Buxoro davlat universiteti


Fermer xo‘jaliklarnin mohiyati, rivojlanish xususiyatlari va ularning qishloq xo‘jalagida tutgan o‘rni



Yüklə 51,74 Kb.
səhifə2/5
tarix28.12.2021
ölçüsü51,74 Kb.
#48220
növüReferat
1   2   3   4   5
ASM O`ktam

Fermer xo‘jaliklarnin mohiyati, rivojlanish xususiyatlari va ularning qishloq xo‘jalagida tutgan o‘rni

O‘zbekiston Respublikasining 2004 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunining 1-bandida «Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqorishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yuritish subyektidir», - deb belgilab berilgan.

Fermer xo‘jaligi uni tuzayotgan a’zolar hohishiga ko‘ra ixtiyoriy tashkil etilib, o‘z ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko‘zlab tashkil etadi va ishlab chiqarishning qonun bilan ta’qiqlanmagan har qanday turi bilan shug‘illanishga haqlidir.

Fermer xo‘jaligining iqtisodiy negizini ishlab chiqarish vositalariga (yer bundan mustasno) va o‘z mehnati natijalariga mulkiy egalik tashkil etadi va u tadbirkorlik erkinligi, oila xamda shaxsning o‘z moddiy farovonligi yo‘lida mehnat qilishiga tayanadi. Mustaqil xo‘jalik yuritish subyekti sifatida u mulkchilikning boshqa shakllaridagi xo‘jaliklar bilan teng huquqlarga ega ishlab chiqarish birligi hisoblanadi.

Fermer xo‘jaligining jamoa, shirkat yoki hissadorlik kabi yirik xo‘jaliklardan asosiy farqi va ustunlik tomoni esa fermerning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita birikuvida, ya’ni mulk va mehnat natijalarini tasarruf etish bo‘yicha masalalarni mustaqil hal etishidadir.

Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning shakllaridan biri sifatida o‘ziga xos bo‘lgan ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarga ega.

Fermer xo‘jaligining asosiy vazifasi qishloq aholisini foydali mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish orqali ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hamda shu asosda eng kam sarf-xarajat birligi evaziga mahsulot yetishtirishni har tomonlama ko‘paytirishdan iborat.

Fermer xo‘jaligi mustaqil xo‘jalik yuritish subyekti sifatida o‘ziga xos bo‘lgan ma’lum bir tamoyillarga tayanadi:

1) Fermer xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi, ya’ni, fermer xo‘jaligi a’zolari o‘z xohishlari, manfaatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib xo‘jalikni tashkil etadilar. Ular ishlab chiqarish yo‘nalishlarini belgilash va o‘zlashtirish, boshqa xo‘jaliklar va davlat organlari bilan munosabatlarni ham mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Qisqacha qilib aytganda fermerlar to‘liq tanlov va tadbirkorlik erkinligiga tayanadilar.

1. Ijtimoiy-psixologik jihatdan

Jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini - oila va unga xos bo‘lgan axloqiy-tarbiyaviy qadriyatlarga hamda shaxsiy manfaatdorlik, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlik erkinligiga tayanuvchi aholining ijtimoiy qatlami

2. Tashkiliy-huquqiy jihatdan

Yuridik shaxs maqomiga (o‘z balansi, hisob raqami, muhri va boshq.) ega bo‘lishi shart

3. Mehnat munosabat-lari jihatidan

Xo‘jalikda a’zolar mehnati bilan birgalikda yollanma mehnatdan foydalanish mumkin

4. Ishlab chiqarish yo‘nalishi jihatidan

Ishlab chiqarish qisman ichki iste’molga va asosan bozorga yo‘naltirilgan tovar xo‘jaligi

5. Mulkiy munosabatlar jihatidan

ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik;

yer maydoni uzoq muddatli ijaraga (eng kamida 30 yildan uzog‘i bilan 50 yilgacha) beriladi, ijara muddatida ijara huquqini meros qilib qoldirish mumkin.

2) Fermer xo‘jaligida mulk egaligi huquqi alohida xususiyatga ega. Fermer xo‘jaligidagi mol-mulk shu xo‘jalik a’zolarining xususiy mulki bo‘lganligi tufayli, ular bu mulkni yaxshi saqlanishi va ko‘payib borishidan manfaatdordirlar. Bu esa fermerlarda mulkdan oqilona foydalanish ko‘nikmasini hosil qiladi. Yer maydonining 50 yilgacha muddat bilan ijaraga, ijara muddatida ijara huquqini meros qilib qoldirish bilan berilishi esa yer resurslaridan unumli foydalanish, tuproq tarkibi va hosildorligini muttasil oshirib borishga rag‘bat yaratadi.

3) Fermer alohida statusga ega shaxs sifatida yuzaga chiqadi, ya’ni bunda o‘z mehnati bilan ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etuvchi mehnatkash, yuqori foyda olishni ko‘zlab o‘z mol-mulkini tavakkalchilik asosida ishlab chiqarishga jalb etgan tadbirkor va ma’lum bir intelektual qobiliyatga ega bo‘lgan boshqaruvchi bir shaxs timsolida mujassamlanadi.

4) Fermer xo‘jaligida mehnatning xarakteri ham o‘ziga xos xususiyat kasb etadi. Agrar ishlab chiqarishning doimiy ravishda jonli organizmlar bilan bog‘liq holda yuritilishi, bu sohada ishlab chiqarishga haqiqiy javobgarlik hissi bilan yondashuvchi, uning natijalaridan bevosita manfaatdor shaxslar mehnat qilishi lozimligini ko‘rastadi. Fermer faqat uning o‘zi va oilasining farovonligini ta’minlashga yo‘naltirilgan erkin, ijodiy mehnatdagina o‘zining qobiliyatlari va mahoratini to‘laligicha namoyon eta oladi.

5) Fermer xo‘jaligini asosini jamiyatining boshlang‘ich bo‘g‘ini - oila tashkil etadi. Oilaviy xo‘jalikda o‘zgacha ijtimoiy va ma’naviy muhit mavjud bo‘lib, bu yerda har bir shaxsning manfaati butun oila manfaati bilan qo‘shilib ketadi. Bunda mehnat jamoasi vakillarining bir-biriga bo‘lgan ishonchi yuqoriligi sababli, har bir kishi umumiy oila farovonligi yo‘lida vijdonan va sifatli mahnat qiladi, mehnat va uning natijalarini qadrlashga o‘rganadi, o‘zaro yordam va shaxsiy javobgarlik xislatlariga moslashadi.

6) Fermer xo‘jaligi asosan bozorga yo‘naltirilgan mayda tovar xo‘jaligi sifatida bozor konyukturasiga tez moslashuvchan bo‘ladi. Bunday xo‘jaliklar bozor holatidagi ozgina o‘zgarishni ham tezda ilg‘ab, bozordagi iste’molchilar talabiga mos taklif bilan chiqishga intiladi. Fermerning mahsulotiga o‘rnatiladigan baho bozorda, xaridorlar tomonidan o‘rnatilishi tufayli, uning uchun mahsulot sifatini xaridorlar didiga moslashdan boshqa iloj qolmaydi. Bu holatlar bir tomondan aholini zarur mahsulotlar bilan o‘z vaqtida, kerakli mikdorda va sifatda ta’minlash imkonini yaratsa, ikkinchi tomondan bozorlar mo‘l-ko‘lchiligi sharoitida baholarning asta-sekin arzonlashib borishiga sabab bo‘ladi.

7) Fermer xo‘jaligi respublikamiz qishloq xo‘jaligida endigina shakllanib kelayotgan tadbirkorlik shakllaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorlgini oshirishga imkon beruvchi kuchli rag‘batlardan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan shu xususiy tadbirkorlik faoliyatini jonlantirish orqali ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish mo‘ljallangan.

8) Har qanday iqtisodiy sistemada ishlab chiqarish samadorligini yuksaltirishning eng muhim shartlaridan biri-bu turli mulk shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy erkinligi va ular o‘rtasida vujudga keladigan sog‘lom raqobatdir. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sog‘lom raqobat kurashi vujudga kelishi uchun jamiyatda mulk shakllarining xilma-xilligini ta’minlash zarur.

Fermer xo‘jaliklari agrar sohada yangi uklad sifatida shakllanib borishi bir tomondan haqiqiy mulk egaligining vujudga kelishiga imkon yaratsa, ikkinchi tomondan mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan korxonalar bilan ma’lum darajada raqobat kurashi muhitini yaratishga yo‘l ochadi.

Fermer xo‘jaliklariga ustuvorlik berilishining sabablari:

umumiy (jamoa) mulkchiligidan xususiy muklchilikka o‘tish;

umumiy (jamoa) javobgarligidan shaxsiy javobgarlikka o‘tish;

moddiy-texnik resurslaridan tejamli foydalanish va pirovard natijada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish;

mol-mulk va ishlab chiqarishga bo‘lgan shaxsiy munosabat va moddiy rag‘batni oshirish;

fermerning yagona mulk egasi ekanligi, xo‘jalikning ustav kapitalini o‘zi shakllantirishi va uni mustaqil boshqarishi;

boshqarish, sotish va boshqa operatsion sarflar bilan bog‘liq noishlab chiqarish xarajatlari keskin kamayishi;

fermerning mahsulot yetishtirish, sotish va daromaddan foydalanishda mustaqil erkinlikka ega ekanligi;

«yaxshi mehnat qilgan dehqon yaxshi daromad olishi va pirovard natijada yaxshi hayot kechirishi kerak» degan tamoyilning amal qilishi;

jahon tajribasida fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligidagi eng asosiy xo‘jalik yuritish shakli ekanligi;

yer uchastkalarini 30-50 yil muddat bilan ijaraga olganda yerdan asrab-avaylab foydalanishga, tuproq unumdorligini muttasil oshirib borishga rag‘bat uyg‘onishi;

fermerning yuridik shaxs sifatida faoliyat yuritishi, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan shartnomalarni mustaqil tuzishi va majburiyatlar bo‘yicha javob berishi;

shirkat xo‘jaliklari bilan qiyosiy taqqoslaganda fermer xo‘jaliklarida moddiy va moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi yuqori ekanligi va boshqalar;

davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotga erkin baho qo‘ya olish va sotish huquqiga ega bo‘lishi;

ishlab chiqarish va mahsulot sotishdan kelgan sof foydani mustaqil tasarruf etish imkoniyati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi farmonida fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning quyidagi tamoyillari belgilab berilgan:

- fermer xo‘jaliklari qoida tariqasida, tugatiladigan, zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida barpo etiladi;

- fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi;

- yer maydonlari fermerlarga tanlov asosida ellik yilgacha uzoq muddatli asosda, ijara muddati davomida meros qilib qoldirish huquqi bilan ijaraga foydalanish uchun beriladi;

- fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer maydonlari bo‘yicha uzoq muddatli ijara shartnomasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuman hokimlari bilan tuziladi.

Fermer xo‘jaliklarini tuzishning quyidagi shakllari mavjud:

Maxsus respublika fondidagi, mehnat resurslari yetarli bo‘lmagan va yangi sug‘oriladigan mavzelardagi yerlar hamda zaxira yerlarda maxsus davlat yer fondini shakllantirish orqali fermer xo‘jaliklarini tuzish.

Zarar ko‘rib ishlayotgan, davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini surunkasiga bajarmay kelayotgan past rentabelli fermer xo‘jaliklarini qayta tashkil etib fermer xo‘jaligi tuzish.

Maxsus tuzilgan yer fondi negizida fermer xo‘jaliklarini tuzish islohotlarning dastlabki bosqichlarida ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki, barcha ekin maydonlari yirik qishloq xo‘jaligi korxonalarining balansida bo‘lgan hamda fermer xo‘jaliklari o‘zlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini respublika miqyosida ko‘rsatib berishga ulgurmagan ilk bosqichlarda ularni shakllantirish asosan hukumatning topshirig‘iga muvofiq maxsus yer fondi tuzish orqali amalga oshirilgan.

Fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 357-qarori va shu qaror bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi. Nizomga muvofiq fermer xo‘jaligini yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:

1. Davlat tilidagi ta’sis hujjatlarining belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi, bunda yuridik shaxs bo‘lgan fermer xo‘jaliklari uchun - faqat ustav).

2. Davlat bojining yoki ro‘yxatdan o‘tkazish yig‘imining belgilangan miqdori to‘langanligi haqidagi bank to‘lov hujjati.

3. Bir xil yoki adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnomaning asl nusxasi.

3. Uch nusxada muhr va shtamp eskizlari.

4. Tuman hokimining yer uchastkasi ajratib berish to‘g‘risidagi qarori nusxasi taqdim etiladi.

Fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish dehqon xo‘jaligini doimiy yashash joyidagi tuman hokimligi tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgan paytdan e’tiboran uch kun ichida amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi ma’lumotlarni yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab bir kun mobaynida fermer xo‘jaligi haqidagi davlat reyestridan olingan ma’lumotlarni tadbirkorlik subyekti joylashgan joydagi statistika, soliq organlari hamda muhr va shtamp eskizlarini uch nusxada ilova qilgan holda ichki ishlar organlariga taqdim etadi.

Ma’lumotlar olingach ikki kun muddatda:

- soliq organlari - fermer xo‘jaligini, shu jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, ish bilan ta’minlash jamg‘armasi va yo‘l jamg‘armasiga (tegishli jamg‘armalarga badal to‘lovchilar hisoblangan subyektlar uchun) sug‘urta badallari to‘lovchi sifatida (yuridik shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan dehqon xo‘jaliklaridan tashqari) hisobga qo‘yadi, ularga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi va uni statistika va ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga rasman ma’lum qiladi;

- statistika organlari - yuridik shaxsni korxonalar va tashkilotlarning Yagona davlat registriga kiritadi, ro‘yxatdan o‘tkazish kartasini to‘ldiradi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi va soliq organlariga tadbirkorlik subyektiga berilgan kodlarni rasman ma’lum qiladi;

- ichki ishlar organlari muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani rasmiylashtiradi hamda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga eskizning ikki nusxasi bilan birgalikda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani yuboradi.

Fermer xo‘jaligining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan taqdirda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan tegishli qaror qabul qilingan paytdan boshlab 7 ish kuni mobaynida ularni ro‘yxatdan o‘tkazgan organga o‘zlari kelib yoki pochta aloqasi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;


fermer xo‘jaligi boshlig‘ining ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qarori;

o‘zgartirish va qo‘shimchalar matnining fermer xo‘jaligi muhri bilan tasdiqlangan ikki nusxasi;

nomi o‘zgargan taqdirda - davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va yangi firma nomiga bir xil yoki adashtirish darajasida o‘xshash bo‘lgan firma nomi mavjud emasligi haqidagi ma’lumotnoma, almashtiriladigan muhr va shtamp, shuningdek yangi muhr va shtampning uch nusxadagi eskizi;

- ustav fondining miqdori ko‘paytirilgan taqdirda – fermer xo‘jaligining ta’sis hujjatlarida e’lon qilingan ustav fondi miqdorining shakllantirilganligi haqidagi hujjat;

- ustav fondi kamaytirilgan taqdirda - ularga ma’lum bo‘lgan barcha kreditorlar ustav fondi miqdori kamaytirilishi va uning yangi miqdori haqida yozma ravishda xabardor etilganligini va ommaviy axborot vositalarida qabul qilingan qaror haqida axborot e’lon qilinganligining tasdig‘i (ularga ma’lum barcha kreditorlar ustav fondi miqdori kamaytirilishi va uning yangi miqdori haqida yozma ravishda xabardor etilgan va ommaviy axborot vositalarida qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda taqdim qilinadi);

Fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur hujjatlar bo‘lajak fermerning o‘zi yoki shartnoma asosida tuman hokimligining fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi qarori yoki ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ariza beruvchi ariza bergan kundan boshlab 3 ish kunida, tuman hokimligining fermer xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi qarori bilan bir paytda qabul qilinadi. Shundan so‘ng tuman hokimligi yangi tashkil etilgan fermerga «Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida» gi guvohnoma va tuman hokimiyati muhri bilan tasdiqlangan «ro‘yxatga olingan» belgisiga esa ta’sis xujjatlarini hamda muhr va shtamp tayyorlashga ruxsatnomani topshiradi.




  1. Yüklə 51,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin