Buxoro davlat universiteti


Fermer xo‘jaliklarini yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish masalalari



Yüklə 51,74 Kb.
səhifə3/5
tarix28.12.2021
ölçüsü51,74 Kb.
#48220
növüReferat
1   2   3   4   5
ASM O`ktam

Fermer xo‘jaliklarini yer-suv resurslari va ulardan samarali foydalanish masalalari

Davlat yerdan foydalanuvchilarga hamda qishloq xo‘jalik korxonalariga qonunda belgilangan tartibda yer uchastkasi ajratib beradi.

Yer uchastkasi - yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimi hamda davlat yer kadastri va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlariga, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa jahatlarga ega bo‘lgan muayyan qismidir.

Har bir qishloq xo‘jalik korxonasi ma’lum yer maydoniga ega bo‘lib, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish bilan shug‘ullanadi. Korxonaning umumiy yer maydoni tabiiy sharoitlari hamda xo‘jalikda foydalanish xususiyatiga ko‘ra bir xil emas. Hamma yerlardan ham qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishda foydalanilmaydi. Shuning uchun yer maydonlaridan qishloq xo‘jaligiga yaroqlilari ajratiladi.

Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar deganda, doimiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalaniladigan yerlar tushuniladi. Ularga haydaladigan yerlar, ekinzorlar, bog‘lar va uzumzorlar, pichanzorlar va yaylovlar kiradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar maydoni va uning tarkibi bir xil bo‘lmasdan o‘zgarib turadi.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarida ishlab chiqarish faoliyatining asosini yer resurslari tashkil etadi

Fermer xo‘jaliklari tasarrufida 2019 yilning 1 yanvari holatiga jami 5899,2 ming gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, uning 5265,9 ming gektarini qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar, shu jumladan, 3557,2 ming gektarini haydaladigan yerlar, 256,4 ming gektarini bog‘lar va uzumzorlar, 1410,2 ming gektarini pichanzorlar va yaylovlar tashkil etgan.

Bu sanada qishloq xo‘jaligi korxonalari va xo‘jaliklari umumiy yer maydonining 26,5 % i, qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 30,5 % i, haydaladigan yerlarning 87,8 % i, bog‘lar va uzumzorlarning 78,1 % i, yaylovlar va pichanzorlarning 11,0 % i fermer xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lgan.

Dehqon xo‘jaliklari tasarrufida 2012 yilning 1 yanvari holatiga jami 621,7 ming gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, uning 506,0 ming gektarini qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlar, shu jumladan, 460,5 ming gektarini haydaladigan yerlar, 92,2 ming gektarini bog‘lar va uzumzorlar tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi 598-I-sonli qonuni bilan tasdiqlangan “Yer Kodeksi”ning 1-bandiga muvofiq: “Yer umummilliy boylikdir, O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va farovonligining asosi sifatida undan oqilona foydalanish zarur va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi”.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarida yerdan foydalanish quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:

- eng muhim tabiiy resurs, fuqarolar hayotiy faoliyatining asosi tariqasida yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda uning unumdorligini oshirish;

- yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta’minlash;

- qishloq xo‘jaligi yerlarining unumdorligini oshirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda yerlarni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish;

- yerga va butun atrof tabiiy muhitga zarar yetkazilishining oldini olish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash;

- yerga egalik qilish va undan foydalanish shakllarining xilma-xilligi, yer munosabatlari ishtirokchilarining teng huquqliligini ta’minlash hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya etish;

- yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash.

Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi. Ular xususiylashtirilishi, shuningdek oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi va ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.

Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.

Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddatiga meros bo‘yicha o‘tadi.

Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasining amal qilish muddati tugaganidan keyin fermer xo‘jaligi ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etgan taqdirda, ijaraga olish shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga uning merosxo‘ri ega bo‘ladi. Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda esa, sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinishi lozim.

Fermer va dehqon xo‘jaliklarida yer resurslaridan unumli foydalanishga ularda mavjud yer va ekin maydonlari tarkibi muhim ahamiyat kasb etadi. 2002-2008 yillar oralig‘ida fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan ekin maydonlari 307,1 foizga, don ekinlari maydoni 314,1 foizga, paxta maydoni 302,5 foizga, sabzavotlar maydoni 538,1 foizga oshgan bo‘lsa, dehqon xo‘jaliklariga biriktirilgan ekin maydonlari 115,5 foizga, don ekinlari 117,8 foizga va sabzavot ekinlari 115,1 foizga oshdi.




Yüklə 51,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin