Buxgalteriya hisobi


-rasm. Buxgalteriya hisoboti shakllari.2



Yüklə 56,7 Kb.
səhifə2/6
tarix18.04.2023
ölçüsü56,7 Kb.
#100175
1   2   3   4   5   6
buxgalteriya mustaqil ish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xisobot
1.1-rasm. Buxgalteriya hisoboti shakllari.2
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy xayotida muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim omili bu mamlakatimizning investitsion jozibardorligidir. Korxonalar faoliyati to’g’risidagi buxgalteriya hisobotini xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etish shu jumladan korxonalar faoliyati to’g’risidagi buxgalteriya hisobotni xalqaro standartlar auditini o’tkazish chet ellik investorlar uchun buxgalteriya hisobotining tushunarliligi, ishonch(real)liligi va xaqqoniyligini ta’minlab beradi.
Buxgalteriya hisobini buxgalteriya hisobotining xalqaro standartlari asosida yuritish va buxgalteriya hisobotlarini tuzish ulardagi ma’lumotlarning shaffofligini va xaqqoniyligini ta’minlaydi. Ma’lumotlarning xaqqoniyligi va shaffofligi investorlar tomonidan korxona faoliyatini rivojlanishiga sarmoyalarning kiritilishi masalasini hal etishga yordam beradi.
Buxgalteriya hisobotini xalqaro standartlar asosida tuzish va taqdim etish mamlakatimiz hisob tizimini rivojlangan davlatlar hisob tizimiga yaqinlashtirilishiga xizmat qiladi.
1998-yil avgustidan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi Milliy Standartlarini (BHMS) ishlab chiqish va joriy etishga kirishildi. Hozirgi kunga qadar buxgalteriya hisobotini tuzish va taqdim qilishning konseptual asoslari va 23 ta buxgalteriya hisobi milliy sstandartlari ishlab chiqildi(1-ilovaga qarang).
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda xisob jarayonining oxirgi bosqichi bo’lib xisobot hisoblanadi.
Xisobot- bu ma’lum davrdagi buxgalteriya xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini pulda belgilangan shakl va mazmunda ifodalash usuli.
Buxgalteriya hisoboti- bu korxona va tashkilotlarning buxgalteriya xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini o’zida mujassamlashtirilgan hisobot shakllari majmuasidir.
Buxgalteriya hisobotlar davlat ahamiyatiga molik buxgalteriya hujjatlari tizimi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobotining turlari, tarkibi, shakllari, tayyorlanishi va taqdim etilishi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan qoidalar va nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Ushbu hujjatlarga asosan buxgalteriya hisoboti choraklik, yarim yillik va yillik hisobotlarda bo’linadi. Ularda ma’lumotlar yil boshidan o’sib boorish tartibida ko’rsatiladi va mos ravishda choraklik, yarim yillik, to’qqiz oylik va yillik faoliyat natijalarini ko’rsatadi.
Buxgalteriya hisobotlari shakllarini to’ldirish qoidalariga muvofiq buxgalteriya xisobotining tarkibi xisobot davrlari bo’yicha o’z ichiga quyidagi hisobot shakllarini oladi:
Yillik buxgalteriya hisoboti:

  • buxgalteriya balansi-1 son shakl;

  • buxgalteriya natijalar to’g’risida hisobot- 2-son shakl;

  • pul oqimlari to’g’risida hisobot- 4-son shakl;

  • o’z sarmoyasi to’g’risida hisobot- 5-son shakl.

Yarim yillik va choraklik buxgalteriya hisoboti:

  • buxgalteriya balansi- 1-son shakl;

  • buxgalteriya natijalar to’g’risida hisobot- 2-son shakl.




Yüklə 56,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin