ishning qo‘l mehnati sig‘imi kamayib borishi qishloq xo‘jaligidan mehnat resurslarining bo‘shashiga va ortiqcha ishchi kuchining hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Natijada bo‘shab qolgan ishchi kuchlarini boshqa tarmoqlarga jalb etish zaruriyati tug‘iladi;

- qishloq xo‘jaligida mavjud mehnat resurslaridan yil mobaynida bir tekis foydalanib bo‘lmaydi. qishloq xo‘jaligining mavsumiy xarakterga egaligi sababli ish tig‘izligi ba’zan ortib, ba’zan pasayadi. bu holat ishchi kuchiga bo‘lgan talabni belgilaydigan muhim omillardan biri hisoblanadi. ekinlarni parvarishlash yoki hosilning yig‘im-terim pallasida mehnat resurslariga bo‘lgan talab oshadi, qish oylarida ishchi kuchiga talab minimallashadi;

- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘simliklar va chorva mollari kabi jonli organizmlarga bog‘liq bo‘lib, tabiiy-biologik omillar mehnat resurslaridan foydalanishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi;

- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sanoat tarmoqlari kabi tor ixtisoslashuvning mavjud emasligi ishchi kuchining bir davrda bir nechta vazifalarni bajarishga majbur etadi va mahsulot yetishtirish ustidan bevosita nazorat yuritish imkonini bermaydi;

- qishloq xo‘jaligidagi ayrim mehnat jarayonlarida (sug‘orish, hosilni yig‘ish) hanuzgacha qo‘l kuchi ustunlikka ega, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasi nisbatan past darajada qolmoqda.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarining mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasiga mehnatga layoqatli bir nafar erkak va ayolning bir yillik ish vaqti fondidan foydalanish darajasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bir yillik ish vaqti fondi esa erkaklar uchun 260 kishi/kuniga, ayollar uchun 210-220 kishi/kuniga teng deb qabul qilingan.

Har bir xo‘jalikning ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoji uning ixtisoslashuviga, tarmoq tarkibiga, mahsulot yetishtirish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasiga va mehnat sarfiga bog‘liq. Masalan, 1 gektarda paxta yetishtirish uchun bevosita mehnat sarfi umumiy hisobda 840-990 kishi/soatni, don yetishtirish uchun sug‘oriladigan yerlarda 102-140, lalmi yerlarda 34-50 kishi/soatni, sabzavot yetishtirish uchun esa 1517-1929 kishi/soatni tashkil etadi. Shundan kelib chiqqan holda bir gektar paxta yetishtirishga o‘rta hisobda 0,5, sug‘oriladigan don ekinlarida 0,1, sabzavot ekinlarida 2,0 kishi mehnat qilishi yetarlidir. Mehnat resurslariga bo‘lgan talabni aniqlashda ana shu ko‘rsatkichlar hisobga olinishi maqsadga muvofiq.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda 1997-2008 yillar oralig‘ida iqtisodiyotda jami band bo‘lganlarga nisbatan fermer xo‘jaliklarida bandlar salmog‘i 2,2 foizdan 12,5 foizga o‘sib borgan. Agar 1997 yili fermer xo‘jaliklarida jami 188 ming kishi mehnat qilgan bo‘lsa, 2008 yil boshiga kelib bu ko‘rsatkich 1343 ming kishiga yetgan, yoki 7,14 martaga oshgan Bu holatni shirkat xo‘jaliklarining tugatilishi va fermer xo‘jaliklari sonining keskin oshganligi bilan izohlash mumkin.

Dehqon xo‘jaliklarida band bo‘lganlar soni 1997 yilda 1297 ming kishidan 2007 yilda 1473 ming kishiga yoki 113,6 foizga oshgan bo‘lishiga qaramay, ularning iqtisodiyotda jami band bo‘lganlarga nisbatan salmog‘i shu yillar oralig‘ida 14,9 foizdan 13,7 foizga kamaygan.

Fermer xo‘jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlariga muvofiq mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligidagi ish tartibi xo‘jalik boshlig‘i tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnat faoliyati hisobini olib borish xo‘jalik boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.

Fermer xo‘jaligi xodimlarining mehnatiga haq to‘lash taraflarning kelishuviga ko‘ra pul hamda natura tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Fermer xo‘jaligining boshlig‘i va xodimlari davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkaziladi. Ularga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida amalga oshiriladi.

Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.

Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim.

Dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yuritadi.

Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‘shiladi.

Dehqon xo‘jaligi a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.



Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.

Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga, dehqon xo‘jaligining a’zosi bir kishidan iborat bo‘lganda esa, shartnoma asosida - ushbu moddaning ikkinchi qismi talablariga javob beradigan har qanday shaxsga berishga haqlidir.
Yüklə 51,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin